Bosh muharrir Halim saidov
Download 417.52 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- MUASSIS: O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi
3- 3- 3- 3- 3- 2012 2012 2012
2012 2012
Bosh muharrir Halim SAIDOV Ilmiy-metodik, axloqiy-ta’limiy, ommabop jurnal Tahrir hay’ati Baxtiyor DONIYOROV Jo‘ra YO‘LDOSHEV Islom ZOKIROV Tal’at G‘AFFOROVA Dilfuza TOSHMUHAMEDOVA Nafisa SAFAROVA Gulmira KAMILOVA (bosh muharrir o‘rinbosari) Shahnoza ALIYEVA (mas’ul kotib) Manzilimiz: 100000, Toshkent, Matbuotchilar ko‘chasi, 32- uy. Telefonlar: (0-371) 236-74-23, (0-371) 232-02-90. Fax:
(0-371) 233-72-28 Veb-sayt: www.bt-jurnal.uz E-mail: talim-uz@xtv.uz Jurnal O‘zbekiston Respublikasi Matbuot va axborot agentligida ¹ 0056- raqam bilan 2006- yil 22- dekabrda ro‘yxatga olingan. MUASSIS: O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Jurnal maketi tahririyatning matbaa bo‘limida tayyorlandi. Dizayner
- B. Jontemirov. Sahifalovchi - M. Fayziyeva. Bosishga 2016- yil 30.05. kuni ruxsat etildi. Ofset usulida chop etildi. Qog‘oz bichimi 60x84 1/8. Qog‘oz hajmi shartli 4 bosma taboq. Nashriyot hisobida 4,65 bosma taboq. Tiraji: 19074. 472- buyurtma. Bahosi kelishilgan narxda. Tahririyat nuqtayi nazariga mos kelmagan maqolalar tahlil etilmaydi va egalariga qaytarilmaydi. © BOSHLANG‘ICH TA’LIM 2016- yil «Sano-Standart» MCHJ bosmaxonasi. 100069, Toshkent shahri, Shiroq ko‘chasi, 100- uy. Nashr uchun mas’ul: M. Mirzaqobilova. Voqealar, dalillar, raqamlar G‘oliblar aniqlandi..................3 Ocherk
Bolalikda berilgan va’da.......6 Äåëèìñÿ îïûòîì Ïîðòôîëèî: ñåêðåòû ñàìîïðåçåíòàöèè.................8 Muammo va yechim O‘qituvchi ijodkor bo‘lsa.........10 Ifodali o‘qish Pedagog mahorati san’atida...11 O‘quvchi ko‘ngliga yo‘l Shirin so‘z — jon ozig‘i............12 Innovatsion pedagogik loyiha Barcha barobar bilimli bo‘lsin...................................13 Yaxshi muallim — sifatli ta’lim Bir xillikda dars bermoq — o‘quvchi vaqtini o‘g‘irlamoq...15 Birinchi o‘qituvchim Ilk havas va ushalgan orzu....................................16 Metodik tavsiya Savodli yozishga o‘rgatish o‘qituvchi mahoratiga bog‘liq............................17 Ko‘rgazmali qurol Maqsadlari oydin muallima..........................18 Zamon bilan hamnafas Yuksak marralarni ko‘zlab......19 Mohir murabbiy Hamkorlikda hikmat ko‘p.......20 Seminar-trening Tajriba almashildi................21 Tavsiya «Bilimi zo‘r mingni yiqar».....24 Mushtariy minbari Kitobxonlik bolalikdan tarbiyalanadi.......................25 Mediatur
Boshlang‘ich sinflarda chet tillar ta’limi..........................26 Jarayon «Kids’ English 4»: tajriba — sinovda toblandi.........26 English
Êðàñíàÿ Øàïî÷êà.........30 Ïðèçíàíèå Ñïàñèáî âàì, íàñòàâíèêè......................31 Hikoya «Grey» kulrang degani...........32 Tanaffus Jonivorlar bilan do‘st bo‘lamiz..............................32
2 Bu yilgi
tanlov o‘ziga xos, betakror uslub va tajriba egalarini kashf qildi. Ko‘rik-tanlovning viloyat bosqichlarida eng sara deb topilgan 14 nafar nomzod respublika bosqichida bilim va mahoratda o‘zaro kuch sinashish uchun poytaxtimizdagi Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi filologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan maktabda jam bo‘ldi. Bu yil tanlov shartlariga o‘zgartirishlar kiritilib, uning viloyat, respublika bosqichi 4 turda o‘tkazildi. 1- tur — «Internet — axborot manbai»da ishtirokchilar tanlovning quyi — maktab, tuman va viloyat bosqichlarida yaratgan va internetga joylashtirilgan o‘qituvchi portfoliosi, ochiq dars ishlanmasi, sohadagi muhim muammolarga taklif etayotgan yechimlari, ta’lim-tarbiya jarayoni bilan bog‘liq samarali tajribalari, tavsiyalarini aks ettirgan «Innovatsion pedagogik loyiha»lari baholandi. Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, yuklangan ma’lumotlar ixcham va mazmunli bo‘lishi, saytga kirganda havolaning ochilish qulayligini inobatga olish kerak. 2- turda ishtirokchilar pedagogik ish tajribalarini yozma bayon etishdi. Bunda ular o‘z faoliyatida qo‘llayotgan va y a x s h i natija berayotgan pedagogik texnologiya hamda metodlar, ularning mazmuni, natijaviyligi aniq misollar bilan ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak edi. Biroq ayrim ishtirokchilar darslarda qo‘llaniladigan yangi metodlarni talab darajasida bosqichma-bosqich yoritib bera olmadilar. 3- turga o‘tgan Xorazm, Jizzax, Namangan, Buxoro va Navoiy viloyatidan tashrif buyurgan o‘qituvchilar darsdan tashqari mashg‘ulot olib bordilar. Ular ifodali o‘qish, matematika fanlari bo‘yicha o‘tgan mashg‘ulotlar mavzu va shakl jihatdan rang-barang bo‘ldi. Hakamlar hay’ati guruhlararo bellashuv, tezkor savol-javoblar, viktorina tarzida tashkil etilgan mashg‘ulotlarni kuzatdi. O‘qituvchilar foydalangan ko‘rgazmali qurollar, metodlar, ayniqsa, rag‘bat kartochkalari o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Bir ishtirokchi mashg‘ulotni to‘g‘ri rejalashtira olmagani sababli, keyingi bosqichga o‘ta olmadi. So‘nggi 4- turda pedagog- ishtirokchilar yana bir bor o‘z mahoratlarini namoyish etdi. O‘qituvchilarning o‘qish, matematika, atrofimizdagi olam fanlaridan o‘tgan ochiq darslarida ularning nutq madaniyati, mavzuni tushuntirishda qo‘llayotgan usullari, darsni tashkil etish madaniyati, uning natijaviyligi, o‘quvchilar bilan ishlash mahorati, ularni qiziqtirishi, ijodkorligi, dars davomida AKTdan foydalanish malakasi baholandi. Tanlovning oxirgi sharti bo‘yicha qizg‘in bahslar davom etdi. Va nihoyat, hayajonli onlar. Hakam- lar hay’ati tomonidan g‘olib o‘qituvchi- larning nomlari e’lon qilindi. Ular Xalq ta’limi vazirligining maxsus diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. — Bu yilgi tanlov o‘qituvchilarning axborot bilan ishash va AKTdan foydalanish malakasi yildan yilga o‘sib borayotganini yana bir bor ko‘rsatdi, — deydi hakamlar hay’ati a’zosi, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti boshlang‘ich ta’lim va jismoniy madaniyat fakulteti Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi Bekmurat Pardayev. — O‘qituvchilarning darslarida animatsiyali taqdimotlar, videolavhalardan foydalanilyapti. Hatto, darsdan tashqari mashg‘ulotlarda telemost o‘rnatildi, Hazorasp tumanidagi o‘quvchilar bilan poytaxtdagi sinf o‘rtasida onlayn musobaqa o‘tkazildi. Bu nafaqat tanlov, balki boshlang‘ich ta’limda yangilik bo‘ldi, deb o‘ylayman. Hozirgi zamon pedagogikasining ilg‘or namoyandalari bellashgan «Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi — 2016» ko‘rik-tanlovi ana shunday yangiliklarga boy bo‘ldi. Tahririyatdan: aziz mushtariylar, nashrimizning mazkur sonida tanlov kashf etgan mahoratli pedagoglarning hayoti va faoliyati, tajribalari hamda dars va darsdan tashqari mashg‘ulot ishlanmalari, ko‘rgazmali qurollarida namoyon o‘zlariga xos uslub bilan tanishishingiz mumkin. SH.ALIYEVA. I.HASANOV olgan surat. Ustoz — ulug‘ zot. Katta-yu kichik, barcha unga chuqur ehtirom bilan qaraydi. Umr bo‘yi ilm-u savod o‘rgatish yo‘lida ter to‘kkan, Vatanga muhabbat tuyg‘usini qalbimizga chuqur singdirgan fidoyi insonlarning qadri hamisha baland. Mustaqilligimizga hamohang ravishda 25 yildan buyon hukumatimiz tomonidan bu kasb egalarining mehnati moddiy va ma’naviy jihatdan rag‘batlantirilib, ularning kasbiy nufuzi oshirib borilmoqda. Shuningdek, ularni Respublika miqyosida tanishtirish, tajribalarini ommalashtirish singari e’tiborga molik ishlar amalga oshirilmoqda. Bunga yangi Nizom asosida eng ilg‘or o‘qituvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan «Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi — 2016» ko‘rik-tanlovi misol bo‘la oladi. Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi Metodika markazi tomonidan 4- sinf o‘quvchilari o‘rtasida matematika, ona tili, o‘qish, chiroyli yozuv, o‘zbek tili, ingliz va rus tili fanlari bo‘yicha «Yilning eng yaxshi bilimdon o‘quvchisi» ko‘rik-tanlovining shahar bosqichi o‘tkazildi. Unda tanlovning tuman bosqichida g‘olib bo‘lgan 164 nafar 4- sinf o‘quvchilari ishtirok etdi. Iqtidorli va bilimga chanqoq o‘quvchilarni aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash, fanlarni o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada orttirish va «Bilimlar bellashuvi»ga tayyorlik vazifasini bajarish maqsadida tashkil etilib kelinayotgan ushbu tanlovga tajribali o‘qituvchilar hakamlik qilishdi. Tanlovda poytaxtimizning Ser- geli, Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod va Chilonzor tumanlaridagi maktab o‘quvchilari yaxshi natijalarni ko‘rsatishdi. Ta’lim rus va o‘zbek tillarida olib boriladigan sinflar bo‘yicha har bir fandan 1-, 2-, 3- o‘rin sohiblari maxsus diplom va esdalik sovg‘alar bilan taq- dirlandi. Jizzax viloyati Do‘stlik tumanidagi 10- umumta’lim maktabida «Biz san’atni sevamiz!» mavzusida madaniy- ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Ta’lim muassasasi murabbiylari, mahalla faollari, ota-onalar va o‘quvchilar ishtirok etgan tadbirda «Gulyor» raqs dastasi va «Dutorchi qizlar» to‘garagi a’zolari diltortar raqs va kuy- qo‘shiqlar, betakror musiqiy chiqishlarni ijro etib, o‘z mahoratini namoyish etdi. — Qo‘shiq aytish, raqs tushish jajji o‘quvchilar uchun sevimli mashg‘ulot, — deydi maktabning musiqa fani o‘qituvchisi, to‘garak rahbari Ozoda Gulmurodova. — Har ikki to‘garakka o‘quv yili avvalida birinchi sinfdan boshlab a’zolik boshlanadi. Hozirgi paytda to‘garagimizga 30 nafardan ortiq o‘quvchi a’zo. Ular san’atning sirli va sehrli jozibasidan bahramand bo‘lish barobarida, milliy ashula va kuylarimizni puxta o‘rganmoqda. Shuningdek, ular turli konsert dasturlari, musiqiy festivallarda faol ishtirok etmoqda. Bu san’atga oshufta o‘g‘il-qizlarimizning iqtidorini yanada sayqal toptirish va har tomonlama barkamol etib tarbiyalashda muhim o‘rin tutadi. Musiqani o‘rganishga ishtiyoqi baland o‘quvchilar safi yildan yilga kengayib borayotgani bizni quvontiradi, albatta. Shuni ta’kidlash joizki, o‘quvchilarning qiziqishiga ko‘ra to‘garaklarga to‘g‘ri yo‘naltirishda ota-onalarning qo‘shayotgan hissasi salmoqlidir. Maktabning boshlang‘ich sinf o‘quvchisi Abdukarim Xudoyberdiyevning aytishicha, to‘garakda o‘rganganlari so‘zlarni to‘g‘ri va chiroyli talaffuz qilishi, sahnada hayajonni yengishida ijobiy ta’sir ko‘rsatgan. San’atsevar o‘quvchilar ijro etgan ajoyib musiqiy dastur yig‘ilganlarda unutilmas taassurot qoldirdi. Tadbir so‘ngida «Gulyor» raqs dastasiga a’zo Abdukarim singari iqtidorli o‘quvchilar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Z.ISMOILOV. 3
4 Mustaqillikka tengdosh yoshlar keng fikrli, dunyoqarashi teranligi bilan ajralib turib, amalga oshirayotgan ishlari, olamshumul ixtirolari bilan yurtdoshlarimiz tahsiniga sazovor bo‘lmoqda. Albatta, 25 yillik muddatda chaqaloq ulg‘ayib, hayotda mustaqil odim tashlab, jamiyat koriga yaraydigan shaxs sifatida shakllanadi. Qiyoslaydigan bo‘lsak, yurtimiz ta’lim tizimida ham shunday o‘sish bosqichlari tufayli ro‘y bergan o‘zgarishlar farzandlarimizga har tomonlama yuksak ta’lim olish imkoniyatini tuhfa etdi. Bunda boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchi- larining ham o‘z o‘rni va hissasi bor. Zero, boshlang‘ich ta’limni puxta va mukammal egallagan avlod ta’limning keyingi bosqich- larida qiynalmaydi, mo‘ljalni yuqori olib, olg‘a odimlaydi. Hazorasp tumanidagi 34- maktab o‘qituvchisi Sharofat Qalandarova ham mustaqillik tengdoshi sifatida, ham tirishqoq va izlanuvchan boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi sifatida qator yutuqlarni qo‘lga kiritgan. Yosh o‘qituvchi Urganch davlat universitetini tamomlab, 2011- yili ilk bora ko‘zlari chaqnab turgan, qo‘llarida Prezident sumkasi yaraqlab turgan bolajonlarni birinchi sinfga qabul qildi. O‘qituv- chilikning mashaqqatini yengish, dars o‘tish mahoratini o‘rganish uchun o‘zining birinchi o‘qituvchisi Shoira Otamurodovaning etagidan mahkam tutdi. — Sochlari jingalak, ko‘zlari munchoq qizaloq sinfimdagi eng harakatchan o‘quvchilarimdan biri edi. Uning jussasi kichkina bo‘lsa-da, nigohlarida ajib bir ma’no — o‘rtoqlarini o‘qitishga bo‘lgan ishtiyoq sezilardi. Bobosi, otasi, onasi ham o‘qituvchi bo‘lgani uchunmi, bolalarni atrofiga yig‘ib, bilmagan- larini tushuntirardi, — deya xotirlaydi muallima. — Sharofat hozir ham darslarimni muntazam kuzatib borishga vaqt topadi, uning ziyrakligi, yangiliklarni tezda ilg‘ab, darslariga olib kirishi, mehnatdan qochmasligi muvaffaqiyatlariga kalit bo‘ldi. Kamchiliklarini tuzatib, eng ilg‘or ustozlarning ish usullarini o ‘ r g a n i b , m a h o r a t i n i b o y i t y a p t i . Izlanishni kanda qilmaydigan Sharofat har kuni darsiga bir yangilik kiritadi. Aynan shu narsa uning asosiy yutug‘i. Chunki o‘zidan qoniqish hosil qilib, to‘xtab qolgan o‘qituvchi bugungi zamonaviy o‘qituvchi degan nomga munosib emas. Yoshlikning shiddatkor kuchini xalqning bolasiga yangicha bilim berishga yo‘naltirayotgan muallima zamon talablariga mos holda xorijiy tillarni ham mukammal o‘rganishga kirishgan. Ish boshlaganiga endigina besh yil to‘lganiga qaramay, hududdagi ota-onalar ichida farzandining shu o‘qituvchi qo‘lida ta’lim olishini istaydiganlar talaygina. «Sog‘lom ona va bola yili» Davlat dasturining ijrosiga bag‘ishlab, O‘zbekiston xotin-qizlari «Olima» uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan «Olima, oqila va faol» mavzusidagi ilmiy-amaliy seminarida «4- sinfda o‘qish fanini o‘qitishda yangi pedagogik texnologiyalar» loyihasi bilan muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Uning boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun «Sehrli matematika mamlakatiga sayohat» nomli kitobi ham nashrdan chiqish arafasida. Mahorat sinovlarda toblanadi. Haqiqatan ham, bor mahorat va salohiyat namoyish etilib, qo‘lga kiritiladigan «Yilning eng faol o‘qituvchisi» ko‘rik-tanlovida ishtirok etish va shu nomga sazovor bo‘lish barcha muallimlarning orzusidir. Lekin bu orzuga erishish uchun o‘z kasbini sevish, tinimsiz izlanish, mashaqqatli mehnat talab etiladi. Bu talablarni diliga jo etib, amalida qo‘llab, harakatda bo‘lgan Sharofat Qalandarova tanlovning maktab, tuman, viloyat bosqichlarida hamkasblaridan ustunligini isbotlab, respublika bosqi- chiga yetib keldi. 5 Nizomga muvofiq dastlabki tur — «Internet — axborot manbai»da namunali metodik portfoliosi, innovatsion pedagogik loyihasi va «Men o‘qituvchiman» shiori asosida muhim metodik muammolarni hal etishga qaratilgan taqdimotlari yuqori baholandi. Keyingi tur — 20 daqiqa muddatda darsdan tashqari mashg‘ulot o‘tish payti ham yetib keldi. Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari- ning bola kabi ishonuvchan, quvnoq bo‘lishini hech kuzatganmisiz? Shu bilan birga juda ta’sirchan hamdirlar. Mashg‘ulotga tayyorlanish jarayoni boshlandi. Qur’a natijasiga ko‘ra, birinchi bo‘lib, xorazmlik vakilaning darsdan tashqari mashg‘uloti kuzatiladigan bo‘ldi. 15 daqiqalik muddatdan unumli foydalanish uchun qatnashchilar bor imkoniyatlarini ishga solishga urinardi. Aksiga olib, mashg‘ulotida xorazmlik hamda toshkentlik o‘quvchilarni onlayn tarzda musobaqaga chorlash niyatidagi Sharofat Qalandarova texnik qurilmalarning risoladagidek ishga tushmayotganidan bezovtalana boshladi. Mashg‘ulotgacha 3 daqiqa vaqt bor. Hakamlarning bezovtaligi o‘qituvchi holatida tushkunlik paydo qildi. Biroq bir daqiqa sinfdan tashqariga chiqib, yana o‘zini ruhiy jihatdan to‘laqonli bolalar bilan ishlashga tayyorlagan o‘qituvchi namunali mashg‘ulot jarayonini boshladi. «Ertaklar — yaxshilikka yetaklar» mavzusidagi mashg‘ulotda o‘quvchilar o‘zbek xalq, adabiy va jahon xalqlari ertaklari o‘rtasidagi farqlarni bilib olishdi. Ertak nomlari va maqollar aytish bo‘yicha xorazmlik tengdoshlari bilan onlayn bellashgan o‘quvchilar yanada faollashdi va o‘qituvchining ingliz tilida bergan topshiriqlariga tezkorlik bilan javob topishdi. Shu tariqa bu vazifani a’lo darajada ado etgan muallima eng so‘nggi turga ham yetib keldi. Noma’lum o‘quvchilar va bir kun avval aniqlangan mavzu — 2- sinfda atrofimizdagi olam darsi boshlandi. «O‘lkamizdagi uy va yovvoyi hayvonlar» mavzusidagi darsga multimedia vositalarini faol olib kirishga erishgan o‘qituvchi o‘zi ovoz bergan multfilm qahramonlari orqali bolalarni rag‘batlantirib bordi. Bu esa darsda faol qatnashayotgan o‘quvchilarning ingliz tilida berilgan topshiriqlarni ham katta qiziqish bilan bajarishiga sabab bo‘ldi. O‘zbekistonning har bir viloyati bekat nomlari sifatida e’lon qilindi va o‘quvchilar turli topshiriqlarga javob berish orqali mazmunli sayohatga otlandi. Sayohat davomida yurtimizdagi qo‘riqxonalar va ularda yashovchi hayvonlarni o‘rganish bilan birga uy hayvonlarining ham foydali xususiyatlarini bilib olishdi. Dam olish daqiqasida «Xorazm lazgisi»ni xirgoyi qilib, harakatlarini bajargan o‘quvchilar keyingi vazifalarni bajarish uchun yangi kuch to‘plab olishdi. O‘qituvchi ijodkorligi tufayli dars o‘quvchilarning nutqi, fikrlashini o‘stirishga qaratilgani va intellektual potensialini oshirishga ixtisoslashgani va milliy qadriyatlarimiz yo‘g‘rilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi. — Agarda biror mavzuda ochiq dars uyushtirmoqchi bo‘lsak, bir necha kun tayyorgarlik ko‘ramiz, — deydi Sharofat Qalandarova. — Biroq bir kunda notanish sinfda namunali dars tashkil qilish har bir o‘qituvchidan alohida mahorat talab etadi. Bugungi darsda o‘quvchilarning yanada faol ishtirok etishi uchun «Bittasi ortiqcha» usuliga ko‘ra, ularni uy va yovvoyi hayvonlarning xususiyatlarini farqlashga o‘rgatdim. Bu kabi namunali dars tashkil etish uchun o‘qituvchi boy metodik zaxiraga ega bo‘lishi lozim. Shuning uchun doimo darslarimni ko‘rgazmalilik asosida o‘tishga harakat qilib, barcha mavzular uchun foydalanish mumkin bo‘lgan universal hamda xususiy didaktik vositalar yaratish ustida ishlayapman. Ana shunday har daqiqadan mazmun izlab, intilayotgan o‘qituvchi faoliyati 14ta hududdan kelgan hamkasblari orasidan eng yaxshisi deb topildi va birinchi o‘ringa munosib ko‘rilib, boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida «Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi» nomiga sazovor bo‘ldi. Tanlovning birinchi darajali diplomi, «O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi a’lochisi» ko‘krak nishoni va pul mukofoti bilan taqdirlangan Sharofat Qalandarova tinimsiz mehnatlari samarasini ko‘rish baxtiga musharraf bo‘ldi. — Bu xushxabarni otam Matkarim Qalandarov va onam Zulfiya Ro‘zimova quvonch ko‘zyoshlari bilan qarshiladi, — deydi g‘olib muallima. — Ota-onamning o‘qituvchilik dunyodagi eng xayrli kasb, mehnat qilsang qadr topasan, degan nasihatlari va ularning doimiy ravishda izlanishga undashi yuqori natija ko‘rsatishimga sabab bo‘ldi. Mustaqilligimiz mevalari sifatida kundalik hayotimizda ro‘y berayotgan yangilanish va obodonchiliklar barchamizning qarashlarimizni shaffoflashtiryapti. Mustaqillik davrida dunyoga kelib, bugun turli jabhalarda faoliyatini boshlagan yosh mutaxassislar ham mehnatlari mevasini ko‘ryapti. Vatan va inson taqdiridagi moslik, hamqadamlik tufayli bugun yuksak marralar zabt etilmoqda. Zafar muborak bo‘lsin, baland cho‘qqilarni orzulab yo‘lga chiqqan mehribon va tirishqoq muallima! Nasiba ERXONOVA, Xalq ta’limi a’lochisi.
6 Otasi bilan onasining chiroyli, top- toza kiyimlarda sumkalariga obdon tartib berib ishga otlanganini qandaydir ichki bir g‘urur, havas bilan kuzatib turgan bolajon ularning ortidan darvozaxonagacha ergashib bordi-yu, xayrlashgach, yugurib mehmonxonaga kirdi. Javondagi qutichadan o‘rab qo‘yilgan ko‘krak nishonlarini avaylabgina qo‘liga oldi. Barmoqchalari bilan ularni ohista silagancha ko‘zgu- ga qayta-qayta boqib ko‘ylagining yoqasiga qadab qo‘yarkan: «Bu eng yaxshi o‘qituvchilarga beriladigan mukofot», — deya o‘z-o‘zicha shivir- ladi. — Hali men ham zo‘r muallim bo‘laman. Shunda otam, onam kabi menga ham ana shunday unvon berishadi! Buning Download 417.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling