Bosh muharrir Halim saidov


Download 417.52 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana03.08.2017
Hajmi417.52 Kb.
#12675
1   2   3   4   5   6


11

Ìavzu: «Ertaklar

yaxshilikka yetak-

lar» (2- sinf).

Mashg‘ulotning maqsadlari:

ta’limiy: o‘quvchilarga ertak janri

haqida ma’lumot berish, ertaklarni

ifodali, rollarga bo‘lib o‘qishga

o‘rgatish, qissadan hissa chiqarish

ko‘nikmalarini shakllantirish;

tarbiyaviy: ertaklar orqali

o‘quvchilar qalbiga milliy g‘urur hissini

singdirish, ularni yaxshilik qilish, bir-

birlariga mehr-oqibatli bo‘lishga

undash, milliy qadriyatlarimizga

hurmat ruhida tarbiyalash;

rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning

ifodali o‘qish, matnni qayta hikoya

qilish ko‘nikmalarini  rivojlantirish.

Mashg‘ulot turi: juftlikda va

guruhlar bilan ishlash.

Mashg‘ulotda qo‘llaniladigan

metodlar: «Moychechak», «Venn

diagrammasi» usullari.

Mashg‘ulot jihozi: slaydlar,

kompyuter texnikasi, turli xil ertak

kitoblar, «Oltin tarvuz» ertak

qahramonlarining rasmi.

Mashg‘ulotning borishi

Salomlashiladi, o‘quvchilar

mashg‘ulotga tayyorlanadi. Mashg‘ulot

ifodali she’r aytish bilan boshlanadi.

Navbatchi axboroti tinglanadi.

O‘qituvchi: — Bolajonlar, kitob

o‘qishni hamma yaxshi ko‘radi,

ayniqsa, ertaklarni. Ayting-chi,

ertaklarni nima uchun sevib mutolaa

qilamiz?


(O‘quvchilar javoblari tinglanib,

umumlashtiriladi).

O‘qituvchi: — Bolajonlar,

bugungi mashg‘ulotimizni noan’anaviy

uslubda o‘tkazamiz, bunda biz

guruhlar va juftliklarda ish olib boramiz.

I guruh — «O‘zbek xalq ertaklari».

II guruh — «Adabiy ertaklar».

III guruh — «Jahon xalq ertaklari».

O‘quvchilar o‘z guruhlari nomiga

izoh beradilar. O‘qituvchi ularning

javobini to‘ldiradi.

I guruh — O‘zbek xalq ertaklari —

xalq og‘zaki ijodiga mansub. Bunday

ertaklar xalqning dono kishilari

tomonidan to‘qilgan. Ularning muallifi

bo‘lmaydi.

II guruh — Adabiy

ertaklar yozuvchi va

shoirlar tomonidan yoziladi, ularning

muallifi aniq bo‘ladi.

III guruh — Jahon

xalqlarining xalq og‘zaki

ijodiga mansub ertaklar kiradi.

O‘qituvchi: — «Mening

o‘rnim qayerda?» o‘yinini

o‘ynaymiz. Mana bu

moychechak guli yaproqlarida

yozilgan ertaklarga o‘z o‘rnini

topishda yordam berishingiz

kerak bo‘ladi. Har bir

guruhdan bittadan o‘quvchi

chiqib, o‘z guruhlariga

mansub ertak nomi yozilgan

yaproqni oladi va nima uchun

uni tanlaganini tushuntiradi.

O‘qituvchi: — Barakalla,

hozir esa «Bog‘bon» mashqini

bajaramiz. Tarqatmalardagi

rasmlar yordamida guru-

hingizga berilgan daraxtni

ko‘kartirishingiz, gullatib,

hosilga kiritishingiz lozim. (Har

bir guruh stoliga plakatga

chizilgan daraxt qo‘yiladi.

Konvertlar tarqatilib, ulardagi

barglar orqasida o‘zbek xalq

ertaklari, gulchalar orqasida

adabiy va mevalar orqasida

jahon xalq ertaklari nomi

yozilgan. O‘quvchilar ulardan

guruhlariga mosini saralab,

daraxtga yopishtiradilar.

Natijada I guruh barg

yozayotgan, II guruh gullagan

va III guruh mevaga kirgan

daraxtni hosil qilishadi).

Mana shu daraxtlar orqali

men sizlarga har qanday ertak

uch qismdan iborat bo‘lishini

aytmoqchi edim. Ertaklarning

an’anaviy boshlanishi —

birinchi daraxtimiz kurtak yozdi,

bolalar, o‘zbek xalq ertaklari qanday

so‘zlar bilan boshlanadi?

(O‘quvchilar: — Bir bor ekan, bir

yo‘q ekan...). Keyin voqealar rivoji

keladi — ikkinchi daraxtimiz gulladi

va ertaklarning tugallanish qismi —

uchinchi daraxtimiz mevaga kirdi,

chunki hamma ertaklarimiz yaxshilik

bilan tugaganidek, har qanday ezgu

ish, yomonlikka yaxshilik bilan javob

berish ham oxir-oqibat o‘z mevasini

beradi, to‘g‘rimi?

«Oltin tarvuz» o‘zbek xalq ertagi

o‘quvchilar bilan ifodali o‘qiladi.

Ertakdagi voqealar o‘quvchilar bilan

muhokama qilinib, «Venn

diagrammasi»ni bajarish orqali

mustahkamlanadi. Halol mehnat

bilan kishi murodiga yetishi

kambag‘al dehqon misolida

tushuntiriladi va boy dehqon

qilmishiga yarasha jazosini olgani

xulosa qilinib mashg‘ulot

yakunlanadi.

O‘quvchilarga ertakni ifodali

o‘qish va o‘zlariga yoqqan qismning

rasmini chizib kelish uyga vazifa qilib

topshiriladi.


12

— Qani, bolajonlar, darsga tayyormisiz?

Jajji Matlubaxon qo‘g‘irchoqlari bilan

navbatdagi «dars»ini boshladi. Qizaloq goh

ularning boshini silab, erkalar, goh «tanbeh»

berib, koyir edi. Darsda jim o‘tirib,

«o‘qituvchi»ga quloq solganlarni «Barakalla!», «Ofarin!», «Rahmat!» kabi

so‘zlar bilan maqtab qo‘yardi. O‘zini xuddi o‘qituvchilardek tutayotgan

qizchasining harakatlarini kuzatib o‘tirgan Abubakir aka xayolga

cho‘madi: «Qizim mening izimdan borib o‘qituvchi bo‘larmikan-a?

Bolalarning ko‘nglini ko‘tarish uchun chiroyli so‘zlarni topib gapiryapti,

balki onasiga o‘xshab  tarbiyachilikning etagini tutar».

Matlubaxon, mana, necha yildirki, o‘zi ta’lim olgan va dastlab ish

boshlagan maskanda faoliyat yuritib kelayotir. Oradagi masofa olis

bo‘lishiga qaramay, kasbi va qadrdon go‘shasiga bo‘lgan muhabbati

tufayli bu yerdan ketgisi kelmaydi. Qancha maktablardan takliflar

bo‘lgan, biroq sinfidagi qorako‘zlardan ko‘ngil uzolmaydi. Har kuni

erta sahardan ishga shoshiladi. Maktab hovlisiga kirishi bilan o‘g‘il-

qizlari bag‘riga otiladi. Boshlang‘ich sinfda

o‘qiyotgan kezlari, mehribon muallimasining sumkasini ko‘tarishni o‘ziga

sharaf deb bilgan Matlubaxonning yuragi xapriqib ketadi.

Mana shu mehr-muhabbatning kuchi tufayli ham u mahallasiga yaqin

maktablardan biriga ishga o‘ta olmayapti.

Buloqboshi tumanining Qumguzar mahallasida farzandiga

Matlubaxon muallima ta’lim-tarbiya berishini xohlaydigan ota-onalar ko‘p.

Ularning aksariyati bu istakni mohir pedagogning bola qalbiga yaxshi

yo‘l topa olishi bilan izohlaydi. Aslida shirinso‘zlik — o‘qituvchining

asosiy yutug‘i. Shu tufayli u ikkinchi ona maqomiga erishadi. Muallima

o‘quvchilarga ta’lim berar ekan, birinchi navbatda, sinfda do‘stona

muhit yaratishga harakat qiladi.

— O‘g‘il-qizlarimning bir-biriga samimiy va mehribon bo‘lishi uchun

avvalo, o‘zim ularga o‘rnak bo‘lishim kerak. Agar ularda o‘zaro hurmat,

ahillik va mehr-muhabbatni shakllantira olsam, bu — mening yutug‘im.

O‘quvchilar meni tinglaydilar. Mavzuning tushunmagan joylarini

so‘rashga uyalmaydilar. Fanlarni o‘zlashtirishda muammoga

uchramaymiz. Ularning odob-axloqi borasida ham shunday deyish

mumkin. Bu ta’lim sifati va samaradorligini oshiruvchi omillardan biridir,

— deydi muallima.

Matlubaxon Tursunqulova adabiyotni yaxshi ko‘radi: chiroyli she’rmi,

badiiy asardan parchami o‘quvchilariga ilinadi. Dars jarayonida ularning

ifodali o‘qishiga ahamiyat beradi. To‘garak mashg‘ulotlarida o‘quvchilar

bilan birga ular yodlagan she’rlar, o‘qigan ertak va hikoyalar mazmunini

tahlil qiladilar. Bu bolalarning badiiy adabiyot bilan do‘st bo‘lishlariga

rag‘bat uyg‘otadi.

O‘qituvchi navbatdagi nutq o‘stirish mashg‘ulotini boshladi.

Jarayonning qiziqarli va jonli borishi uchun «Sonlar tilsimi», «Davom

ettir», «Bo‘lishi mumkin emas!» ta’limiy o‘yinlari va «Kalit so‘z» mashqidan

foydalandi. O‘quvchilar uchun kutilgani esa mashg‘ulotning «Mushoira»

qismidir. Uni o‘qituvchi boshlab berdi:

Bog‘larini hur shamollar silaydigan,

Beshikdagi go‘dakniyam sizlaydigan,

Ayro tushgan Bobur yanglig‘ bo‘zlaydigan,

Andijon bor ona-Turon quchog‘ida.

Ha, qalbi toza, bag‘rikeng, bolalar nima xohlayotganini ularning

nigohidan ilg‘ab oladigan pedagoglar tahsinga sazovor. Ularning shirin

so‘zi orqali farzandlarimiz mehribonlik, samimiylik, oqko‘ngillik va

xushmuomalalik kabi chin insoniy fazilatlarga ega bo‘lib voyaga yetadilar.

Ehtimol, muallimaning muvaffaqiyati siri ham shundadir. Zero, Navoiy

bobomiz aytganidek: «Til shirinligi — ko‘ngilga yoqimlidir; muloyimligi

esa — foydali. Shirin so‘z sof ko‘ngillar uchun asal kabi totlidir; bolalar

uchun muloyim tabiatli odam — halvofurush kabi sevimlidir».

B.YUNUSOVA.



13

Tanlov Nizomidan o‘rin olgan

shartlardan biri — Innovatsion pedagogik

loyiha tuzish bo‘yicha Nargiza Umirova

«Boshlang‘ich sinflarda bo‘sh

o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bilan ishlash

usullari» nomli loyihasini taqdim etdi.

Har bir sinfda uchrashi tabiiy bo‘lgan

muammoni bartaraf etish yo‘llari tavsiya

etilgan ushbu loyihada boshlang‘ich

sinflarda bo‘sh o‘zlashtiruvchi

o‘quvchilarni aniqlash, sabablarini

o‘rganish, uni bartaraf etish yo‘llarini

izlash va amaliyotda qo‘llash haqida so‘z

boradi. Didaktik topshiriqlar va o‘yinlarni

qo‘llagan holda, tinimsiz mehnat va

mas’uliyat orqali bo‘sh o‘zlashtiruvchi

o‘quvchilarni o‘qishga qiziqtirish hamda

qobiliyatli o‘quvchilar safiga

qo‘shish mumkin deb

hisoblaydi. 

Muammo


sabablarini quyidagicha sanab

o‘tadi:


— maktabgacha tarbiyaning

sustligi;

— ona tilida ta’lim olmaslik;

— fikrlash qobiliyatining yetarli

darajada shakllanmaganligi;

— maishiy sabablar;

— jismoniy rivojlanish;

— muntazam dars qoldirish;

— bilim olishga munosabat;

— ota-onalarning ma’naviy bilim

darajasi;

— pedagogning darslarni qiziqarli

tashkil etmasligi. Bu kabi sabablar tufayli

kelib chiqadigan muammoni yechishda

muallima dastlab «Kimni o‘qitish kerak?»,

«Nimani o‘qitish kerak?», «Qanday

o‘qitish kerak?» degan savollarga javob

topish lozimligini ta’kidlaydi. So‘ng

o‘quvchining bo‘sh o‘zlashtirishiga qarab

quyidagi uch toifadan qay biriga kirishini

bilib olish zarur:

1- fikrlash doirasi yaxshi

rivojlanmagan, ya’ni diqqati, xotirasi sust,

ammo bilim olishga intiluvchan

o‘quvchilar;

2- fikrlash doirasi yaxshi rivojlangan,

xotirasi kuchli, ammo bilim olishni

istamaydigan o‘quvchilar;

3- fikrlash doirasi yaxshi rivoj-

lanmagan va bilim olishga ham

intilmaydigan o‘quvchilar. Shu kabilarni

aniqlab olgach, u bilan ishlashning

samarali yo‘llarini ishlab chiqish mumkin.

Ular bilan ishlashning eng asosiy va keng

tarqalgan yo‘li darsdan tashqari vaqtlarda

qo‘shimcha mashg‘ulotlar olib borishdir.

Har bir toifadagi o‘quvchiga turli xildagi

metod va didaktik o‘yinlar orqali

yondoshish kerak bo‘ladi. Ular bilan

ishlashda Nargiza Umirova individual

xususiyatlarini hisobga oladi.

Quyida uning bo‘sh o‘zlashtiruvchi

o‘quvchilar bilan ishlashda qo‘llashni

tavsiya qilgan mashq turlaridan misollar

keltirib o‘tamiz.

«Eng asosiysi» mashqi

O‘quvchilar berilgan matnni tez va

diqqat bilan o‘qib chiqadi. Ikkinchi

safar o‘qish jarayonida ular

matnni ma’nosidan kelib chiqib,

shu guruh g‘olib bo‘ladi va rag‘batlan-

tiriladi.

«Eng yaxshi savol» mashqi

O‘quvchilar matnni o‘qishadi va

ularga eng yaxshi savol tuza olish

topshirig‘i beriladi. Bir o‘quvchi tuzgan

savolini sherigiga beradi, u esa to‘liqroq

javob qaytarishi kerak. Javob bergan

o‘quvchi keyingisiga savol beradi va shu

tariqa mashq davom etadi. Oxirida

kimning savoli eng yaxshi ekanligini

o‘quvchilarning o‘zlari aniqlashadi. To‘liq

javob bergan o‘quvchilar va eng yaxshi

savol egasi rag‘batlantiriladi.

«Aylana bo‘ylab so‘zlash» mashqi

O‘quvchilar matnni bir marta o‘qib

chiqqach, aylana bo‘lib turib oladi.

O‘rtaga bir o‘quvchi chiqib, ko‘zini yumib

aylanadi va istalgan o‘quvchini ko‘rsatadi.

Shu o‘quvchi matnni so‘zlashni boshlab

beradi. Har bir o‘quvchi matnning

ketma-ketligi bo‘yicha bittadan gap

aytadi. So‘ngra o‘quvchilar matnni

qayta o‘qiydi va yo‘l qo‘ygan

xatolarini muhokama qiladi.

bir so‘z, keyin so‘z birikmasi bilan

ifodalashlari kerak bo‘ladi.

Uchinchi safar o‘qishganida,

matndagi sirni topishlari kerak

(unga ma’no berayotgan gap

yoki matn qismi bo‘lishi mumkin).

Mashq oxirida o‘quvchilar topgan

so‘z, so‘z birikmalari va gaplarini

o‘qishadi,  so‘ng  to‘g‘ri topgan

o‘quvchilar rag‘batlantiriladi.

«Tezkor foto» mashqi

O‘quvchilar ikki guruhga

bo‘linadi va ularga bir xil matn

beriladi. Guruhlar matnni bir

marta o‘qib chiqishadi, iloji

boricha, ko‘proq ma’lumotni

eslab qolishga harakat qiladilar.

Matnlar yig‘ib olingach,

guruhlarga uni ketma-

ketlikda joylashtirib olishlari

uchun vaqt beriladi.

So‘ngra guruh

ishtirokchilari matnni

so‘zlab berishadi.

Qaysi guruh

m a t n n i

t o ‘ l i q r o q

so‘zlab

bersa,


14

Izlanuvchan murabbiy 2012- yili «Xalq

ta’limi a’lochisi» ko‘krak nishoni bilan

taqdirlandi. Tumanda boshlang‘ich ta’lim

yo‘nalishi bo‘yicha «Mahorat maktabi»ning

rahbari. Uning respublika gazeta-jurnallarida

«Kitobga mehr», «DTS bajarilib, ta’lim sifati

oshadi», «Tarbiyada tanaffus bo‘lmaydi» kabi

m a q o l a l a r i   c h o p   e t i l g a n .   O ‘ q u v c h i l a r

bilimidagi bo‘shliqlarni to‘ldirish maqsadida

ishlangan «Ko‘p xonali sonlarni ko‘paytirish

va bo‘lish», «Kelishik qo‘shimchalari»

mavzusidagi dars ishlanmalari tumanda

o m m a l a s h g a n .   2 0 1 4 — 2 0 1 5 -   h a m d a

2015—2016- o‘quv yillarida «O‘quvchilarda

kompetensiyani shakllantirishga yo‘naltirilgan

Davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturi»

bo‘yicha o‘quvchilarda shakllanadigan

tayanch kompetensiyalar yuzasidan tajriba-

tadqiqot ishlarini olib bormoqda.

Ijodkor pedagog ko‘rgazmali qurol yasash, tadbirlarga mos

kiyimlar tikish, qo‘g‘irchoq teatri uchun o‘yinchoq yasashdan

erinmaydi. Uning integratsiyalashgan darslarida o‘quvchilar

mavzuni tez va oson o‘zlashtiradi, fanga qiziqishi oshadi, olgan

bilimlarini kundalik hayotda to‘laqonli qo‘llay olishga o‘rganadi.

Mantiqiy va ijodiy fikrlash, o‘z-o‘zini boshqarish, jamoada o‘zini

tuta bilish qoidalarini egallash ko‘nikmalari shakllanadi.

Integratsiya bir-biriga o‘zaro bog‘langan, yangi, barqaror,

umumlashgan yaxlit g‘oya hosil qilishni nazarda tutib, uning

tarkibiy qismlari obyekt, tushuncha, nazariya va faoliyatga doir,

metodologik, muammoli yoki amaliy bo‘lishi mumkin. Integrativ

materiallar qiziqarli, ilmiy, o‘quvchilar yoshiga mos, sodda,

tushunarli tarzda bayon etilishi, tarixiy, milliy, umuminsoniy

xarakterga ega bo‘lishi zarur.

Murabbiyning fikricha, ta’lim integratsiyasi o‘qituvchining

darsdan ko‘zlangan nafaqat ta’limiy, balki tarbiyaviy,

rivojlantiruvchi maqsadlariga ham bog‘liq. Agar o‘quvchi darsda

o‘zlashtirgan bilimlarini mashg‘ulotdan tashqari, bog‘lab o‘tilgan

muayyan fanlarda ham qo‘llay olsa, integratsiyaning ahamiyati

yaqqol namoyon bo‘ladi. Misol uchun, 2- sinflarda matematika

fanidan «Noma’lum ko‘paytuvchilarni topish» mavzusida berilgan

masalaning mazmunini atrofimizdagi olam faniga bog‘lab,

ma’lum tupdagi ko‘chatni necha qatordan o‘tqazish qoidalarini,

daraxt turlarini tushuntirib o‘tish, o‘qishga qiziqishini oshirish

mumkin. Darsning yangi mavzuni mustahkamlash qismida esa

mehmon kutish odobi orqali noma’lum ko‘paytuvchini topishga

o‘rgatish maqsadga muvofiq. Uydagi taqsimchalarning soni

aniq, bozordan ota-onamiz olib keladigan meva va konfetlar

soni noaniq. Ularni taqsimchalarga teng joylashtirish mehmonga

bo‘lgan hurmatimizning ifodasi. Shu o‘rinda o‘quvchilardan

mevalarning nomi, oila a’zolari, qarindoshlar chet tilida qanday

atalishini yodga olishni so‘rash ham foydadan xoli emas.

D.RO‘ZIQULOV.


15

Darslarda ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish orqali o‘qituvchi

nazariy ma’lumotlar, o‘quv materiallarini zamonaviy usullar vositasida namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Shuningdek, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mustaqil fikr yuritishi, har tomonlama ma’naviy-axloqiy sifatlarini

shakllantirish, o‘zlashtirishida yuqori samaradorlikka erishishni ta’minlaydi. Ta’lim jarayonini interfaol metodlar asosida

tashkil etish pedagogni muloqotga erkin kirishuvi, o‘quvchilar bilan tez til topisha olishi, izlanishi, faoliyatiga ijodiy

yondashishga yordam beradi.

Jarayonni to‘liq tasavvur etish uchun, avvalo, darsning texnologik xaritasini tuzib olaman. Bu menga  vaqtdan

unumli foydalanish, o‘quvchilar bilan oson muloqotga kirishishga ko‘mak beradi. Kichik guruhlarda ishlash

bo‘sh o‘zlashtiruvchiga o‘rganish, iqtidorli

o‘quvchiga esa o‘z bilimini boshqalarga o‘rgatish

imkonini beradi. «Eng yaxshi muxbir» usulidan tashkiliy

qismda foydalanish maqsadga muvofiq. O‘quvchi oynai jahon

orqali ko‘rsatilgan yangiliklarni to‘playdi va darsda e’lon qiladi.

Kimning axboroti serqirra va qiziqarli bo‘lsa, o‘sha o‘quvchi «Eng

yaxshi muxbir» nominatsiyasini oladi. Bu mukofot har bir darsda

o‘z egasini topishi kerak. «Yelpig‘ich» texnologiyasining maqsadi

muammoli xarakterdagi mavzularning turli qirralari bo‘yicha axborot

berish orqali o‘quvchilarda ijodkorlik, erkin fikrlash, muloqot

madaniyatini rivojlantirish, nutq boyligini oshirishdan iborat.

Uyga vazifani har bir o‘quvchidan so‘rashga harakat

qilaman, chunki kichik yoshdagi o‘quvchilardan bir safar

so‘ralmasa yoki uy ishlari baholanmasa, keyingi safar

bajarmay kelish odati kuzatiladi. Uyga vazifalarini so‘rashda

«Alfobingo», «Tushunchalar tahlili», «Blits so‘rov», «Aqliy

hujum», «Domino» kabi metodlardan foydalanaman.

«Do‘stim menga pand bermadimi?» mashqida

o‘quvchilarga savol beraman, ular javobini daftarlariga

yozadilar. So‘ngra daftarlarini boshqa o‘quvchi bilan

almashtiradilar. Javoblarni ko‘rib chiqaman, to‘g‘ri bajarilgan

bo‘lsa, do‘sti pand bermagan, noto‘g‘ri bo‘lsa, pand bergan

bo‘ladi. Bu o‘yin o‘quvchilarga do‘stini xafa qilib qo‘ymaslik

uchun xato qilmaslikka, yaxshi o‘qishga undaydi.

Yangi mavzuni «Sonlar tilsimi» o‘yini bilan boshlashdan oldin

o‘quvchilar amallarni yechib, hosil bo‘lgan natija orqali yangi mavzuning

nomini aniqlaydi: 38-17=21, 45:45=1, 57:3=19, 100-99=1, 123-110=13.

21, 1, 19, 1, 13, «Vatan»  kabi. Bunda tartib bilan joylashgan alifbo

harflarining qaysi raqam ostida ekanligiga qaraladi.  Har bir darsda

yangi mavzuni shu o‘yin orqali aniqlansa, dars qiziqarli o‘tadi, muammoli

vaziyat yaratiladi, matematika darsiga integratsiyalashadi. Yangi

mavzuni tushuntirishda AKT mening eng yaqin yordamchimdir. AKTdan

foydalanish darslarni xilma-xil o‘tish imkonini beradi. Turli chizmalar,

shakllar, slaydlar, multimedia, jadvallar asosida mavzuni

ko‘rsatmalilik asosida bayon etaman. Bu orqali

o‘quvchilarda yaqqol tasavvur shakllanadi. To‘g‘ri

tanlangan dars metodi o‘quvchi shaxsini rivojlantirishga yordam

beradi. Yangi mavzuni tushuntirish jarayonida ham ilg‘or pedagogik

texnologiyalar, videolavha, mavzuga oid rasmlar, multimedialar va

tarqatma materiallardan keng foydalanaman.

«Ballar soati» maketi asosida o‘quvchilarning o‘z-o‘zini baholash

tizimini joriy etganman. Bu soat 5ta raqamdan iborat bo‘lib, uni dars

boshlanishida har bir o‘quvchiga beraman. Ular har bir topshiriqni

to‘g‘ri bajargan o‘quvchi soat milini 1 balldan surib boradi. Dars

oxirida to‘plagan ballar hisoblanadi, partadoshlar bir-biriga nazoratchi

etib qo‘yiladi. Bu metod orqali kichik yoshdanoq o‘z-o‘zini xolisona

baholash, adolatlilik tamoyillari shakllantirilib boriladi. O‘z mehnatidan

faxrlanish hissi keyingi darslarda faollikni oshirish uchun asos bo‘ladi.


16

Bolaning yoshligidan qanday o‘yinchoqlarni

o‘ynashi, qiziqishlariga qarab, kelajakda qaysi

kasb egasi bo‘lishini taxmin qilish mumkin,

deyishadi. Gulnoza Tursunovaning xatti-

harakatlarida onasiga taqlid va havasni

payqagan yaqinlari uning o‘qituvchi

bo‘lishini taxmin qilishar, bu kasbning mashaqqati va sharafi haqida

unga juda ko‘p gapirishardi.

Mana, kuzning quyoshli va nim salqin tongi ham otdi. U hovlisida

ochilgan turfa gullar yuzidagi tonggi shabnam durlariga qarab

biroz muddat o‘ylanib qoldi. Negadir, ana shu gullardan bir quchoq

guldasta tuzgisi keldi. Atrofga muattar iforini taratayotgan ushbu

guldastani tasavvuridagi birinchi o‘qituvchisiga tuhfa etib ham ko‘rdi.

Qizcha hali ancha vaqtli ekanligiga qaramasdan, maktab sari

oshiqar, tezroq ustozini ko‘rgisi kelardi. Onasi bilan Samarqand

shahridagi 21- maktabga yo‘l olgan Gulnozaning his-hayajonini

so‘z bilan tasvirlab bo‘lmasdi. Birinchi qo‘ng‘iroq sadolari ostida

maktab ostonasiga qadam qo‘ygan jajjigina qizaloq qalbida cheksiz

hayajon va birinchi ustozini tezroq ko‘rishga bo‘lgan ishtiyoq olovi

yanada alanga olardi. Maktab formasi, oppoq soch tasmasi esa

uning hayajonini yanada oshirardi.

Sinfga qadam qo‘yishi bilan o‘zidek hayajonga to‘lgan

o‘quvchilar qurshovidagi Munavvar Ismoilovani ko‘rdi. Buni qarangki,

u xuddi tasavvuridagi singari ekan. Ustozining kiygan libosi ham

hanuz kechagidek ko‘z oldida.

Yoshgina ustoz unga yozish va o‘qishni o‘rgatdi, uning shirin

so‘zi, mehribonligi, onalarcha qaynoq tafti sabab jajji Gulnozada

bu kasbga mehr yanada oshdi. Bir kun kelib, ustozi kabi samimiy

muallima bo‘lishni chin dildan orzu qilgandi o‘shanda. U kabi

birinchi taassurotdayoq o‘quvchilar qalb qo‘ridan manguga joy

olishni ko‘ngliga tuggandi.

Universitetni tamomlab kelishi bilanoq, unga birinchi sinfga

tayyorgarlik ko‘rish uchun kelgan bolakaylarni berishadi. Bilimlar

kuniga qadar 10 kun davomida ular bilan birga bo‘lib, maktabga

moslashish jarayonini nazorat qilgan muallimaga dastlab ota-

onalarning ishongisi kelmaydi. Endigina oliy o‘quv yurtini tugatgan,

hali ish tajribasiga ega bo‘lmagan yoshgina kelinchakdan ko‘ra,

ko‘p yillardan buyon bolalar savodini chiqarib kelayotgan ustozlar

farzandlariga ta’lim va tarbiya berishlarini xohlashadi. Ammo

muallima shu o‘n kun ichida o‘quvchilarning mehri, hurmati va

e’tiborini qozonib ulgurgan edi. Ular Gulnoza Tursunovaning sinfida


Download 417.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling