Al-Azkor.
Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com kutubxonasi
160
202-bob Yeb to‘ymaydigan kishining qilishi va aytishi lozim bo‘lgan zikrlar
575/1. Vahshiy ibn Harbdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh
sollallohu alayhi
vasallamning sahobalari: «Ey
Rasululloh, biz
yeymiz-u, ammo to‘ymaymiz»,
deyishganda, u zot: «Sizlar tafriqa bo‘lib yesangizlar kerak-da»,
deganlarida, ular:
«Ha», deb javob berishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Taomingizni
jam bo‘lib yenglar. Alloh ismini zikr qilinglar. Alloh o‘shanda sizlarga baraka ato qiladi»,
dedilar. Abu Dovud va Ibn Moja rivoyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: