Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
-bob Kishining yaxshilik qilgan shaxsga duosi hamda ana shuni yaxshilikka
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
280-bob Kishining yaxshilik qilgan shaxsga duosi hamda ana shuni yaxshilikka
yo‘yib maqtashi haqida 804/1. Abdulloh ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hojatxonaga borganlarida, u zotning tahoratlari uchun suv olib borib qo‘ydim. U zot chiqib, «Buni kim ko‘ydi?» dedilar. Ibn Abbos (r.a.) ko‘yganlari xabar berilganda, «Allohumma fakqihhu» («Allohim, uni faqih qilgin»), dedilar». Imom Muslim rivoyatlari. Imom Buxoriy rivoyatlarida «Faqqihhu fid diyni», ya’ni dinda faqih qilgin, deb ziyoda qilingan. 805/2. Abu Qatodadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mo‘‘jizalarini o‘z ichiga oluvchi uzun hadisda keltirilishicha, «Kechaning yarmida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ketayotganlarida men yonlarida edim. U zotni mudroq bosib, ulovlaridan og‘a boshladilar. Men u zotni uyg‘otmasdan o‘rinlariga mahkamlab qo‘ydim. Hattoki, ulovlarida yaxshi o‘rnashib oldilar. So‘ngra kechaning ko‘p qismi o‘tganda ketaturib ulovlaridan yana og‘a boshladilar. Men u zotni uyg‘otmasdan yana mahkamlab ko‘ydim. Hattoki, ulovlarida mo‘‘tadil bo‘ldilar. So‘ngra sahar oxiri bo‘lganda ketaturib, avvalgi ikkisidan ko‘ra qattiqroq og‘ib, yiqilay dedilar. Borib mahkamlab ko‘ydim. U zot boshlarini ko‘tarib «Kim bu?» dedilar. «Abu Qatoda», dedim. «Qachondan beri bu holda men bilan ketyapsan?» dedilar. Men: «Shu kechadan beri siz bilan ketyapman», deganimda u zot: «Nabiysini (kuzatish ila) himoya qilganingdek, Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 215 Alloh seni himoya qilsin», dedilar», deb hadisning qolganini zikr qildilar. Imom Muslim rivoyatlari. 806/3. Usoma ibn Zayddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimga yaxshilik qilinsa, bajaruvchisiga «Jazokallohu xoyron», ya’ni Alloh yaxshilik ila mukofotlasin, desa, maqtashning eng yetugini qilibdi», dedilar. Termiziy rivoyatlari. 807/4. Abdulloh ibn Abu Rabiy’adan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mendan qirq ming qarz so‘radilar. So‘ngra, uni menga qaytarib, «Barokallohu fiy ahlika va malika», («Alloh ahlingga va molingga baraka bersin»), dedilar. Albatta salaflarning mukofotlashlari uni ado etish va maqtov edi». Nasaiy, Ibn Moja va Ibn Sunniylar rivoyatlari. 808/5. Jarir ibn Abdulloh al-Bajaliydan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Johiliyat davrida Xas’am qabilasida bir uy bor edi. Uni Ka’ba al-Yamoniyya yoki Zul xalasa, deb aytishar edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga: «Zul xalasadan (uni yo‘q qilib) bizni xursand qilmaysanmi?» dedilar. Men Ahmas qabilasidan bo‘lgan bir yuz ellik otliq bilan safarbar bo‘ldim. Biz u yerni buzib, uchratgan kishilarimizni qatl qildik. Kelib, u zotga xabarini berganimizda bizni va Ahmasni duo qildilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Boshqa bir rivoyatda: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ahmasning otliqlari va piyodalariga besh marta baraka tilab duo qildilar, deyilgan. 809/6. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Zamzam oldiga kelganlarida sahobalar undan ichib o‘sha yerda ishlashayotgan edi. Shunda u zot: «Ishlanglar, chunki sizlar solih amal qilyapsizlar», deb aytdilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling