www.ziyouz.com kutubxonasi
261
Muslimning boshqa rivoyatlarida «Va lekin qasd qilsin va rag‘batini oshirsin. Chunki Alloh
taologa biror narsada kattalik qilinmasa, uni beradi, dedilar», deyiladi.
958/25. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar
sizlardan biringiz duo qilsa, so‘rashda qasd qilsin. Hargiz agar xohlasang, menga ato
qilgin, demasin. Chunki Unda qabul qilmaslik yo‘kdir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim
rivoyatlari.
Fasl: Allohning nomi va sifatidan tashqari narsalarda qasam ichish karih ko‘rilgan. Xoh u
nabiy, Ka’ba, farishta, omonat, hayot, ruh va bundan boshqa narsalarda bo‘lsa ham.
Bulardan karohiyatlisining eng qattig‘i omonat bilan ichilgan qasamdir.
959/26. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Albatta Alloh taolo sizlarni ota-bobolaringiz nomi bilan qasam ichishdan man qiladi.
Kimki qasam ichadigan bo‘lsa, Alloh nomi bilan ichsin yoki jim tursin», dedilar. Imom
Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Boshqa sahih rivoyatda «Kimki qasam ichadigan bo‘lsa, Alloh nomi ila ichsin yoki sukut
qilsin», deyilgan.
Omonat ila qasam ichishdan qattiq tahdid bilan man qilingan. Bunga quyidagi hadis dalil
bo‘ladi:
960/27. Buraydadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki
omonat bilan qasam ichsa, bizdan emas», deb aytdilar. Imom Abu Dovud sahih isnod
bilan rivoyat qilganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |