Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
- Bu sahifa navigatsiya:
- «U sizlarni yer yuzida xalifa qilib qo‘ygan Zotdir»
www.ziyouz.com kutubxonasi
257 Abul Hasan al-Morudiy «Ahkom as-Sultoniyya» nomli kitoblarida imomni xalifa, deb ismladilar. Chunki u Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ummatlaridan xalifa (o‘rinbosar) bo‘ldi. Umumlashtirib, xalifa yoki xalifatu rasululloh, deb aytish joiz. «Xalifatulloh» degan so‘zimizning joizligida ixtilof qilingan. Ba’zilar Allohning maxluqotlaridagi huquqlarda qoim bo‘lib, bor bo‘lgani uchun joiz, deyishgan. Bunga Allohning so‘zidagi «U sizlarni yer yuzida xalifa qilib qo‘ygan Zotdir» oyatini dalil qilib keltirishgan (Fotir surasi, 39-oyat). Lekin jumhur ulamolar xalifatulloh, deb atashdan man qilishdi. Va bunday deb aytsa, gunohkor bo‘lishga olib borishini ta’kidlashgan. Imom Navaviy aytdilar: «Birinchi amirul mo‘minin, deb ismlangan kishi Umar ibn Xattobdirlar. Ilm ahllari orasida bu haqda xilof yo‘q. Ammo ba’zi johillar Musaylama, deb aytishadi. Bu fikr ochiq xato va ulamolar ijmo’iga muxolif bo‘lgan xunuk johillikdir. Ulamolar kitoblarida ochiqchasiga ittifoq qilib, naql qilishlaricha, birinchi amirul mo‘minin, deb ismlangan zot Umar ibn Xattobdirlar». Imom Abu Umar ibn Abdulbirr «Istiy’ob» nomli kitoblarida Umar ibn Xattobni birinchi bo‘lib amirul mo‘minin, deb nomlanishlariga sabab Abu Bakr (r.a.) xalifatur-rasululloh (Rasululloh o‘rinbosarlari), deb ismlanganliklaridir, deydilar. Fasl: Sultonga yoki bundan boshqa hukmdorga shahanshoh, deb aytish qattiq harom bo‘lgan amallardandir. Chunki uning ma’nosi mulklarning podshosi, deganidir. Bu sifat Allohdan 943/10. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohning huzuridagi tahqirlangan ism bir kishining «malikul amlok» (mulklarning podshosi) deb atalmog‘idir», dedilar. Biz buni «Ismlar kitobi»ning 731-hadisida zikr qildik. Fasl: «Sayyid» lafzi haqida: Bilingki, «sayyid» lafzi qavmida ustun, qadri oliy boshliq, fozil kishilarga va bundan tashqari g‘azabi qo‘zg‘amaydigan halim kishiga, saxiyga, podshohga va erga nisbatan ishlatiladi. Fazl ahllariga «sayyid» lafzining ishlatilishi haqida ko‘plab hadislar kelgan. 944/11. Abu Bakrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Hasan ibn Ali bilan (r.a.) minbarga ko‘tarildilar-da, «Bu bolam sayyiddir. Shoyadki, Alloh bu bilan musulmonlarning ikki jamoasi orasini isloh qilsa», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. 945/12. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Sa’d ibn Muoz kelganlarida ansoriylarga qarata: «Sayyidlaringizga yoki yaxshilaringizga turinglar», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling