269-bob Kishi biror ayolga uylanganda yoki biror narsa sotib olganda yo
shariat yaxshi sanaydigan biror ish qilganda «To‘g‘ri qilibsan» yoki «Yaxshi
qilibsan» deb aytishning mahbubligi haqida
782/2. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga:
«Ey Jobir, uylandingmi?» deganlarida, men: «Ha», dedim. «Qiz bolami yoki juvon?»
deganlarida, men: «Juvon, ey Rasululloh», dedim. Shunda u zot: «Qiz bolaga
uylanmaysanmi? U sen bilan va sen u bilan o‘ynashar eding yoki u sen bilan va sen u
bilan kulishar eding», dedilar. So‘ngra men: «Abdulloh, ya’ni otam vafot etganlarida,
to‘kqizta (yoki yettita - roviy shak qildilar) qiz qoldi. Men u qizlar tenggi qizga uylanishni
karih ko‘rdim. Va ularga qarab, parvarish etishi uchun juvonga uylanishni yaxshi
ko‘rdim», desam, u zot: «To‘g‘ri qilibsan», dedilar». Imom Muslim rivoyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |