266-bob Kasallik yoki boshqa narsa bilan balolangan kishini ko‘rganda
aytiladigan zikrlar
778/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Kimki (nogironlik va bemorlik ila) balolangan kishini ko‘rib,
«Alhamdu lillahillaziy ‘afoniy mimma ibtalaka bihi va fazzalaniy ‘ala kasirin mimman
xolaqo tafziyla», desa, unga ana shu balo yetmaydi», dedilar. (Ma’nosi: «U kasallik bilan
balolagan narsangda meni ofiyatda qilganing uchun va odamlar orasida meni ko‘proq
fazilatli qilganing uchun Senga hamd bo‘lsin».) Termiziy hasan isnod ila qilgan
rivoyatlari.
779/2. Umar ibn Xattobdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Kimki balolangan kishini ko‘rib, «Alhamdu lillahillaziy ‘afoniy mimma ibtalaka bihi va
fazzalaniy ‘ala kasirin mimman xolaqo tafziyla», desa, tirikligida bo‘ladigan ana shunday
balolardan ofiyatda bo‘ladi», dedilar. Termiziy zaif isnod ila qilgan rivoyatlari.
Ulamolar: «Bu zikrni o‘zi eshitadigan qilib aytish lozim», deyishadi. Chunki balolangan
kishi eshitib qolsa, qalbi bu bilan aziyat chekadi. Ammo gunohi tufayli balolangan bo‘lsa
va fitna bo‘lishidan ko‘rqmasa, u eshitadigan qilib aytishning zarari yo‘q.
Do'stlaringiz bilan baham: |