Bosh muharrir Halim saidov
Download 417.52 Kb. Pdf ko'rish
|
o‘qishga ahd qilishgandi. Mana oradan 15 yil o‘tib muallima «Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi» ko‘rik-tanlovining respublika bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Viloyat bosqichida 16 nafar ishtirokchi orasidan aynan uning tanlanishida birinchi ustozining- da hissasi katta. U kabi ustoz bo‘lishga doim intiladigan Gulnoza Tursunova bugun ham o‘quvchilariga ana shunday mehr va e’tiborni kuchaytirsa kuchaytirdiki, aslo kamaytirgani yo‘q. Munavvar ustozining tajribasi va mahoratidan hanuzgacha foydalanib kelayotgan muallima tez-tez uning oldiga faoliyati yuzasidan maslahat olish hamda uning darsida ishtirok etishga boradi. Har safar jonajon maktabiga kirishi bilan 27 yil avvalgi hayajonlari ko‘z oldida gavdalanadi. Ustoz-shogird an’anasiga sodiq ikki avlod vakilasi bolakaylarni birinchi kundanoq samimiy tabassum va o‘zgacha mehr bilan kutib olmoqda. Madina MIRZAQOBILOVA. 17 Birinchi sinfda qo‘liga endigina qalam olib, yozuv malakalarini o‘zlashtirayotgan o‘quvchi to‘rtinchi sinfda ancha tez va xatosiz yozishga o‘rganadi. Chunki ikkinchi va uchinchi sinfda bolaning qo‘li ancha kelishib, imlo qoidalarini o‘zlashtirib oladi. Shu sabab to‘rtinchi sinf o‘quvchilarining yozuvi kattalarga xosligi bilan ajralib turadi. Qiynalmay, erkin yozayotgan o‘quvchining yozuv tezligi ham oshgani sabab fikrlarini tezroq qog‘ozga tushirishga harakat qiladi. Biroq bunday malakaga ega bo‘lishi qiyin o‘quvchilar ham sinfda topiladi-ku! Bu holatda qanday yo‘l tutmoq kerak? Muammoning yechimi nimada? Bahriniso Jo‘rayeva ayni muammoni bartaraf etishda o‘ziga xos tajriba to‘plagan. Chunki bu holatga befarq qaralsa, yozuv tezligi past o‘quvchilar ona tilidan berilgan topshiriqlarni bajarishda orqada qoladi, ayniqsa, bu narsa diktant va yozma ishlarni bajarishda o‘quvchiga ancha qiyinchilik tug‘diradi. Shuningdek, bu jarayon beshinchi sinfda ham o‘quvchi o‘zlashtirishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. — Yozuv tezligi past o‘quvchilar boshqa o‘quvchilarga nisbatan ko‘p kuch va diqqat sarf etib, charchab qoladi, — deydi Bahriniso Jo‘rayeva. — Shunday holat yuzaga kelmasligi uchun birinchi sinfdanoq yozuv darsini ona tili mashqlari bilan bir-biriga bog‘lab o‘tish muhimdir. Vaholanki, ona tili darsida yozuv mashqi uchun ajratilgan 8—10 daqiqadan unumli foydalanish shart. Aks holda, o‘quvchilar ayrim harflarning shaklini buzib yozishga odatlanib qoladi. Bunda o‘quvchilarning yozuvlariga qat’iy talablar qo‘yish bilan birga, ularning daftariga qo‘yilgan pedagogik va gigiyenik talablarni ham unutib qo‘ymaslik kerak. — O‘quvchilar asosan, qanday xatoliklarga yo‘l qo‘yishadi? — Bu sinflarda ayrim noto‘g‘ri yozilgan harflarni tuzatish mashqlarini o‘tkazish lozim. Chunki bu sinf o‘quvchilarining yozuvida quyidagi xatoliklar kuzatiladi: yozuv qiyaligining har xil holatda bo‘lishi, chiziqning ustidan yozmaslik, harflar oralig‘ida haddan tashqari ko‘p joy qoldirish, harflar orasidagi masofaning zichligi, harflarni juda yirik yozish, harflar bilan so‘zlar orasidagi masofani bir xil saqlamaslik, harf elementlarini uchburchak tarzida ifodalash. — Ushbu xatolarni tuzatish uchun qanday o‘yinlar o‘tkazish maqsadga muvofiq? — Orfografik ko‘nikmalar o‘quvchilarda asta-sekin shakllanib boradi. Ular qoidalarni turli xil mashg‘ulotlar: ko‘chirib yozish, mashq ishlash, grammatik va orfografik tahlillar orqali o‘zlashtirib oladi. Ushbu qoidalarni o‘zlashtirishida bolalarning ixtiyoriy diqqatini bir nuqtaga to‘plash talab qilinadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘yinlarni yaxshi ko‘rishi bilan birga, o‘yin orqali ba’zi grammatik orfografik qoidalarni juda tez o‘zlashtirib oladi va uni uzoq vaqt esda saqlab qolishadi. Olaylik, «Kim to‘g‘ri yozadi?», «To‘g‘ri yozdim, yulduz oldim», «O‘yindan o‘yin o‘ylab topish» o‘yinlari orqali to‘g‘ri va chiroyli yozish malakalari tez shakllanadi. Qo‘shimcha yozuv mashg‘ulotlarini o‘tkazish, bunda turli o‘yinlardan foydalanish, o‘quvchilarga mustaqil ravishda kichik matnlarni yozdirish va og‘zaki tarzda yozdirish muhimdir. Keling, shu o‘rinda bir o‘yinning o‘tkazilishini ko‘rib chiqamiz. «Kim to‘g‘ri yozadi?» o‘yini Bu o‘yinni tashkil qilish uchun ma’lum bir orfografik qoidaga mos so‘zlar tanlab olinadi. So‘zlarning yozilishi bo‘yicha orfografik qoida takrorlanib, o‘quvchilar o‘tilgan mavzuni yodga oladi. Har bir grammatik o‘yinni o‘tkazishda o‘qituvchi ma’lum bir qoidani mustahkamlashni nazarda tutadi. Sinf o‘quvchilari ikki guruhga bo‘linadi. Xattaxtaga har bir guruhdan bittadan o‘quvchi chiqariladi. O‘qituvchi avvaldan tayyorlagan so‘zlarni yod aytib yozdiradi. Qolgan o‘yin ishtirokchilari esa mustaqil ravishda daftarlariga yozib boradi. Agar o‘qituvchi tomonidan u va o‘ unlilarining yozilishini mustahkamlash maqsad qilib qo‘yilgan bo‘lsa, shu qoidaga oid bitta so‘zni aytadi, o‘quvchilar xattaxtaga yozib bo‘lgach, qolgan so‘zlarni ham xuddi shunday yod aytish bilan yozdiradi. Tuxum, uzum, do‘stlik, bo‘ron, bo‘ston kabi. Xattaxtaga yozilgan so‘zlar tekshiriladi. Xatoga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, tuzatiladi. So‘zlarni to‘g‘ri yozgan o‘quvchilar har bir so‘z uchun bittadan ball oladi. Kim ko‘p kartochka olsa, o‘sha g‘olib hisoblanadi va rag‘batlantiriladi. N.ABDUSAIDOVA.
18 18 O‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berar ekan, har bir bolaga qalb qo‘rini bag‘ishlaydi. Darsga tayyorgarlik ko‘rish asnosida mavzuga ularning qiziqishidan kelib chiqqan holda yondashadi. Bu, albatta, o‘z samarasini ko‘rsatadi. Izlanuvchan va intiluvchan muallimaning ish tajribasi shahar miqyosida ommalashtirilgan. Shu bilan birga yosh o‘qituvchilarga ustozlik qiladi.
Mahalla-ko‘y e’tiboridagi pedagog «Ostonasi tillo kelinchak» ko‘rik-tanlovida ham g‘olib bo‘lgan. Turmush o‘rtog‘i Zohid Farmonov Bekobod shahridagi «Uzmetkombinat»ga qarashli sport majmuasida erkin kurash bo‘yicha bosh murabbiy bo‘lib ishlaydi. Farzandi Dilshodbek esa poytaxtimizdagi Respublika olimpiya zaxiralari kollejida tahsil oladi. «Sog‘ tanda — sog‘lom aql» maqoli hayotiy shioriga aylangan Mavludaxon dars jarayonida o‘quvchilarning nafaqat ma’nan, balki jismonan sog‘lom va barkamol bo‘lishiga alohida ahamiyat beradi. Chunki jismonan sog‘lom bola darslarni yaxshi o‘zlashtiradi. Mavludaxon Mamatqulova yuksak bilimli va intellektual salohiyatli yosh avlodni voyaga yetkazish yo‘lida darslarida zamonaviy axborot-kommuni- katsiya texnologiyalari va innovatsion uslublardan unumli foydalanadi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, u yaratgan ko‘rgazmali qurollar o‘quvchi- larning fanlarni yaxshi o‘zlash- tirishida qo‘l kelmoqda. Bu bilan mahoratli pedagog ta’lim samara- dorligini oshirishga o‘z hissasini qo‘shib kelayotir. «Mo‘jizalar maydonchasi» deb nomlangan ko‘rgazmali qurol harakatlanishi, sifati, zamonaviyligi, fanlararo bog‘liqligi hakamlar hay’ati tomonidan chuqur tahlil qilindi va yuqori baholandi. Shuningdek, bu ijodiy ishlanmaning yasalishi, unga kerak bo‘lgan materiallar tanlov ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi. Yasalishi: Qalin kartondan 2ta aylana shakli kesib olinadi. Birinchi aylananing diametri 50 sm., ikkinchisiniki (ustki aylana) esa 30 sm.ni tashkil etadi. Ular bir-biriga ketma-ketlikda mah- kamlanadi. Markazga qizil rangdagi strelka aylanadigan qilib o‘rnatiladi. Ushbu ko‘rgazmali quroldan dars mavzusidan kelib chiqib barcha fanlarda foydalanish mumkin. Masalan, ona tili, matematika, o‘qish, tabiat- shunoslik fanlarida guruhlarda va yakka tartibda ishlash mumkin. Rasmlar va tarqatma materiallar mavzuga ko‘ra almashtirib boriladi. O‘quvchilar mo‘jizalar maydonchasi ruletka- sini aylantirganlarida markaz- dagi strelka qaysi tarqatma to‘g‘risiga kelib to‘xtasa, unda berilgan savolga javob beradi. Bu kabi ko‘rgazmalar yorda- mida tashkil etilgan mashqlar o‘quvchilarni mavzuni aniq o‘zlashtirishlariga yordam beradi, ularni ijodkorlikka undaydi. Shahnoza
VOSIQOVA. 19 T a ’ l i m tizimida olib bori- layotgan yangi- liklardan boxabar bo‘lish va ularni fanlarga tatbiq etish, darslarni turli metodlar orqali tashkillashtirish zamonaviy o‘qituvchiga xos xususiyatlardan biridir. Har yili an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan «Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi — 2016» ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi ishtirokchilaridan biri Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanidagi 16- umumta’lim maktabi- ning II toifali boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Odinaxon Umurzoqova ham yangiliklar bilan teng odimlaydigan muallima. Bu borada u axborot texnologiyalarini o‘zining yaqin hamkori va ko‘makchisi deb biladi. Darslarni jonli va qiziqarli o‘tishi uchun elektron darsliklar va multimedia vositalaridan foydalanadi. U 14 yildan buyon har gal yangi darsga tayyorlanar ekan, mavzuning o‘quvchilar ongida muhrlanishi uchun qanday harakat qilishi kerakligi haqida o‘ylaydi. Internet manbalaridan mavzuga oid yangiliklar, qiziqarli metodlar izlaydi, xorijlik hamkasb- larining ish tajribalari bilan tanishadi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, o‘quvchilari ham yangilikka intiladi, uy vazifasini tayyorlashga ijodiy yondashadi. O‘z ishining chinakam asirasiga aylangan muallima izlanishdan charchamaydi. O‘zining tajribasini hamkasblari bilan baham ko‘radi. Bilimlarini ularga ham ilinadi. U qat’iy maqsad yo‘lida harakat qilib, shaxsiy veb-saytini yaratdi. Saytga o‘zining uslubiy tavsiyalari, dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlari, to‘garak ishlanmalari, tadbir ssenariylari, iqtidorli va o‘zlashtirishda muammosi bo‘lgan o‘quvchilar bilan ishlash to‘g‘risidagi tajribalari hamda dars jarayonidan fotolavhalar joylashtirgan. Uning oliy o‘quv yurtlari, xususan, Farg‘ona davlat universiteti hamda Qo‘qon davlat pedagogika instituti o‘qituvchilari bilan hamkorligi borasidagi ishlari ham foydalanuvchilarni befarq qoldirmaydi. Unda pedagog- ning ana shu yo‘nalishdagi tajribasi yoritilgan. Loyiha muallifining bu haqdagi fikriga e’tibor bering: — «Hamkorlik darslari» loyihasi ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda muhim omillardan biri, deb o‘ylayman. U darsdan tashqari tadbir sifatida har oyning so‘nggida, chorak yoki yil yakunida o‘quvchilar bilimi, odob-axloqi, fe’l-atvori va salomatligi tahlil qilinib, ota- onalar hamda o‘quvchilar ishtirokida o‘tkaziladi. Bunda o‘qituvchi va ota-onalar o‘rtasida muntazam aloqa o‘rnatiladi. O‘quvchilar sog‘li- g‘i, ruhiyatidagi o‘zgarishlar doimo nazorat ostida bo‘lishiga erishiladi, ularning yutuq va kamchiliklarini tahlil qilish uchun sharoit yaratiladi. Tabiiyki, bu amal bolada o‘ziga nisbatan ishonch hissini orttiradi, fikrini erkin va ravon bayon etish malakasini rivojlantiradi. O‘quvchilar o‘rtasida rejali kun tartibi va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish orqali ularning salomatligini ta’minlaydi. Xalqimizda «Intilganga tole yor!» naqli bor. Izlanish va intilish yo‘lida bardavom pedagog, albatta, e’tirofga sazovor. Odinaxon Umurzoqova tuman va viloyat miqyosida o‘tkazilgan tanlovlarda o‘z mahorati bilan e’tiborga tushgan. «Yaxshi muallim — sifatli ta’lim», «O‘quv metodik adabiyotlar va ko‘rgazmali qurollar» tanlovlarida faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi. Shuni alohida e’tirof etish kerakki, u joriy o‘quv yilida «Eng yaxshi elektron dars ishlanmasi» tanlovining viloyat bosqichida birinchi o‘ringa munosib deb topildi. O‘qituvchi mahoratining qay darajadaligi o‘quvchilarning muvaffa- qiyati bilan belgilanadi. Mana, uch yildirki, uning o‘quvchilari «Chiroyli yozuv» tanlovining tuman bosqichida birinchilikni bermay kelishmoqda. Bu, albatta, mohir pedagogni yanada yuksak marralarni zabt etishga, ishlash va izlanishga undaydi. Bashorat OTAJONOVA. Izlanuvchan pedagog Surayyo To‘rayeva maktabda «Ota-onalar yig‘ilishi»ni har gal noan’anaviy usulda tashkil etishga intiladi. Ayniqsa, ularning farzandlariga yagona davlat ta’lim standartlari asosida dars berilayotgan bo‘lsa-da, o‘zlashtirish qobiliyati va imkoniyatlari turlicha ekanini ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida tushuntirishga intilishi tahsinga loyiq. Chunki u hozirgi zamon fan va texnika taraqqiyoti o‘qituvchidan milliy va umuminsoniy qadriyatlardan, dunyoviy ilmlardan ham xabardor, ijodkor bo‘lishni, farzand ta’lim- tarbiyasining muhim muammolari yuzasidan teran fikr yuritishni talab qilayotganini chuqur anglaydi. Har bir mashg‘ulotga puxta tayyorgarlik ko‘rib, qo‘shimcha manbalardan foydalanishga odatlangan Surayyo ustoz ota-onalar yig‘ilishlariga ularning yodida saqlanib qolishi uchun puxta tadorik ko‘radi, o‘quvchilari bilan birgalikda kichik sahna ko‘rinishlari tayyorlaydi. Uning «Oila va maktabda farzand tarbiyasi» mavzusida o‘tkazgan yig‘ilishida ham shu jihatlar ko‘zga tashlandi. Tadbir boshlani- shidan avval xattaxta markaziga charaqlab turgan quyosh nurlari aks etgan plakat ilingan. O‘sha plakatdagi oftob nurlari bulutchalar bilan bekitilgan. Xattaxta chetidan qo‘l mehnati yordamida yaratilgan qizil, sariq, moviy ranglardagi gullar va guldon joy olgan. O‘qituvchi bola shaxsining yashirin qirralarini ochish, qiziqishlarini shakllantirish, o‘zimiz qanday ota- ona ekanimizni bilish uchun nima qilish kerak, degan savolni o‘rtaga tashlab, ota-onalarning fikrlarini tingladi. So‘ng o‘quvchilar ijrosida sahna ko‘rinishi namoyish etildi. Unda jajji bolajonlarning biri direktor, boshqasi uning ma’naviy-ma’rifiy hamda o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari, qolganlari esa o‘qituvchi, psixolog va ota-onalar rolida turli vaziyatli dialoglarni jonli muloqot tarzida ijro etdilar. Direktor rolidagi o‘quvchi ota-onalarga farzandi tarbiyasiga qaratayotgan e’tibor to‘g‘risidagi savol bilan murojaat etib, javob olishi barcha uchun qiziqarli va samarali ta’sir ko‘rsatishi tayin. Plakatdagi quyosh nurlarini to‘sib turgan bulutlar olinib, uning ostidagi sehrli so‘zlarga she’rlar bilan badiiy izoh beriladi. Bu so‘zlar «mehr», «muhabbat», «odob», «go‘zallik», «yaxshilik» singari ota- ona o‘z farzandiga o‘rgatishi, berishi lozim bo‘lgan fazilat va xislatlardan iborat. Surayyo To‘rayeva ta’lim berayotgan 1- «D» sinfda 25 nafar o‘quvchi tahsil oladi. Ularning ota-onasi bilan birday til topishish, hamkorlik aloqalarini mustahkamlash oson ish emas, albatta. Bu borada tajribali murabbiy maktabning amaliyotchi psixologi bilan muntazam suhbat olib boradi. Uning ko‘rsatmalariga tayanib, so‘rovnomalar tayyorlaydi. Bunga qo‘shimcha o‘laroq, 7—11 yoshli bolalarning psixofiziologik rivojlanishiga oid ota-ona uchun foydali bo‘lgan ma’lumotlarni ilova tarzida taqdim etadi. O‘qituvchi va ota-onalar farzand tarbiyasi xususida o‘zaro muloqot qilishi, fikr almashishi «Oila-mahalla-ta’lim muassasasi» hamkorligini mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi. Maktabda ular o‘rtasida tashkil etilgan «Aloqa daftari» ana shu maqsadlarga xizmat qiladi. Ushbu daftarga sinf rahbari o‘quvchining xulqi, o‘zlashtirishi haqida yozib yuboradi, ota-ona esa bu boradagi o‘z mulohazalari bilan o‘rtoqlashadi. Bu usul orqali har bir o‘quvchi nazorat qilib boriladi. — Bugun zamonaviy bilimlarni mukammal egallayotgan, mustaqil hayotga dadil odimlar bilan kirib kelayotgan yosh avlod kelajagiga katta umid va ishonch bilan qarash kerak, — deydi jonkuyar pedagog. — Maqsadim yuksak ma’naviyatli, erkin fikrlovchi, barkamol, yetuk shaxslarni tarbiyalash orqali ta’lim samaradorligini oshirish yo‘lida bundan-da ko‘proq ishlash, ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanishda yangicha usullarni qo‘llash hamda farzandlarimizning sifatli ta’lim-tarbiya olishiga o‘z hissamni qo‘shishdan iborat. Dilshod RO‘ZIQULOV. 20
21 Uchquduq tumanidagi 9- maktabda tillarni o‘qitishga bag‘ishlangan viloyat seminari tashkil etildi. Seminar doirasida boshlang‘ich sinflarda o‘qish, ona tili, ingliz tili, rus tili fanlaridan ochiq dars tashkil qilindi. «Kim kuchli?» (A.To‘ktamuratova), «Ma’nosi qarama- qarshi so‘zlar» (Sh.Shadanbayeva), «Let’s play!» (D.Ibragimova), «ßçûê âàæíåéøåå ñðåäñòâî îáùåíèÿ» (A.Baymbetova), «Where are my shorts?» (M.Jamolova) kabi mavzularda darslar o‘tildi. So‘ng Navoiy viloyat XTBning boshlang‘ich ta’lim metodisti Sh.Rahmonova va boshqa metodistlarning seminar haqidagi fikr-mulohazalari tinglandi. Ochiq dars tashkil etgan o‘qituv- chilarning tajribalari viloyat miqyosida ommalashtirishga tavsiya etildi. Seminar so‘ngida «Iqtidor yulduz- lari» klubining iste’dodli a’zolari tomonidan namoyish etilgan musiqiy chiqishlar bar- chaga manzur bo‘ldi. ***
Uchquduq tumanidagi 10- maktabda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining «Bosh- lang‘ich ta’lim davri — bola shaxsi shakllanishida muhim davr» mavzusidagi seminari bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida ma’ruzachi- o‘qituvchilarning «Zamonaviy muallim qiyofasi», «Boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarning ruhiy jihatdan maktabga to‘liq mosla- shishini ta’minlashda o‘qituvchi faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish», «O‘qituvchi va o‘quvchilar orasida do‘stona muhit yaratish», «Boshlang‘ich ta’limda o‘quvchi- larning husnixatini yaxshilash», «O‘quvchilarning o‘qish tezligini oshirish, ularni erkin fikrlashga o‘rgatishda o‘qish darslarini to‘g‘ri tashkil etishning o‘ziga xos jihatlari», «Boshlang‘ich ta’lim o‘quvchilarining ma’naviyatini yanada yuksaltirishda o‘qituvchi oldiga qo‘yiladigan muhim talablar» kabi mavzulardagi chiqishlari pedagoglarni o‘zaro fikr-mulohazaga undadi.
Nasiba BERDIBOYEVA, Navoiy viloyati Uchquduq tumani XTMFMTTEB boshlang‘ich ta’lim metodisti. 22 Media mahsulotlar yordamida dars qiziqarli va maroqli o‘tadi «Mediata’lim» tushunchasining hayotimizga kirib kelishi tajribali o‘qituvchilarga yangilikni amalda qo‘llash orqali darsni samarali tashkil etish imkonini berdi. Ayniqsa, qiziquvchan, rang-baranglikni xush ko‘ruvchi boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga mavzularni tushunti- rayotganda mediamanbalarga murojaat etish ularning diqqatini elektron manbalardan, ham didaktik ko‘rgazmali qurollardan foydalangan holda ishchanligini namoyish etib tashkillashtirishi zarur. Ya’ni 45 daqiqa davomida faqatgina slayd materiallariga murojaat etish o‘quvchini charchatishi bilan birga, tayyor manbadan ma’lumotni o‘zlashtirib olishga o‘rgatadi. Shuning uchun dars oraliqlarida mavzuga chambarchas bog‘liq elektron manbalarni namoyish etgan o‘rganilayotgan mavzuga qaratadi. Bolaning ko‘rish, eshitish, tasavvur imkoniyatlarini bir vaqtning o‘zida faol ishlatishi esa bilim samaradorligini oshiradi. Xo‘sh, boshlang‘ich sinflarda AKTdan foydalanishning ma’lum bir me’yorlari bormi? Yoki bir mavzu bo‘yicha slaydni qo‘yib, 45 daqiqani u orqali o‘tkazsa ham bo‘ladimi? — Darslarni multimedia dasturlari bilan boyitish o‘quvchilar bilim doirasini kengaytiradi. Biroq har bir pedagog axborot tanlash madaniyatiga amal qilishi zarur, — deydi Sergeli tuman XTMFMTTEB boshlang‘ich ta’lim metodisti Shoira Nazarova. — Mavzuga doir materiallarga murojaat etar ekan, o‘qituvchi milliyligimizga zid, tarbiyaviy va g‘oyaviy nomunosib ma’lumotlardan zinhor foydalan- masligi zarur. Aksincha, mavzuga ijodiy yondashib, darslikdan tashqari qo‘shimcha ma’lumotlarni taqdim etish o‘quvchi qiziqishini yanada oshiradi va e’tibori chalg‘ishining oldini oladi. Pedagogik mahorat talablariga ko‘ra, zamonaviy o‘qituvchi bir soatlik darsini ham holda, o‘qituvchi o‘zi doskada ishlab, o‘quvchilarni ham jarayonga jalb etib, faollashtirishi talab etiladi. Misol tariqasida aytadigan bo‘lsak, o‘qish darsidagi matnni audio yozuv orqali eshittirib, bolalarga o‘qitmasdan, qayta hikoya qilishga jalb etish samarali kechmaydi. Demak, dars jarayonida foydalaniladigan mediamahsulotlar maxsus mediata’lim metodlariga javob berishi zarur. Axborot manbaining turi (rasmli-ko‘rgazmali, ovozli-audio, animatsion- multiplikatsion, videorolik) mavzuga qarab tanlanar ekan, sinfdagi amaliy va mustaqil ish bilan bir butunlik hosil qilishi zarur. Shundagina mediadars oddiygina va jo‘ngina holda, monotonli nutq yoki passiv tinglash bilan chegaralangan darsdan ustun va qadrliroq bo‘ladi. Kompyuter — o‘yin o‘ynash uchun emas! Poytaxtimizdagi 5ta maktabning 165 nafar 4- sinf o‘quvchilari o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazdik. «O‘qituvchingiz faqat doskadan foydalanib, dars o‘tishi ma’qulmi yoki teleekran, elektron doska va boshqa texnik vositalardan foydalanib o‘tgani qiziqarlimi?» mazmunidagi savolga javoban, 140 nafar o‘quvchi AKTdan foydalanishni yoqlagan. Ko‘rgazmali plakatlar, tarqatma materiallarni qo‘llab tashkillashtirilgan darslarning ham mazmunli ekanligini aksariyat Download 417.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling