Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Men yerda (Odamni) xalifa qilmoqchiman» (Baqara surasi, 30-oyat) va «Ey Dovud, darhaqiqat, Biz seni yerda xalifa qildik»
www.ziyouz.com kutubxonasi
256 To‘rtinchisi, ulamo va shularga o‘xshash ergashiladigan kishilar bo‘lsa, avom adashmasligi uchun o‘limga sabr qilmog‘i afzal. Beshinchisi, Alloh taoloning «Va o‘zingizni halokatga tashlamang» (Baqara surasi, 195-oyat) so‘ziga binoan kufr kalimasini aytmoqlik vojibdir. Mana shu oxirgisi juda ham zaif ko‘rinishdagisidir. Fasl: Agar musulmon kishi kofirni Islomga kirishga majburlasa, bas, u ikki shahodat kalimasini aytsa va ana shu aytuvchi kofir harbiy bo‘lsa, Islomi durust bo‘ladi. Chunki uni majburlash haq bilan bo‘lmoqda. Agar u aytuvchi zimmiy bo‘lsa, u musulmon bo‘lmaydi. Chunki biz unday qilmaslik majburiyatini olganmiz. Bas, majburlashlik to‘g‘ri emas. Ba’zi zaif so‘zlar borki, ularda: «U musulmon bo‘ladi, chunki buyurish haqdir», deyilgan. Fasl: Agar kofir ikki shahodat kalimasini majburlanmasdan aytsa-yu, hikoya tarzida masalan, Zayddan eshitdim, u «La ilaha illallohu Muhammadun Rasululloh», dedi deb aytsa, Islomda ekaniga hukm qilinmaydi. Agar musulmonning taklifidan keyin ikki shahodat kalimasini aytsa, masalan, «La ilaha illallohu Muhammadun Rasululloh», degin, desa-yu, kofir uni aytsa, musulmon bo‘ladi. Agar hikoya va taklif ko‘rinishida bo‘lmasdan, balki o‘zicha boshlasa, mashhur sahih mazhabga ko‘ra, u musulmon bo‘ladi. Ba’zilar hikoya ehtimoli borligi uchun musulmon bo‘lmaydi, deyishgan. Fasl: Musulmonlar ishiga boshliq bo‘lgan kishini xalifatulloh, ya’ni Allohning xalifasi, deb aytmaslik lozim. Balki u xalifa yoki xalifatur-rasululloh yoki Amirul-mo‘minin, deb aytiladi. Imom Abu Muhammad al-Bag‘aviy «Sharhi sunna» kitoblarida keltirishlaricha, musulmonlar ishiga boshliq bo‘lgan kishini agar odil imomlar siyratiga xilof bo‘lsa, musulmonlar ishida qoim bo‘lgani va mo‘minlar uning so‘ziga quloq tutgani uchun amirul mo‘minin va xalifa, deb atamoqlikning zarari yo‘q. Xalifa, deb atalishiga sabab u o‘zidan oldingi boshliqqa xalifa (o‘rinbosar) bo‘lib o‘rniga o‘tirganligidir. Biror kishi Odam alayhissalomdan va Dovud alayhissalomdan keyin xalifatulloh, deb atalinmaydi. Chunki Alloh taolo: «Men yerda (Odamni) xalifa qilmoqchiman» (Baqara surasi, 30-oyat) va «Ey Dovud, darhaqiqat, Biz seni yerda xalifa qildik», deb aytgan (Sod surasi, 26-oyat). Ibn Abu Mulaykadan rivoyat qilinadi. Bir kishi Abu Bakr Siddiqqa (r.a.) «Ya xalifatulloh», ya’ni «Ey Allohning xalifasi», deganida, bu zot: «Men Muhammad sollallohu alayhi vasallamning xalifalariman. Men mana shu bilan roziman», dedilar. Bir kishi Umar ibn Abdulazizga (r.a.) «Ya xalifatulloh», deganida, bu zot: «Senga voy bo‘lsin. Sen ancha yiroq so‘zlarni ishlatding. Onam meni Umar, deb ismlagan. Agar meni shu ism bilan chaqirsang, buni qabul qildim. So‘ngra ulg‘aydim. Bas, Abu Hafs, deb kunyalandim. Agar mana shu kunya bilan meni chaqirsang, qabul qildim. So‘ngra sizlarni ishlaringizga boshliq bo‘ldim. Bas, meni amirul mo‘minin, deb ismladinglar. Agar meni mana shu atama bilan chaqirsang, kifoya qiladi», dedilar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling