Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
www.ziyouz.com kutubxonasi
138 keladigan yomonlikdan ham panoh so’rayman.) Imom Termiziy rivoyatlari Arafa kuni hojilar Payg’ambarimiz aytgan ushbu duoni ko’p takrorlaydi, orada talbiya va boshqa duolarni ham aytadi, bunda ham ixtiyor qilingan duo «Robbana atina fid dunya hasanatan va fil axiroti hasanatan va qina ‘azaban nar»dir. Shuningdek, ushbu duolarni ham o’qiydi: «Allohumma inniy zolamtu nafsiy zulman kasiyron va innahu la yag’firuz zunuba illa anta fag’firliy mag’firotan min ‘indika varhamniy innaka antal g’ofurur rohiym». (Ma’nosi: Ey Rabbim, men o’z nafsimga ko’p zulm qildim. Albatta, sen gunohlarni mag’firat qilasan. Mening gunohlarimni huzuringda kechir, menga rahm qil, albatta, Sen kechiruvchi, rahmli zotsan.) «Allohummag’firliy mag’firotan tuslih biha sha`niy fiddaroyni varhamniy rohmatan as’adu biha fiddaroyni va tub ‘alayya tavbatan nasuxan la ankusuha abadan. Va alzimniy sabiylal istiqomati la aziyg’u ‘anha abadan». (Ma’nosi: Ey Rabbim! Meni mag’firat qilginki, ana shu bilan ikki dunyoda sha’nim isloh bo’lsin. Menga rahm qilginki, ana shu bilan ikki dunyoda baxtli bo’lay. Menga nasux tavbasi ila tavbalanishni nasib etginki, abadiy u tavbani buzmay. Va meni to’g’ri yo’lda bo’lishni mustahkam et, abadiy undan og’may.) «Allohumma unqulniy min zullil ma’siyah ila ‘izzit to’ah va ag’niy bihalalika ‘an haromika va bito’atika ‘an ma’siyatika va bifazlika ‘amman sivaka» (Ma’nosi: Ey Rabbim, gunoh xorligidan toatning izzatiga ko’chir. Haloling bilan haromdan, fazling bilan O’zingdan boshqalardan behojat qil.) «Va navvir qolbiy va qobriy va a’izniy minash sharri kullihi vajma’liyal xoyro kullahu» (Ma’nosi: Qalbim va qabrimni nurlantir, yomonlikning hammasidan saqla va menda barcha yaxshiliklar jamla.) Fasl. Arafotdan Muzdalifaga ketayotganda, talbiya aytib, Qur’on tilovati va duolarni ko’paytirib, «La ilaha illallohu vallohu akbar»ni takrorlab boradi. Quyidagi duoni ham o’qiydi: «Ilayka Allohumma arg’abu va iyyaka arju, fataqobbal nusukiy va vaffiqniy varzuqniy fiyhi minal xoyri aksaro ma atlubu va la tuhayyibniy innaka antallohul javadul kariym». (Ma’nosi: Ey Allohim, Senga rag’bat etaman, Sendan umid qilaman, hajimni qabul ayla, uni muvofiq qil. Meni talab qilganimdan ham ko’proq yaxshiliklar ila rizqlantir. Noumid qilma, albatta, Sen saxiy va qo’li ochiq Allohsan.) Mana shu kecha hayit kechasidir. Hayit kunidagi zikrlar va kechani qoim bo’lib o’tkazish fazli haqida yuqorida aytildi. Bu kecha bilan birga, u makon ham sharaflidir. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling