Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Sizlar ahli
www.ziyouz.com kutubxonasi
263 Fasl: «Uzoq umr tilayman», deb aytish ham karih ko‘rilgan. Abu Ja’far Nahhos «Sinoatul kitob» nomli asarlarida: ba’zi ulamolar «Uzoq umr tilayman», deb aytmoqni karih ko‘rishgan va ba’zilari ruxsat etishgan, deganlar. Ismoil ibn Ishoq: «Birinchi bo‘lib bu so‘zni ishlatganlar zindiqlardir», dedilar (Zindiqlar - adashgan bir toifa... - tarj.). Hammod ibn Salama: «Musulmonlar o‘zaro maktublarida «falonchidan falonchiga ammo ba’d. Senga salom bo‘lsin. Sherigi yo‘q Allohga hamd aytaman. Muhammad alayhissalomga va u zotning oilalariga salovot bo‘lmog‘ini so‘rayman», deb yozishar edi. Zindiqlar mana shu kabi maktublarning avvaliga «Senga uzoq umr tilayman», deb yozib qo‘yishni yangilik qilishdi. Fasl: «Ota-onam sizga fido bo‘lsin» yoki «Alloh meni sizga fido qilsin», deb aytishning karohiyati yo‘q. Xoh uning ota-onasi musulmon bo‘lsin yoki kofir bo‘lsin, buning joizligiga ikki «Sahih» kitobi va boshqalarda dalillar keltirilgan. Ba’zi ulamolar agar ota- onasi musulmon bo‘lishsa, ana shuni aytishni karih ko‘rishgan. Nahhosning aytishlaricha, Molik ibn Anas «Alloh meni sizga fido qilsin», deb aytishni karih ko‘rardilar. Ba’zilar bunga ham ijozat berishgan. Qozi Iyozning aytishlaricha, jumhur ulamolar: «Bu joiz, fido qilayotgan xoh musulmon bo‘lsin, xoh kofir bo‘lsin, farqi yo‘q», deyishgan. Imom Navaviy: «Buning joizligiga son-sanoqsiz hadislar keltirilgan. Men «Sahih Muslim» sharhida bundan ogoh etdim», dedilar. Fasl: Va yana yomon lafzlar ila tortishmoq, bahslashmoq va xusumatlashmoqlik: Abu Homid G’azzoliyning aytishlaricha, «Al-Mirou» (tortishmoq) - boshqa kishining so‘zidagi xatoni oshkor qilib, qabul etmaslik. Bu bilan u so‘zlovchini tahqirlash hamda o‘z xususiyatini ko‘rsatib qo‘yishdan boshqa narsani anglatmaydi. «Al-jidol» (bahslashmoq) -biror yo‘lni kuchli ekanini bildirishdan iborat. Ammo «Al-xusumat» (xusumatlashmoq) mol-mulk va boshqa narsalarni qo‘lga kiritish uchun shovqin-suron ila so‘zamol bo‘lmoq. Gohida bu oddiy boshlanib va gohida to‘satdan duch kelish bilan bo‘ladi. Bahslashish esa to‘satdan duch kelish bilan bo‘ladi. Bilingki, bahslashmoq gohida haq, gohida botil bilan bo‘ladi. Alloh taolo: «Sizlar ahli Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling