Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
ravshan yetkazishgina bordir»
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
ravshan yetkazishgina bordir» (Ankabut surasi, 18-oyat)».
Bilingki, amru ma’ruf, nahiy munkarning o‘ziga xos shart va sifatlari bordir. Bu yerda ularni mufassal aytish o‘rinli emas. Bu hakda eng yaxshi manba Imom G’azzoliyning «Ihyou ulumid-din» kitoblaridir. Men buning muhimlarini «Sharhi Muslim»da ham bayon etdim. Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 233 TILNI SAQLASH KITOBI 313-bob Tilni saqlash haqida Alloh taolo Qof surasining 18-oyatida: «U biron so‘zni talaffuz qilmas, magar (talaffuz qilsa) uning oldida hoziru-nozir bo‘lgan bir kuzatuvchi (farishta u so‘zni yozib olur)»; Val-fajr surasining 14-oyatida esa: «Shak-shubhasiz, Parvardigoringiz (barcha narsani) kuzatib turguvchidir», deb aytgan. Oldingi o‘tgan boblarda Alloh oson qilganicha mustahab bo‘lgan zikrlarni aytib o‘tdim. Endi lafz ahkomlarini jamlab, qismlarini bayon etish uchun makruh yoki harom bo‘lgan lafzlarni bularga qo‘shmoqni ham xohladim. Har bir diyonatli kishi muhtoj bo‘ladigan ana shu narsalarni zikr qildim. Ularning aksariyati ma’lum va mashhur bo‘lgani uchun ko‘pchiligidan dalillarni tark qildim. Allohning Uzi bu ishda tavfiq bersin. Fasl: Bilingki, har bir mukallaf kishi manfaat (foydali) bo‘lgan so‘zlardan tashqari qolgan barchasida tilini tiymog‘i lozim bo‘ladi. Gapirish va gapirmaslik manfaatda barobar bo‘lib qolganida gapirmaslik sunnatdir. Chunki gohida muboh so‘zlar haromga yoki makruhga olib boradi. Aksariyat yoki ko‘p hollarda shunday bo‘ladi. Bundan saqlanishni esa biror narsaga tenglashtirib bo‘lmaydi. 874/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki Allohga va oxirat kuniga imon keltirsa, yaxshi so‘z aytsin yoki jim tursin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Bu hadisi sharif sahih ekanligiga ittifoq qilingan. Buning ma’nosi: «Manfaat zohir bo‘lgan yaxshi so‘zni gapirsin. Qachonki, manfaat zohir bo‘lishida shak qilsa, gapirmasin». Imom Shofeiy (r.a.): «Agar kishi gapirishni xohlasa, so‘zlashdan oldin fikrlamog‘i lozim. Agar manfaat zohir bo‘lsa, gapirsin. Agar shak qilsa, toinki zohir bo‘lgunicha gapirmasin», dedilar. 875/2. Abu Muso al-Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Ey Rasululloh, musulmonlarning qaysinisi afzal?» deb so‘ralganida, u zot: «Agar musulmonlar uning tili va qo‘lidan omonda bo‘lishsa, ana shunisi afzal», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 876/3. Sahl ibn Sa’ddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim menga ikki jag‘i va ikki oyog‘i orasini (sakdashga) kafolat bersa, uning jannatga kirishiga kafolat beraman», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. 811/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Banda o‘ylamay bir so‘zni aytib qo‘yadi-da, keyin do‘zaxda mashriq bilan mag‘rib oralig‘idek joyda sarson bo‘lib yuradi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Buxoriyning rivoyatlarida «mag‘rib» so‘zi zikr qilinmagan. 878/5. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bir banda Alloh taolo rozi bo‘ladigan so‘zni aytib, natijasini o‘ylamay yuraveradi-da, ammo Alloh taolo Uzi bilib, uning darajasini ko‘taradi. Yana bir banda Alloh taoloni norozi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling