Microsoft Word al azkor ziyouz com doc


-bob Tasbeh («Subhanalloh»), tahlil («La ilaha illalloh») lafzlari bilan


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet368/464
Sana08.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#244004
1   ...   364   365   366   367   368   369   370   371   ...   464
Bog'liq
Imom Navaviy. Al-Azkor

 
311-bob Tasbeh («Subhanalloh»), tahlil («La ilaha illalloh») lafzlari bilan 
taajjublanish joizligi haqida 
 
864/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot junubliklarida Rasululloh sollallohu 
alayhi vasallamga yo‘liqdilar. Shunda hech kimga bildirmay ketdilar-da, g‘usl qilib 
keldilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam esa bu zotni yo‘qotib qo‘ydilar. Kelgan 
vaqtlarida «Qaerda eding, ey Abu Hurayra?» dedilar. Bu zot: «Ey Rasululloh, siz menga 
yo‘liqqaningizda men junub edim, shuning uchun yuvinmagunimcha siz bilan o‘tirmoqni 
karih ko‘rdim», deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Subhanalloh, 
mo‘min kishi najas bo‘lmaydi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
 
865/2. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Bir ayol Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallamdan hayzdan tozalanish haqida so‘raganida, u zot qanday tozalanishni 
(quyidagicha) buyurdilar: «Xushbo‘y bir parcha (latta)ni olasan-da, u bilan poklaysan», 
dedilar. U ayol: «Qanday qilib tozalayman?» deganida, u zot: «U bilan tozalaysan», 
dedilar. U yana: «Qanday qilib?» deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Subhanalloh, tozalaysan-da», dedilar. Men u ayolni o‘zimga tortdim-da, «Qonning 
izidan uni ergashtirib (artasan)», dedim». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
 
866/3. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rubay’ning singlisi Ummu Horisa bir kishini 
jarohatlab ko‘ydi. Shunda ular xusumatlashib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
huzurlariga borishdi. U zot: «Qasos, qasos», dedilar. Ummu Rubay’: «Ey Rasululloh, 
falon ayolga jazo berasizmi? Allohga qasamki, ayol jazolanmaydi», deganida, Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallam: «Subhanalloh! Ey Ummu Rubay’, qasos olish Allohning 
buyrug‘idir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
 
867/4. Imron ibn Husayndan (r.a.) rivoyat qilinadi. Asirga olingan bir ayolning qissasi 
haqidagi uzun hadisda keltirilishicha, u ayol Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning 
tuyalarini minib asirlikdan qochib ketdi. Va agar Alloh uni qutqarsa, o‘sha tuyani 


Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
231
so‘yishni nazr qildi. Bu haqda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga zikr qilinganida: 
«Subhanalloh! Mukofot qilgan narsasi muncha ham yomon», deb aytdilar. Imom Muslim 
rivoyatlari. 
 
868/5. Abu Muso al-Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilingan izn so‘rash haqidagi hadisning 
oxirida Umarga (r.a.): «Ey Ibn Xattob, siz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
sahobalariga azob beruvchi bo‘lmang», deganlarida, u zot: «Subhanalloh! Men eshitgan 
narsamni ishonchli qilmoqni mahbub ko‘rdim xolos», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
 
869/6. Abdulloh ibn Salomdan (r.a.) rivoyat qilingan uzun hadisda u zotga «Siz jannat 
ahlidanmisiz?» deyilganida, «Subhanalloh, biror kishiga bilmagan narsasini aytmog‘i 
lozim emas», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   364   365   366   367   368   369   370   371   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling