Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
-bob Mazaxlash to‘g‘risida
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
308-bob Mazaxlash to‘g‘risida
856/1. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uning kichik ukasiga: «Ey Abu Umayr, nima qildi nugayr (kichik qush),?» deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 228 857/2. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga: «Ey ikki quloqegasi», deb aytdilar. Abu Dovud , Termiziylar rivoyatlari. 858/3. Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib, «Meni (tuyaga) mingashtirib ko‘ying», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Men seni tuyaning bolasiga mingashtiraman», dedilar. Shunda u kishi: «Ey Rasululloh, tuyaning bolasida nima qilaman?» deb (ajablanganida), u zot: «Axir tuyaning bolasini ham ona tuya tugadimi?» deb aytdilar. Abu Dovud va Termiziylar rivoyati. 859/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Ey Rasululloh, siz ham biz bilan hazillashasiz-ku», deganlarida, u zot: «Men faqat haq narsani aytaman», dedilar. Termiziy rivoyatlari. 860/5. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Birodaring bilan tortishma, mazax qilma va xilof qiladigan bo‘lsang, va’da berma», deb aytdilar. Termiziy rivoyatlari. Ulamolar: «Man qilingan mazax haddan oshib uzluksiz bo‘lishdadir. Chunki u kulgi va qalb qattiqlashishini keltirib chiqaradi hamda Alloh zikridan va dinning muhim ishlaridan to‘sib ko‘yadi. Ko‘p vaqtlarda u aziyat berishgacha olib boradi. Va ginaga sabab bo‘lib, kishidan haybat va viqorni ketkazadi. Ammo kimki bu ishlarda haddan oshmasa, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qilganlaridek mazax qilish mahbubdir. Rasululloh bularni ayrim holatlarda kishilarning do‘stlashishi va dilkashlik uchun qilardilar. Qat’iy holatda bunga man yo‘q, balki u yuqorida zikr qilingan sifat ila sunnat va mustahabdir», deganlar. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling