Bosh muharrir Halim saidov


Download 417.52 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana03.08.2017
Hajmi417.52 Kb.
#12675
1   2   3   4   5   6

uchun esa juda-juda

yaxshi o‘qishim kerak!

Qoshlarini kergancha

otasining gaplarini

takrorlab qo‘ydi: «O‘g‘il

bolaning gapi bitta

bo‘ladi!»

Xalq ta’limi a’lochilari,

fidoyi pedagoglar oilasida

tavallud topib, kamolga

yetgan Asqarjonning

qalbida o‘qituvchi bo‘lish

orzusi ana shunday ota-

ona ibrati bilan tug‘ilgan,

nafaqat tug‘ilgan, esini

taniganida bu ishtiyoq

jon-u jahoniga singib

ulgurgan edi. Onasi

Musallam opaning har bir

dars, har bir mavzuga

mos ko‘rgazmali, tarqat-

ma materiallar tayyor-

lashini kiprik qoqmay

kuzatib, ozgina yordami

tegsa zavq-u shavqi

olamga sig‘may sevinadi-

gan erkatoy o‘g‘il maktab

yoshiga yetgunicha

o‘quvchilik «yuki»ni

allaqachon zimmasiga

olgan, shuning uchun

ham u birinchi muallimasi

Malika opa Kamolovaning

a’lochi bolasigina emas,

eng yaqin ko‘makchisi sifatida

ham sinfdoshlariga hamisha

namuna bo‘lardi.

Maktab hayoti bilan qorishib

o‘tgan bolalik, o‘qituvchi

bo‘lishni diliga tugib, birin-ketin

oliy dargohlar eshigini qoqqan

akalari, opasining tinimsiz o‘qish,

izlanishlariga oshno bo‘lgan

o‘spirinlik yillari Asqarjonning

yurak-yuragiga muallim bo‘lish

ahdini muhrlagandiki, u

dunyodagi hech bir kasbni

«Birinchi o‘qituvchi» maqomiga

ko‘tara olmas darajadagi

muhabbat bilan mustaqil hayot

ostonasiga qadam tashladi. Ana

shu hozirlik, shahd-u shijoat  hali  ish

boshlaganiga endigina besh yil bo‘lgan

yigitni «Asqar ustoz», — deya  murg‘ak

qalblar mehr bilan qarshi oladigan,

ishtiyoq bilan saboqlarini o‘rganadigan

martabaga erishtirdi, desak mubolag‘a

bo‘lmas.  Axir, u matematika fanidan

saboq beradigan  to‘rtinchi sinf

o‘quvchilarining o‘zlashtirish darajasi 97—

98 foizni tashkil etishi tug‘ma iste’dod

va katta mas’uliyat bilan qilinayotgan

mehnatlarning mahsuli emasmi?! Shu

o‘rinda muhtaram Yurtboshimizning

«Dunyoda Alloh yuqtirgan ikkita kasb bor:

biri o‘qituvchilik, biri shifokorlik», — deya

bergan ta’riflarini bot-bot xayoldan

o‘tkazasan kishi.

Albatta, eng yaxshi dars — o‘quvchilar

tomonidan samarali o‘zlashtirilgan

saboqdir. Lekin bunga erishish — hali

o‘yinqaroqligi uzoqlashmagan, fikri

tarqoq, bilim egallashning  igna bilan

quduq qazishdek mashaqqatlariga

gohida yelka tutgisi kelmaydigan

bolajonlarni zeriktirmay, horitmay ilm

egallashga ishtiyoqini oshira borishning

o‘zi bo‘larmidi? Tasavvur qilingga,

farzandingizga bir ertakni ikki-uch bor

takror aytib bersangiz «Buni eshitgan-

man!», — deya shoshirib qo‘yadi sizni

ba’zida. Demakki,  o‘ttiz bola qarshisida

lol qolmaslik-chun saboqlarni xilma-xil

usullarda o‘tmoqlik kerak. Har bir dars

yangilik tusini olsa, kichkintoy ko‘nglida

zavq uyg‘onadi! Asqarjon hamisha ana

shu  yo‘lni tutadi. Shu maqsadda ustozlari

darsini hijjalab kuzatadi. Tuman va

shaharlardagi hamkasblari bilan ijodiy

muloqotlar o‘rnatadi.

Bugungi darsi kechagisidan

mukammalroq, maroqliroq bo‘lishiga

harakat qiladi. Ayniqsa, baholash

mezonlariga alohida  e’tibor qaratadiki,

o‘quvchilar o‘rtasida faollikka intilish,

raqobat muhiti yuzaga kelsin. Deylik,

«Oltin toj — sizga muhtoj», — deya  o‘zi

tayyorlab kelgan «Toj»ning stoli ustida

turishi va  dars so‘ngida eng bilimdon,

zukko o‘quvchining boshiga kiygizilishi

ham bolajonlarning «kim o‘zari»ga

fikrlarini jamlab, qiziqish bilan

charchamay mavzularni o‘zlashtirishiga

yordam beradi. Yoki  kamalakning yetti

xil jozibador ranglari qatiga yashiringan

— o‘qituvchining chiroyli imlosida bitilgan

«Intil», «Izlan», «Yaxshi», «Rahmat»,


7

«Barakalla!», «A’lo!», «Ofarin» so‘zlari

sohibi bo‘lish ham kichkintoylarni uy

vazifalarini qoldirmay bajarishga,

daftar kitoblarini toza-ozoda tutishga,

hatto vaqtida dars qilib, vaqtida

ovqatlanish, sport mashg‘ulotlari

bilan shug‘ullanib, maktabga xush

kayfiyat, tetik va sog‘lom kirib

kelishlariga undab turuvchi kuch,

desak, yanglishmaymiz!

Keng va yorug‘ sinf xonasi. Go‘yo

matematikaning sehrli olamiga kirib

qolgandek fanlar shohining alifbosini

o‘qiysiz. Bolajonlarni chalg‘itmay

so‘nggi partadan joy olamiz.

Asqarjon sinfda psixologik muhit

yaratish maqsadida dastlab

o‘quvchilar bilan shiringina

salomlashadi.

Oldingi saboqlardan ozgina

toliqqan chehralar yorishib, hamma

birdek yangi olam sari yuzlanadi.

Doskaga  ilingan «Buyuklar Vatani»

deya nomlangan ko‘rgazmadagi

qadimiy shaharlar «toqi»ga ilingan

chiroqlar birin-ketin pirillab, ulug‘

allomalarimiz yashab o‘tgan hududlar

bo‘ylab sayohat boshlanadi.

E’tiborlisi, ko‘pgina atamalarning

ingliz tilida ham jaranglashi,

ekskursiya «matematik diktant»

shaklida mustahkamlanib borishi

o‘quvchilarning  berilayotgan

bilimlarni oson o‘zlashtirishlariga

zamin yaratadi.

«Geometrik jismlar» mavzusi

o‘tilar ekan, o‘qituvchining

tayyorlagan video-savollari darsga

jonli muloqot ruhini olib kiradi:

doskaga ilingan proyektor ekranida

Navoiy shaharsozlik va loyihalash

institutining direktori Ziyodulla

Xudoyberdiyevning «Assalomu

alaykum mening kichik, qadrli

do‘stlarim, — deya jilmayib savol

berishga chog‘lanishi bilan beixtiyor

o‘quvchilarning butun vujudi

«quloqqa aylanadi» go‘yo. — Albatta,

siz bilimdon, topag‘on bolajonlar

shahrimizda bir-biridan  ajoyib

binolar qad rostlayotganini kuzatib

borayotgan bo‘lsangiz kerak. Bu

inshootlarni loyihalashda ko‘pgina

geometrik jismlardan foydalaniladi.

Xo‘sh, siz hozir ekranda paydo

bo‘ladigan bunday jismlar haqida

qanday ma’lumotga egasiz?

Javobingiz uchun oldindan

minnatdorchilik bildiraman!» O‘g‘il-

qizlar birin-ketin qo‘l ko‘tarib, o‘z

tushunchalarini bayon etishadi.

Ayniqsa, geometrik jismlarni ingliz

tilida ta’riflab berilishi o‘quvchilar

mavzuni mukammal, mazmun-

mohiyatiga yetib o‘zlashtirib

olganliklarini ko‘rsatib turardi.

— Aksariyat hollarda savol

beruvchilardan ikki xil javob yozib

olaman, — deydi Asqarjon. — Agar

o‘quvchilar javobidan  qanoat-

lansam, «Ofarin, barakalla!», — deya

ularning qutlovi ekranda jonlanadi.

Mabodo, izohlarini to‘ldirish kerak

bo‘lsa, yana ekranga murojaat qilib

bu «xizmat»ni  «mehmon»ga

yuklaymiz.

Serg‘ayrat  muallimning bu kabi

ijodiy izlanishlari o‘quvchilari

erishayotgan muvaffaqiyatlarda o‘z

samarasini ko‘rsatayotir. 2012- yili

Diyora Safarova, 2014- yili Munisa

Abdullayeva, 2015- yili Yulduzxon

G‘ulomova, 2016- yili esa Nilufar

Abduraimovalarning «Kichik fan

olimpiadasi»ning viloyat bosqichida

ketma-ket faxrli 1- o‘rinni egallab

kelishayotgani fikrimiz dalilidir.

Asqarjon bolalikda o‘z-o‘ziga

bergan va’dasi «Yaxshi o‘qituvchi

bo‘lish» ahdiga sadoqati bilan

kifoyalanib qolayotgani yo‘q. U ta’bir

joiz bo‘lsa, ta’limning mustahkam

poydevorini qo‘yuvchi birinchi

muallimlarning barcha-barchasi

O‘zbekiston bolalariga mukammal

bilim berishini orzu qiladi va shu

yo‘lda ularga ko‘maklashishga

urinadi. Uning muallifligida 2013- yili

chop etilgan «4- sinflar uchun

matematikadan masalalar to‘plami»,

2014- yil nashrdan chiqqan

matematika fanidan metodik tavsiya,

2014—2015- yillar davomida

hamkasblari qo‘liga yetib borgan

«Boshlang‘ich ta’limga oid slaydlar

to‘plami» va «Tabiatshunoslik

fanidan mavzulashtirilgan rasmlar»

risolalari ana shu ezgu maqsadning

hosilasi sifatida qadrlidir.

— Qo‘shimcha manbalar qatorida

yaratilgan ushbu to‘plamlardan

o‘quvchilarga masalalarni turli

yo‘llarda yechishga, matematik,

geometrik jismlarni qiyoslashga

o‘rgatish, fan olimpiadalariga

tayyorgarlik ko‘rishda foydalanish

pirovard natijada esa fikrlash

doirasini kengaytirishga xizmat

qiladi, — deydi bu xususda gap

borar ekan Asqarjon. —

«Tabiatshunoslik fanidan

mavzulashtirilgan rasmlar»ni olib

qaraydigan bo‘lsak, masalan, «Uy

hayvonlari» mavzusini o‘rganishda

darslikda bir necha turdagi hayvon-

larning rasmi va ular haqida

ma’lumotlar berilgan, xolos. Men

bolalarning tushunchalarini boyitish

maqsadida barcha uy hayvonlarining

rasmini to‘plab, ularga tegishli

xususiyatlarni bayon etishga harakat

qildim. Ayni kunda mp-3 formatida

eshitib, yod olishga mo‘ljallangan

she’riy asarlar to‘plami ustida

ishlayapman. Ushbu manbadan

maktabgacha ta’lim yoshidagi va

ko‘zi ojiz — imkoniyati cheklangan

bolalar ham foydalanishi mumkin.

O‘quvchilar bilan tarbiyaviy

mavzularga yo‘naltirilgan tadbirlar

uyushtirib, ular bilan dildan suhbat-

lashsam, huzur qilaman. Muallimning

har doim kayfiyati yaxshi bo‘lishi

kerak, bunda esa sportning o‘rni

katta — bu jihatni ham nazardan

chetda qoldirmaslikka urinaman.

www.matematik.uz veb-saytini

yaratganman. Unga matematikaga

oid boshlang‘ich tushunchalar,

fanga doir kashfiyotlar,

qiziqarli boshqotir-

malar, ma’lumotlar

onlayn testlarni joylashtirib

boraman. «Bu qiziq»,

«Matematika bekati», «Tan-

lov» singari musobaqalar uyushtirib,

har haftada yakunlab boramiz.

Badiiy adabiyotlar mutolaasi jon-

u dilim.


Asqarjon Azimov bilan

uzoq suhbatlashdim.

Kunining har daqiqa-

sini rejalashtirib,

ustozlarni ko‘ngildan

e’zozlab, kasbiga

sadoqat, katta

hurmat bilan

yondashib mehnat

qilayotgan yosh

o‘qituvchining hazrati

muallimlar safidan

munosib o‘rin topayot-

ganidan juda-juda suyundim.

Zero, maktab inson qalbiga yurtni

fido bo‘lib, yuksak ong-u

tafakkur, aql-u zakovat bilan

sevish tuyg‘usini jo etuvchi

muqaddas ostonadir. Bu

go‘shada boshlang‘ich ta’lim

o‘qituvchilarining hissasi

hamisha ziyoda.

Oybuvi  OCHILOVA,

«Shuhrat» medali

sovrindori.


8

Ïóòü â ïåäàãîãèêó

Áóäóùèé ïåäàãîã ðîäèëàñü 24 îêòÿá-

ðÿ 1978 ãîäà  â íåáîëüøîì ïîñåëêå, ïðî-

âåëà äåòñòâî íà ïðèðîäå, íàó÷èâøèñü

îùóùàòü åäèíåíèå ñ íåé. Â ïåðâûé êëàññ

ïîøëà â øêîëå ¹ 5 ãîðîäà Ó÷êóðãàíà Íà-

ìàíãàíñêîé îáëàñòè, òàê êàê ðîäèòåëè

Äèëüíîçû ïåðååõàëè â ñâÿçè ñî ñìåíîé

ìåñòà ðàáîòû. Ðîäèòåëè — âðà÷è, âîñïè-

òàëè ÷åòâåðûõ äåòåé. Ìëàäøåíüêàÿ èç íèõ

áûëà îñîáåííîé è ïî õàðàêòåðó, è ïî âîñ-

ïðèÿòèþ îêðóæàþùåãî ìèðà. Ìîæåò, ïî-

òîìó Äèëüíîçà áûëà ðàçíîñòîðîííå

ðàçâèòûì ðåáåíêîì: ïîñåùàëà ìóçûêàëüíóþ øêîëó, òåàòðàëü-

íûé êðóæîê, óñïåâàëà è â ñïîðòèâíóþ ñåêöèþ. Ðîäèòåëè

âèäåëè â íåé áóäóùåãî âðà÷à, îäíàêî íåïðèÿçíü ê ìåäè-

öèíñêèì èíñòðóìåíòàì è áîÿçíü êðîâè íàâñåãäà îòäàëèëè

åå îò ìåäèöèíû. Çàòî ëþáîïûòñòâî Äèëüíîçû, îáîñòðåííîå

÷óâñòâî ñïðàâåäëèâîñòè, ëþáîâü ê èñòîðèè ïîíà÷àëó ïîä-

òàëêèâàëè åå ê þðèñïðóäåíöèè, à õîðîøî íàïèñàííûå ñî÷è-

íåíèÿ, îðàòîðñêîå èñêóññòâî è ïåðâûå ìåñòà íà îëèìïèàäàõ

ïî ðóññêîìó ÿçûêó óáåæäàëè åå íàñòàâíèêà Çàêèþ Õàéáóë-

ëîâó â îäíîì — ïóòü Äèëüíîçû äîëæåí ëåæàòü â ïåäàãîãèêó.

Îêîí÷èâ ñ îòëè÷èåì øêîëó, â 1996 ãîäó îíà ïîñòóïèëà â

Òàøêåíòñêèé ãîñóäàðñòâåííûé ïåäàãîãè÷åñêèé óíèâåðñèòåò

èìåíè Íèçàìè. À â 2000 ãîäó, îêîí÷èâ âóç, âåðíóëàñü â

ðîäíîé ãîðîä, â ðîäíóþ øêîëó...

Ó÷èòåëÿ ðàäóøíî ïðèíÿëè íîâîèñïå÷åííîãî ïåäàãîãà â

ñâîè ðÿäû è ïðåâðàòèëèñü äëÿ íåå â îäíî÷àñüå â êîëëåã.

Ñîâñåì ñêîðî â ãîðîäå áûëà îáðàçîâàíà ãîñóäàðñòâåí-

íàÿ ñïåöèàëèçèðîâàííàÿ îáùåîáðàçîâàòåëüíàÿ øêîëà ¹ 34,

êóäà Äèëüíîçó Àáäóëáàñèäîâíó ñðàçó æå ïðèãëàñèëè â êà-

÷åñòâå  ïåðñïåêòèâíîãî ñïåöèàëèñòà, â êîòîðîé îíà óñïåø-

íî òðóäèòñÿ ïî ñåé äåíü. Î ñâîåì óñïåõå â êîíêóðñå è ïåäà-

ãîãè÷åñêîé äåÿòåëüíîñòè îíà ãîâîðèò òàê:

— Î÷åíü ëþáëþ ñâîþ Ðîäèíó, ñâîé íàðîä, áëàãîäàðíà ãëà-

âå ãîñóäàðñòâà çà ïðåäîñòàâëåííûå âîçìîæíîñòè ïîêàçàòü

ñâîþ ðàáîòó. Áëàãîäàðÿ ïîääåðæêå ñâîèõ íàñòàâíèêîâ è êîë-

ëåã, â òîì ÷èñëå ñåìüè, êîòîðûå ñ ðàäîñòüþ âîñïðèíèìàþò

âñå ìîè íà÷èíàíèÿ â ïðîôåññèè, âåðÿò â ìåíÿ è ìîè óñïåõè,

óäàëîñü äîáèòüñÿ òîãî, ÷òî èìåþ ñåãîäíÿ.

Ïàïêà äîñòèæåíèé ó÷èòåëÿ, èëè

Ñâîåîáðàçíàÿ âèçèòíàÿ êàðòî÷êà

Åæåãîäíî â óñëîâèÿ ðåñïóáëèêàíñêîãî êîíêóðñà âíîñÿòñÿ

êîððåêòèâû è íîâøåñòâà ñ öåëüþ îáåñïå÷èòü ïðîçðà÷íîñòü â

ñèñòåìå îöåíèâàíèÿ ïóòåì äåòàëüíîãî ðàñêðûòèÿ êðèòåðèåâ

îöåíêè, æåëàíèå âñåñòîðîííå ðàñêðûòü ïåäàãîãè÷åñêèé ïîðò-

ðåò è ìàñòåðñòâî ó÷èòåëÿ.  ýòîì ãîäó â óñëîâèÿõ êîíêóðñà

çíà÷èëîñü ïåäàãîãè÷åñêîå ïîðòôîëèî. Íàøåé ó÷àñòíèöå, çà-

íÿâøåé ïðèçîâîå ìåñòî, óäàëîñü íàèáîëåå ïîëíî ïîäãîòîâèòü

åãî è îõâàòèòü âñå àñïåêòû äåÿòåëüíîñòè.

Ïðåæäå ÷åì ïåðåéòè ê åãî ïîäðîáíîìó èçó÷åíèþ, îïðåäå-

ëèìñÿ ñî çíà÷åíèåì òåðìèíà.  ïåðåâîäå ñ èòàëüÿíñêîãî ÿçû-

êà ñëîâî «ïîðòôîëèî» îçíà÷àåò «ïàïêà ñ äîêóìåíòàìè» èëè

«ïàïêà ñïåöèàëèñòà».



9

 øèðîêîì ñìûñëå ïîðòôîëèî — ýòî óïîðÿäî÷åí-

íûé, ãðàìîòíî îôîðìëåííûé íàáîð äîñòèæåíèé äå-

ëîâîé ëè÷íîñòè, çàíÿòîé â ëþáîé ñôåðå äåÿòåëüíîñ-

òè.

— Â ïîñëåäíåå âðåìÿ ïðîôåññèîíàëüíîìó ïîðò-



ôîëèî ñïåöèàëèñòà óäåëÿþò ïðèñòàëüíîå âíèìàíèå,

òàê êàê îíî ÿâëÿåòñÿ îòðàæåíèåì åãî èìèäæà íàðÿäó

ñ ðåçþìå è ðåêîìåíäàòåëüíûìè ïèñüìàìè, — ãîâî-

ðèò îäíà èç ÷ëåíîâ æþðè Ãóëüøàí Êàðèìîâà, ðóêî-

âîäèòåëü îòäåëà ïî âíåäðåíèþ ïåðåäîâûõ ïåäàãîãè-

÷åñêèõ òåõíîëîãèé è îïûòà Áóõàðñêîãî îáëàñòíîãî

èíñòèòóòà ïåðåïîäãîòîâêè è ïîâûøåíèÿ êâàëèôèêà-

öèè ðàáîòíèêîâ íàðîäíîãî îáðàçîâàíèÿ. — Ïîðòôî-

ëèî — ñâîåîáðàçíàÿ âèçèòíàÿ êàðòî÷êà, õàðàêòåðè-

çóþùàÿ ïðîôåññèîíàëüíóþ äåÿòåëüíîñòü ó÷èòåëÿ ñ

òî÷êè çðåíèÿ èíôîðìàöèîííîé è ïðîôåññèîíàëüíîé

êóëüòóðû, îòðàæàþùàÿ ïðèíöèïû è ìåòîäèêó ðàáîòû

ñ ó÷àùèìèñÿ, ëè÷íûå àêöåíòû, ëîãè÷íîñòü è óìåíèå

ñèñòåìàòèçèðîâàòü, îáîáùàòü íàêîïëåííûé îïûò.

Óäà÷íî ïîäîáðàííûé äèçàéí ïîðòôîëèî îáëåã÷à-

åò âîñïðèÿòèå ìàòåðèàëà, ïîçâîëÿåò ðàñêðûòü èçþ-

ìèíêó ó÷èòåëÿ. Êàê ïðàâèëî, òèòóëüíûé ëèñò ñîäåð-

æèò â ñåáå êðàòêîå èçðå÷åíèå âåëèêîãî äåÿòåëÿ, ïîä-

÷åðêèâàþùåå îñîáåííîñòè ïåäàãîãè÷åñêîé äåÿòåëü-

íîñòè ó÷èòåëÿ. Çäåñü æå óìåñòíî ðàçìåñòèòü íåáîëü-

øîå âñòóïëåíèå, ñîäåðæàùåå â ñåáå öåëè è çàäà÷è

ïðåäñòàâëÿåìîãî îïûòà ðàáîòû. À íà ñëåäóþùåì ëè-

ñòå — ñîäåðæàíèå ïîðòôîëèî ïî ðàçäåëàì èëè áëî-

êàì. Íà êîíêóðñå ïîðòôîëèî Äèëüíîçû ßêóáîâîé ñî-

äåðæàëî â ñåáå ñëåäóþùèå ðàçäåëû: «Îáùèå ñâå-

äåíèÿ», «Ðåçóëüòàòû ïåäàãîãè÷åñêîé äåÿòåëüíîñòè»,

«Ñàìîîáðàçîâàíèå ó÷èòåëÿ», «Âíåóðî÷íàÿ äåÿòåëü-

íîñòü», «Âíåêëàññíàÿ äåÿòåëüíîñòü», «Íàó÷íî-ìåòî-

äè÷åñêàÿ ðàáîòà». Áëàãîäàðÿ ýòèì ñîñòàâëÿþùèì

ïîðòôîëèî ñîáèðàåòñÿ â ïîëíîöåííóþ êàðòèíó.

Íà êîíêóðñ áûëî ïðåäñòàâëåíî íå îáû÷íîå, à ïîð-

òôîëèî â âèäå ýëåêòðîííîãî ðåñóðñà â ïðîñòðàí-

ñòâå Èíòåðíåò, öåëü êîòîðîãî ñîçâó÷íà áóìàæíîìó.

Ðàññìîòðèì áîëåå ïîäðîáíî êàæäûé èç ðàçäå-

ëîâ.

«Îáùèå ñâåäåíèÿ» — ô.è.î., îáðàçîâàíèå, ñïå-



öèàëüíîñòü, êâàëèôèêàöèÿ, ñòàæ ïåäàãîãè÷åñêîé ðà-

áîòû, çàíèìàåìàÿ äîëæíîñòü, ïðåäìåòû, ïðåïîäà-

âàåìûå ó÷èòåëåì, ïåäàãîãè÷åñêàÿ íàãðóçêà, ÷òî ñî-

ïðîâîæäàåòñÿ ñîîòâåòñòâóþùèìè äîêóìåíòàìè.

«Ðåçóëüòàòû ïåäàãîãè÷åñêîé äåÿòåëüíîñòè» — ãðà-

ìîòû, áëàãîäàðíîñòè, íàãðàäû, ðàñïðîñòðàíåíèå ïå-

äàãîãè÷åñêîãî îïûòà, à òàêæå ðåøåíèå êîíêðåòíîé

ïðîáëåìû, ðåçóëüòàò êîòîðîé óñïåøåí.

«Ñàìîîáðàçîâàíèå ó÷èòåëÿ» — ó÷àñòèå íà êóðñàõ

ïîâûøåíèÿ êâàëèôèêàöèè, â êîíôåðåíöèÿõ, «êðóã-

ëûõ ñòîëàõ», ñåìèíàðàõ, à òàêæå ðàáîòû, ïðåäñòàâ-

ëåííûå íà íèõ.

«Âíåóðî÷íàÿ äåÿòåëüíîñòü» ïîäðàçóìåâàåò ðàç-

âèòèå ðåáåíêà, êîòîðîå âîçìîæíî ïðîäîëæèòü â

êðóæêîâîé äåÿòåëüíîñòè, ïîýòîìó â ýòîì áëîêå ïðåä-

ñòàâëåíà ìåòîäèêà ðàáîòû ñ ó÷åíèêàìè â êðóæêàõ.

Ïåäàãîã âåäåò 2 êðóæêà: «Þíûé ìàòåìàòèê» è êðó-

æîê ïî ðàçâèòèþ ðå÷è. Çäåñü íåîáõîäèìî îáðàòèòü

âíèìàíèå, ÷òî çàíÿòèÿ ïðîâîäÿòñÿ íå â êà÷åñòâå

äîïîëíèòåëüíûõ ê óðîêàì, à â èãðîâîé ôîðìå, íà

îñíîâå ìàòåðèàëà, ïðèçâàííîãî ðàçâèòü ÇÓÍ ó÷à-

ùèõñÿ, îñîáåííî òå, ÷òî ïðèãîäÿòñÿ èì â ïîâñåä-

íåâíîé æèçíè.

«Âíåêëàññíàÿ äåÿòåëüíîñòü» õàðàêòåðèçóåòñÿ âîñ-

ïèòàòåëüíûì àñïåêòîì, ïîýòîìó â ýòîì áëîêå ïåäà-

ãîã ïðåäñòàâèëà ñåáÿ êàê êëàññíûé ðóêîâîäèòåëü,

ïîêàçàâ îáðàçöîâûå ðàçðàáîòêè ñöåíàðèåâ âíå-

êëàññíûõ ìåðîïðèÿòèé, ïðîåêòû ñ èñïîëüçîâàíèåì

ÒÑÎ, ïðîãðàììû  êðóæêîâ, ôàêóëüòàòèâîâ, òåìû êîí-

êóðñîâ, ýêñêóðñèîííóþ ðàáîòó.

«Íàó÷íî-ìåòîäè÷åñêàÿ ðàáîòà» — ó÷àñòèå â ìåòî-

äè÷åñêîì îáúåäèíåíèè ó÷åáíîãî çàâåäåíèÿ, ïëàíû

è ðàçðàáîòêè óðîêîâ, èõ àíàëèç, ðàçðàáîòàííûå ó÷è-

òåëåì òåñòû, êîíòðîëüíûå, ïðåçåíòàöèè ê óðîêàì, â

òîì ÷èñëå îïóáëèêîâàííûå è íà ïåðñîíàëüíîì ñàéòå

ó÷èòåëÿ.


Êà÷åñòâî ïðåäñòàâëåííîãî ïîðòôîëèî íà ðåñïóá-

ëèêàíñêîì êîíêóðñå «Ëó÷øèé ó÷èòåëü-ïðåäìåòíèê

ãîäà» îïðåäåëÿëî, ïðîéäåò ëè ó÷àñòíèê â ñëåäóþ-

ùèé ýòàï. Ïîýòîìó âàæíî, ÷òîáû îíî áûëî ïðîäó-

ìàííûì è ìàêñèìàëüíî îòðàæàëî äèíàìèêó ðîñòà

ïðîôåññèîíàëèçìà ó÷èòåëÿ, óðîâåíü åãî ïîäãîòîâ-

ëåííîñòè, àêòèâíîñòü è òâîð÷åñêèé ïîòåíöèàë â óðî÷-

íîé è âíåóðî÷íîé ðàáîòå, à òàêæå ñïîñîáíîñòü ðå-

øàòü çàäà÷è â ñâîåé ïðàêòè÷åñêîé äåÿòåëüíîñòè.

Ãóëüìèðà ÊÀÌÈËÎÂÀ,

îòëè÷íèê íàðîäíîãî îáðàçîâàíèÿ.


10

Pedagogik faoliyat, avvalo, ijodkorlikdir. Shunday

ekan, muallim bolajonlarga sidqidildan ta’lim-tarbiya

berish, ularning kelgusida har tomonlama barkamol

avlod bo‘lib yetishishlari uchun bor bilimi, kuch-g‘ayratini

safarbar etish, sohada hech kim qilmagan yangiliklarni,

islohotlarni amalga oshirish istagi bilan yashaydi. Bunday

kishilar hayotda kamchilik va muammolarga ko‘nikib

10

yashay olmaydilar, aksincha, tezkorlik bilan ularga yechim



topishga kirishadilar. Buxoro shahridagi 17- maktabning

boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Dilrabo Ismatova ana

shunday ijodkor pedagoglardan. Kamtarinligi va

shirinso‘zligi bilan hamkasblarining  hurmati va ko‘plab

o‘quvchilarining  mehrini qozongan muallima hozirda

o‘qituvchilar duch kelayotgan dolzarb muammolardan

biri, sinfdan tashqari o‘qish darslarini tashkil etishda

samarali tajribaga ega.

— Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, boshlang‘ich sinf

o‘qituvchilari maxsus metodik ko‘rsatmalarning yo‘qligi

tufayli sinfdan tashqari o‘qish mashg‘ulotlarini

o‘tkazishda qator qiyinchiliklarga duch kelmoqda,

— deydi o‘qituvchi. — Har bir pedagog mavzular

ro‘yxatini tuzishi, bo‘lim va mavzularga oid, bolalar yoshiga

mos, tarbiyaviy ahamiyatga ega, ularning dunyoqarashi,

fikrlash doirasini kengaytiradigan she’r, hikoya va ertaklarni

izlab topishi, tanlashi kerak. Bunda u, albatta, o‘z ijodkorligini

namoyish etadi. Biroq u badiiy asarni topgan taqdirda ham,

mashg‘ulot davomida o‘qib berishi va qayta hikoya qilishi

orqali o‘quvchilarning uni yaxshi eslab qolib,

o‘zlashtirishlariga erishishi qiyin. Chunki o‘qituvchi ham

matnni aynan qayta hikoya qilib berolmasligi mumkin. Bu

jarayonda o‘quvchilar duch keladigan muammo qo‘llarida

asar matnining yo‘qligi. O‘quvchilarga badiiy asarni,

masalan, she’rni daftarlariga yozdirish esa ancha vaqt

oladi. Ushbu muammoni o‘rganib chiqib,

boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining shu sohadagi

qiyinchiliklarini yengillatish maqsadida qulay va

samarali usulni topishga harakat qildim. Masalan,

4- sinf uchun sinfdan tashqari o‘qish darslari 17 dars

soatiga mo‘ljallangan. Ana shu 17 dars soati uchun «Ish

daftari»ni tashkil etib, reja tuzdim va unda nafaqat

mavzularni, badiiy asarlarni, balki asar mazmuni yuzasidan

ishlarda foydalaniladigan metod va usullar, kutiladigan

natijalarni ham ko‘rsatib o‘tdim.

T/r


1

O‘tila-


digan

mavzular


«

Ovchi va


qushcha»

(hikoya).

Mavzuning

g‘oyaviy-tematik

yo‘nalishi

Asar mutolaasi orqali

«So‘nggi pushaymon

o‘zingga dushman»

maqoli mazmunini

anglash, o‘z shaxsiy

fikriga ega bo‘lish.

Mavzuni


o‘quvchiga

yetkazishda

qo‘llaniladigan

metodlar


Sinkveyn, klasster,

suxandon.

Kutiladi-

gan natija

Rivoyatni

ravon


so‘zlashni

o‘rganadi.

Boshqa mavzular ham yuqoridagi kabi asoslanadi.

Ota-onalarni o‘quvchilar uchun badiiy adabiyotlarni

tanlashda hamkorlikka chaqirdim, takliflarni

birgalikda muhokama qilib, tanlangan asarlardan

nusxalarni olib kelishdi. Hozirda AKTdan

foydalanish uchun imkoniyatlar keng, shu

tufayli, har darsda sinfimdagi o‘quvchilar

uchun o‘tilajak mavzudan ish daftarini

tarqataman. Unda mavzu yuzasidan amaliy ishlarni

bajaramiz. O‘quv yili boshidanoq o‘quvchilarga

ish daftarini ehtiyot qilish, barcha topshiriqlarni

saranjom bajarishlari lozimligi aytiladi. Ish daftari

uchun ham mavzu yuzasidan bajariladigan mashqlar,

metodlarni printerdan chiqarib, unga yopishtiramiz. Bundan

tashqari, o‘quvchilar unda lug‘at ishini bajarishadi, hikoyalar

yuzasidan rasmlar chizadi, ularni ijodkorlikka chorlab, asar

yuzasidan savollar tuzishlarini aytaman. Ba’zi o‘quvchilarim

hatto rebuslar, krossvordlar, boshqotirmalar tayyorlab kelishadi.

Ish daftari o‘quvchilarning fayl papkalariga taxlanadi va yil

oxiriga borib, o‘ziga xos «kutubxona»cha hosil bo‘ladi.

Ishni shu tariqa tashkil etish natijasida, birinchidan,

o‘quvchilarning o‘qishga ishtiyoqi oshishiga, kitobga, mutolaaga

mehr qo‘yishiga, ijodiy qobiliyatlari, ijodiy tasavvurlarini namoyish

etishlariga erishdik, ikkinchidan esa, ular uylarida ham fayl

papkalari va ish daftarlarini olib, oila a’zolariga asarlarni qayta

hikoya qilishayotgani, ular bilan asarlarni muhokama qilib, o‘zlari

avval bajargan topshiriqlarni bobo-buvilari-yu, aka-singillariga

berayotganlarini ota-onalar e’tirof etishdi. Bu sinfim bilan kichik

bo‘lsa-da, umumiy yutug‘imiz, deb o‘ylayman.

SH.ABDULAHATOVA  yozib oldi.


Download 417.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling