Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
www.ziyouz.com kutubxonasi
258 946/13. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Sa’d ibn Uboda: «Ey Rasululloh, bizlardan bir kishi to‘shagida yot erkak bilan yotgan xotinini ko‘rsa, o‘ldiradimi?» deganda, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hadisning davomida: «Sayyidlaringiz nima deb aytayotganiga qaramaysizlarmi?» dedilar. «Sayyid» lafzi iste’mol qilishdan man qilingan dalillar: 947/14. Buraydadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Munofikqa sayyid lafzini (ishlatib) aytmanglar. Agar sayyid bo‘lsa, Rabbilaringiz azza va jallaning g‘azabini keltirasizlar», dedilar. Imom Abu Dovud sahih isnod bilan rivoyat qilganlar. Imom Navaviy: «Bu hadislarni xulosalaganda, «Falonchi sayyid va ey sayyidim», deb yoki shunga o‘xshash ilmi hamda islohchiligi bilan fazilatli, yaxshi kishilarga nisbatan ishlatiladi. Lekin fosiq yoki dinida aybdor va shularga o‘xshash kishilarga nisbatan sayyid, deb aytmoq karih ko‘rilgan», dedilar. Fasl: Shamolni so‘kishdan qaytarish: 948/15. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : «Shamol bandalarga yuborilgan rahmatdir. Gohida u rahmat bilan keladi, gohida azob bilan. Agar shamol essa, uni so‘kmanglar. Allohdan uning yaxshisini so‘rab, yomonidan panoh tilanglar», dedilar. Abu Dovud va Ibn Moja rivoyatlari Fasl: Isitmani so‘kishning karohiyati: 949/16. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ummu Soib yoki Ummu Musayyabning (roviy shak qildilar) oldiga kirib, «Nima bo‘ldi senga, ey Ummu Soib yoki Ummu Musayyab, titrayotirsan?» deganlarida, u ayol: «Alloh barakasini ketkazgur isitma sababli», dedi. Shunda u zot: «Isitmani so‘kmagin, chunki u xuddi bosqon temirning kirini ketkazganga o‘xshab odam bolasining xatosini ketkazadi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. Fasl: Xo‘rozni so‘kishdan qaytarish: 950/17. Zayd ibn Xolid al-Juhayniydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Xo‘rozni so‘kmanglar, chunki u namozga uyg‘otadi», dedilar. Abu Dovud sahih isnod bilan rivoyat qilganlar. Fasl: Johiliyat da’volari bilan chaqiriq qilishdan qaytarish va ularning so‘zlarini iste’mol qilishning yomonligi: 951/18. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki yuziga urib, cho‘ntagini yirtib, johiliyat da’volari bilan chaqiriq qilsa, bizdan emas», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Fasl: Muharram oyini Safar oyi, deb ismlamoq karih ko‘rilgandir. Chunki u johiliyat odatlaridandir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling