Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
-bob Musulmonlarga yoki o‘ziga zulm qilgan kishini duoibad qilish joizligi
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
274-bob Musulmonlarga yoki o‘ziga zulm qilgan kishini duoibad qilish joizligi
haqida Bilingki, bu bob juda kengdir. Bunga Qur’on va hadisdan dalillar juda ko‘p. Ummatning salafi va xalaflari ham buni qilib kelishgan. Alloh taolo Qur’oni karimda ko‘p o‘rinlarda anbiyolar kofirlarni duoibad qilganlarining xabarini bergan. Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 212 789/1. Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ahzob (g‘azoti) kuni Alloh ularning uylari-yu qabrlarini o‘tga to‘ldirsin. Ular bizni vusto (o‘rta) namozini o‘qimog‘imizga xalal berishdi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 790/2. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qorilarni o‘ldirgan (qavmni) duoibad qilib, bir oy unda bardavom bo‘ldilar. Va: «Allohim, Ri’lni, Zakavonni va Usayyani la’natlagin», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 791/3. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Abu Jahl va uning Qurayshdan bo‘lgan hamrohlari haqidagi uzun hadisda ular so‘yilgan hayvon qornini Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning orqalariga qo‘yishganida, ularni uch martadan duoibad qildilar. So‘ngra «Allohim, Qurayshga Uzing kifoya qil», deb uch marta aytdilar. So‘ngra «Allohim, Abu Jahlga Uzing kifoya qil va Utba ibn Rabiy’aga ham...», deb yettitasini zikr qildilar, deb hadisni oxirigacha aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 792/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohim, Muzarga azobingni qattiq qil. Allohim ularga, Yusuf alayhissalomga yuborgan (qahatchilik) yiliga o‘xshash yil yuborgin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 793/5. Salama ibn Akva’dan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlarida chap ko‘li bilan taom tanovul qildi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga «Ung qo‘lingda yegin», dedilar. U kishi: «Bunga qodir emasman», dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qodir bo‘lmagin», dedilar va «Buni unday qilishdan faqat kibrligi man qildi, xolos», dedilar. U kishi og‘ziga qo‘lini ko‘tara olmadi. Imom Muslim rivoyatlari. 794/6. Jobir ibn Samuradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Ko‘fa ahli Umarga (r.a.) Sa’d ibn Abu Vaqqosdan (r.a.) shikoyat qilishganida, bu kishini ishdan bo‘shatib, ularga boshliq tayinladilar. (Hadisning davomida) Umar (r.a.) bu haqda surishtirish uchun bir kishi yoki bir necha kishini Ko‘faga yubordilar. Ular biror masjid qoldirmasdan bu haqda so‘rashganida, barchalari Sa’dning yaxshiliklarini aytib maqtashdi. Qachonki, Abs qabilasidagi bir masjidga kirishganida, Abu Sa’da Usoma ibn Qatoda ismli shaxs turib, «Agar siz surishtiradigan bo‘lsangiz, albatta Sa’d ibn Abu Vaqqos sariyya (urush)larga bormaydi, o‘ljani teng taqsimlamaydi. Qozilikda odillik qilmaydi», dedi. Buni eshitgan Sa’d ibn Abu Vaqqos (r.a.): «Allohga qasamki, men seni uch narsa ila duoibad qilaman: Allohim, agar mana shu quling yolg‘onchi va o‘zini ko‘rsatib, riyo uchun buni qilgan bo‘lsa, umrini uzoq, kambag‘alligini uzun va o‘zini fitnaga duchor qilgin», dedilar. Mana shundan keyin shayx: «Sa’dning duoibadi menga yetib, fitnaga duchor bo‘ldim», deb aytdi. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Jobir ibn Samuradan rivoyat qilgan roviy Abdulmalik ibn Umayr shunday deydi: «Men u shayxni qarib ketganidan ikki qoshi ikki ko‘zi ustiga tushgan holda ko‘rdim. U yo‘lda uchragan qizlarga ko‘z qisar edi». 795/7. Urva ibn Zubayrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Said ibn Zayd (r.a.) bilan Arvo binti Avs xusumatlashib, Marvon ibn Hakam huzurlariga kelishdi. U ayol yeridan bir parchasini Said ibn Zayd olganini da’vo qildi. Said: «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan buning yomonligi haqida eshitganimdan keyin ham yeridan bir parcha olarmidim?» deganida, «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan nima eshitgansan?» dedi Marvon. Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 213 Shunda Said: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki zulm bilan yerdan bir qarichiga ega bo‘lib olsa, yetti (qavat) yerga o‘raladi», deganlarini eshitganman», dedi. Buni eshitgan Marvon: «Bundan keyin sendan dalil-isbot so‘ramayman», dedi. Said esa: «Allohim, agar bu ayol yolg‘onchi bo‘lsa, ko‘zini ko‘r qilib, o‘z yerida o‘ldirgin», dedi. Aytishlaricha, bu ayolning ko‘zi o‘lishidan oldin ko‘r bo‘lib, o‘z yerida keta turib, bir chuqurga tushib vafot etdi. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling