275-bob Gunoh va bid’at ahllaridan o‘zini daxlsiz etmoq haqida
796/1. Abu Burda ibn Abu Musodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Abu Muso qattiq kasal bo‘lib,
hushsiz yotib qoldilar. Boshlari xotinlari tizzasida edi. U xotin baland ovoz ila baqirardi.
Ammo u kishi biror javob qilishga qodir bo‘lmadi. U zot hushlariga kelganlarida, «Men
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uzoq bo‘lgan narsadan yiroqdadirman. Chunki
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam musibat paytida qattiq ovoz ila baqiruvchidan,
sochini yuluvchidan va kiyimini yirtuvchidan uzoqdadirlar», dedilar. Imom Buxoriy va
Muslim rivoyatlari.
797/2. Yahyo ibn Ya’mardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Ibn Umarga «Ey Abu Abdurahmon,
bizning oldimizda shunday kishilar paydo bo‘lishdiki, ular Qur’on o‘qiydilar-u, ammo
qadar yo‘q, albatta ishlar Alloh ilmida muqaddam bo‘lmagan, deydilar», deb
aytganimda, u zot: «Agar o‘shalarga yo‘liqsang, men ulardan yiroq, ular ham mendan
yiroq ekanliklarining xabarini bergin», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |