Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
www.ziyouz.com kutubxonasi
252 «Nafsiga zulm qiluvchi» kabi so‘zlarni yolg‘on ishlatmasdan aytmog‘i joiz. So‘zida ochiq kinoya yoki ishora, agar rost bo‘lmasa ham, haqoratli so‘z bo‘lmasligi lozim. Faqat bu odob berish va so‘zining ta’sirini o‘tkazish uchun bo‘lmog‘i kerak. 927/12. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qurbonlik qilinadigan tuyani haydab ketayotgan kishini ko‘rib, «Uni minib ol», dedilar. Haligi kishi: «Bu qurbonlik tuyasi-ku», dedi. Rasululloh yana: «Uni mingin», deb aytganlarida, u yana: «Bu qurbonlik tuyasi-ku», dedi. Uchinchi marta Payg‘ambar (a.s.): «Voy bo‘lgur, uni mingin», dedilar. Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 928/13. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Biz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlarida edik. U zot ulushlarni taqsimlayotganlarida, Bani Tamim qabilasidan Zulxuvaysira degan kishi: «Ey Rasululloh, odil bo‘ling», dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Voy bo‘lsin, men odillik qilmasam, kim ham odillik qilardi?» dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 929/14. Adiy ibn Hotamdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlarida xutba ayta turib, «Kimki Allohga va rasuliga itoat qilsa, batahqiq to‘g‘ri yo‘lni topibdi. Kimki u ikkoviga osiylik qilsa, batahqiq adashibdi», deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sen muncha ham yomon xatibsan! (ikkovi, deb barobar aytmasdan) balki «... Kimki Allohga va rasuliga osiylik qilsa...» deb aytgin», dedilar. Imom Muslim rivoyati. 930/15. Jobir ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Xotibning (r.a.) qullari Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib, Xotibdan shikoyat qildi. «Ey Rasululloh, Xotib do‘zaxga tushadi», deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Yolg‘on aytding, u do‘zaxga tushmaydi. Chunki u Badr va Hudaybiyada ishtirok etgan», dedilar. Imom Muslim rivotlari. 931/16. Abu Bakr Siddiq (r.a.) o‘g‘illari Abdurahmonni mehmonni ziyofat ila siylamaganida, «Ey g‘unsar» («Ey pastkash»), deb aytganlar. Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 932/17. Jobir (r.a.) bir kiyimda namoz o‘qib, (ikkinchi) liboslarini oldilariga ko‘yib ko‘ydilar. «Nimaga bunday qildingiz?» deyilganida, «Sen kabi johillar ko‘rishi uchun», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Boshqa rivoyatda «Sen kabi axmoq ko‘rishi uchun», deb kelgan. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling