Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
kitob bilan faqat eng chiroyli yo‘sinda mujodala-munozara qilinglar»
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
kitob bilan faqat eng chiroyli yo‘sinda mujodala-munozara qilinglar», degan
(Ankabut surasi, 46-oyat). Va yana: «Ular bilan eng go‘zal yo‘lda mujodala-munozara qiling», degan (Nahl surasi, 125-oyat). Va yana: «Allohning oyatlari haqida faqat kofir bo‘lgan kimsalargina talashib- tortishurlar», deb aytgan (o‘ofir surasi, 4-oyat). Agar bahs-munozara haq narsada to‘xtamga kelish uchun bo‘lsa, u maqtalgandir. Agar haqni tan olmaslik yoki ilmsizlik ila bo‘ladigan bo‘lsa, u yomonlangandir. Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 264 Ba’zilar xusumatdan ko‘ra dinni ketkizuvchi, muruvvatni noqis, lazzatni zoe qiluvchi va qalbni mashg‘ul etuvchi narsani ko‘rmadim, deb aytishgan. Agar kishi haqqini saqlab qolish uchun xusumat qilishga majbur bo‘lsa, bunga javob imom G’azzoliyning quyidagi so‘zlaridir: «Botillik yoki ilmsizlik ila bo‘lgan xusumat yomon ko‘rilgan. Xuddi qozining vakiliga o‘xshash. Chunki u qaysi tomon haq ekanini bilishdan oldin xusumatda vakil bo‘ladi. Bu vakil ilmsiz xusumat qiladi. Va yana haqqini talab qilib, ehtiyoji qadricha kifoyalanmagani ham yomon xusumatlardandir. Balki u xusumatda hukmron bo‘lish uchun dushmanlik va yolg‘onni zohir qiladi. Haqqini ko‘lga kiritishda hojat tushmaydigan aziyat beruvchi kalimalarni xusumatda aralashtirish ham yomon xusumatdir. Va yana xusumatchisining shikast yetkazishi va bo‘ysundirish uchun sof qarshilik ko‘rsatishi ham xusumatlarning yomonidir. Ammo mazlumning shar’iy yo‘l bilan, dushmanliksiz, chegaradan chiqmasdan, shovqinsiz, qarshiliksiz, aziyat bermasdan o‘z hujjatini oliy qilmog‘i harom emas. Lekin uni qilmaslikka yo‘l topsa, tark qilgani afzaldir. Chunki xusumat paytida tilni mo‘‘tadil holatda ushlab turish uzrlidir. Xusumat esa qalbda dushmanlik tuyg‘usini keltirib, g‘azabni qo‘zg‘aydi. Agar g‘azab qo‘ziydigan bo‘lsa, ikkovlari oralarida gina hosil bo‘ladi-da, ikki tomon ham bir-biriga yetgan yomonlikka xursand va yaxshilikka xafa bo‘ladi. Va tilini uning obro‘sini to‘kish uchun ishlatadi. Kimki xusumatga kirishsa, mana shu ofatlarga yo‘liqadi. Bu ofatlarning eng ozi qalbini mashg‘ul qilib, namozda ham fikri xusumatga bog‘liq bo‘ladi, istiqomatdagi holatidan biror narsa qolmaydi. Xusumat yomonlikning boshlanishidir. Shu singari tortishish va bahslashishlar ham. Xusumat eshiklarini ochmaslik lozim. Faqatgina chorasiz qolib, zarurat tug‘ilgandagina joiz. Ushanda ham tilini va qalbini xusumat ofatlaridan saqlamoqligi darkor. 967/34. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Xusumatchi bo‘lib yurishing gunohkor ekanligingga kifoya qiladi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari. Ali (r.a.): «Xusumatchi uchun halokat bordir», dedilar. So‘zda maydakashlik bilan, ba’zi fasohatchilar odatlanganlaridek, uzaytirib saj-qofiyalar ila va fasohat-jimjimador muqaddimalar hamda bezakli so‘zlar ila gapirish ham karih ko‘rilgan xislatlardandir. Shu singari saj (qofiya)da va e’roblarning noziklarida hamda avomga qilinayotgan xitobda qiyin lug‘atlarni iste’mol qilish ham karih ko‘rilgan. Balki xitob qilayotganda kishilarga og‘ir bo‘lmaydigan va tushunarli lafz ila xitob qilmoq lozim. 968/35. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta Alloh taolo xuddi sigir tilini bezaganidek tilini bezab so‘zamol -notiq bo‘lgan kishilardan g‘azablanadi», dedilar. Abu Dovud va Termiziylar rivoyati. 969/36. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sinchkov, injiq kishilar halok bo‘lishdi», deb uch marta aytdilar. Imom Muslim rivoyatlari. 970/37. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Menga mahbublaringiz va Qiyomat kunida majlis jihatidan yaqinlaringiz axloqi yaxshilaringizdir. Menga yomon ko‘rilganlaringiz va Qiyomat kunida mendan uzoqlaringiz sergap- ezmalaringiz, axloqsiz so‘zlarni so‘zlovchilaringiz va mutafayqihlardir», dedilar. Shunda |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling