Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
www.ziyouz.com kutubxonasi
259 Fasl: Kofir bo‘lib o‘lgan kishiga mag‘firat tilab duo qilmoq haromdir. Bu haqda Alloh taolo: «Na payg‘ambar va na mo‘minlar - agar mushriklar qarindoshlari bo‘lsa ham -ularning do‘zax egalari ekanliklari aniq ma’lum bo‘lganidan keyin u mushriklar uchun mag‘firat so‘rashlari joiz emasdir», deb aytgan (Tavba surasi, 113-oyat). Fasl: Shar’iy sababsiz musulmonni so‘kishga ijozat berish haromdir: 952/19. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Musulmonni so‘kishlik fosiqlikdir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Abu Xurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ikki so‘kuvchining boshlovchisiga gunoh bo‘ladi, agar mazlum haddan oshmasa», dedilar. Imom Muslim, Abu Dovud va Termiziylar rivoyatlari. Fasl: Odatda iste’mol qilinadigan yomon lafzlar - kishi xusumatchisiga «ey eshak», «ey axmoq», «ey it» va shunga o‘xshashlarni aytmoqlikdir. Bu ikki jihatdan qabihdir. Birinchidan, u so‘z yolg‘ondir. Ikkinchidan, aziyat berishdir. Ammo zolim, deyish unday emas. Xusumatlashuvchiga zaruratdan ruxsat etilgan. Chunki u ko‘pincha rost ham bo‘lib chiqadi. Kamdan-kam insonlargina o‘z nafslariga zulm qilmaydilar. Fasl: Nahhosning aytishlaricha, ba’zi ulamolar: «Men bilan birga Allohdan boshqa biror maxluqot yo‘q edi», deb aytmoqni karih ko‘rishdi. Bu yerda karih ko‘rilishdan sabab lafzning yoqimsizligidandir. Aslida, arab tilidagi istisno qoidasi yuqoridagi so‘zga ulashni iroda etadi. Bu yerda u narsa maholdir. Endi bu istisnodan murod yuqoridagi so‘zdan uzishni iroda etadi. Ya’ni, so‘z zamirida «Alloh men bilan birga edi», degan tushuncha olinadi. Bu Allohning so‘zidagi «... va u (Alloh) sizlar bilan birgadir», degan oyatidan olingan». Buning o‘rniga «Men bilan Allohdan boshqa hech kim yo‘q edi», deb aytmog‘i lozim bo‘ladi. Va yana «Allohning ismiga o‘tir», deb aytmoq karih ko‘rildi. Balki buning o‘rniga «Allohning ismi bilan o‘tir», deyiladi. Fasl: Nahhos ba’zi salaflardan hikoya qilib quyidagilarni aytganlar: «Ro‘zador kishining «Og‘zimdagi mana bu tamg‘a haqqi», deb aytmoqligi ham karih ko‘rilgan. Chunki kofirning og‘ziga tamg‘a qilinadi, deb hujjat qilindi. Endi bu hujjatga nazar solmoq lozim. Chunki unda Allohdan boshqa ila qasam ichilyapti». Bundan man qilinganligi haqida kelgusi boblarda, inshaalloh, tanishamiz. Bu - yuqorida zikr qilganimizdek, Allohdan o‘zga ila qasam ichilganligi hamda hojatsiz ro‘za izhor qilinganligi sababli makruhdir. 953/20. Abdurazzoq Ma’mardan, u Qatodadan, yoki boshqasidan, u Imron ibn Xusayndan (r.a.) qilgan rivoyatda bu zot: «Biz johiliyatda «Alloh ko‘zingni doim sevgan kishingga tushadigan qilsin!» va «Xayrli tong», deb aytar edik. Qachonki, Islom kelgandan keyin bunday deb aytishlikdan man qilindik», deb aytdilar Abu Dovud rivoyatlari. Abdurazzoq va Ma’mar: «Kishi «Alloh ko‘zingni doim sevgan kishingga tushadigan qilsin!» deb aytmog‘i makruh, lekin «Alloh ko‘zingni xayrli qilsin», deb aytishning zarari yo‘q», deb aytishdi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling