Bosh muharrir Halim saidov
Download 417.52 Kb. Pdf ko'rish
|
respondentlar ta’kidlashdi. Ko‘rinadiki, bugungi kun o‘qituvchisi AKTdan foydalangan holda dars o‘tishi uchun, avvalo, mediasavod- xonligi yuqori bo‘lishi lozim. Albatta, bu yo‘nalishda olib borilayotgan islohotlar pedagoglarning AKT bo‘yicha kompetensiyalari yuqori bo‘lishiga asos bo‘ladi. — Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari umumiy 144 soatlik(qo‘shimcha darslar bilan birgalikda 188,5 soat) o‘quv kursi davomida 20 soat AKT bo‘yicha darslarda ishtirok etishadi, — deydi Toshkent shahar xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti katta o‘qituvchisi Ma’mura Yo‘ldosheva. — AKT darslari ikkita — umumkasbiy (8 soat) va mutaxassislik(12 soat) yo‘nalishida olib boriladi. Umum- kasbiy darslarda tinglovchilarning texnologik savodxonligi keng qamrovli rivojlantirilsa, mutaxassislik soatlarida AKTni aynan jarayonda qo‘llash malakalari rivojlantiriladi. Ya’ni amaliy ravishda slayd va videodarslar tayyorlash, virtual kutubxonadan foydalanib, mavzuga doir ma’lumotlardan samarali foydalanish kabi jarayonda faol ishtirok etishadi. Ko‘rinadiki, o‘qituvchining elektron vositalardan samarali
23 foydalanish malakasi ortgani sari uning ishi yengillashadi, zamonaviy o‘qituvchi imijiga mos ravishda namunali darslar tashkillashtiradi. Umumiy ravishda oladigan bo‘lsak, bunday darslar pedagog uchun ham, o‘quvchi uchun ham ijobiy manfaat keltirishiga erishish zarur. O‘qituvchi uchun foydasi: Malaka oshirish kursida bilimlari boyigan o‘qituvchilar AKT vositasida darsga tayyorgarlik jarayonidagi mashaqqatlarni osonlikcha yengadi. Ko‘rgazmali qurol yetishmasligi muammosidan aziyat chekmaydi. Darslikdan tashqari ma’lumotlarni tez topadi va o‘quvchilarga havola etadi. Qo‘shimcha topshiriqlarga o‘quvchi- larni jalb etish imkoniga ega bo‘ladi. O‘quvchi uchun foydasi: Ta’lim materialini virtual kuzatadi. Bu orqali tasavvurlari jonlanib, tushunchalari mustahkamlanadi. Testlar, nazorat, mustaqil ishlar savollariga javoblarni tezkor topshirish, mas’uliyat va vaqt oralig‘idagi mo‘ljalni ololadi. O‘z uylaridagi kompyuterdan faqat o‘yin maqsadida emas, darslarni tayyorlash, mavzuga doir qiziqarli ma’lumotlarni izlab topish maqsadida foydalanish mumkin degan to‘g‘ri qarash shakllanadi. Elektron kitobxonlik darajasi oshadi. Salbiy axborotga nisbatan immunitet shakllansin! O‘quvchilarni telefon va kompyuterga tobe bo‘lib qolishdan asrash uchun boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi qanday amal qo‘llagani ma’qul?
— O‘quvchilarimning qo‘l telefoni va kompyuterga bog‘lanib qolishining oldini olish uchun hozirdan tushuntirish ishlarini olib borayapman, — deydi poytax- timizdagi 6- IDUM 4- sinf o‘qituvchisi Rohila Asrayeva. — Yangi o‘quv yilidan yuqori sinfda o‘qishni boshlagan bolalar hozirda ota-onasi nazoratida maktabga kelib- ketayotgan bo‘lsa, sentabrdan mustaqil ravishda qatnaydi. Maktab hududida «O‘quvchilarning odob- axloq qoidalari»ga amal qilib, oddiy rusumdagi telefon ishlatishi va dars paytida ovozsiz tizimga o‘tkazilishini nazorat qilamiz. Biroq yuqori sinfga o‘tgandan keyin internet klublarida va anroid, smartfon telefonlaridagi vahshiyona va g‘oyaviy og‘ishgan o‘yin hamda ma’lumotlardan himoyalanishi uchun, boshlang‘ich sinfdanoq pedagoglar «bu bizning muam- momiz emas» demas- dan tushuntirish ishlarini olib b o r i s h i m i z kerak. Quyi Foydali jihatlari: Matn terish, chet tillarni o‘rganish, shaxmat-shashka kabi o‘yinlarni o‘ynab, zukkolikni oshirish, aqlni charxlash, kerakli ma’lumotlarni internetdan izlab topib, bilimlarni boyitish mumkin. Zararli tomonlari: Kompyuter va telefonda soatlab o‘yin o‘ynash oqibatida ko‘z va bosh miya zo‘riqadi. Ruhiy jihatdan asabiylashish, jizzakilik, odamovilik, jonli nutqning yo‘qolib borishi, atrofdagilarga beparvolik, doimiy tushkunlik kuzatiladi. Bilim olishga qiziqish susayib, eng qimmatli vaqtni virtual o‘yinlarga sarflaydi. Keltirilgan ma’lumotlar ko‘rgazmali tarzda o‘quvchilarga havola etilsa, ular fikrlaydi, xulosa qiladi va aqlli texnikalardan foydalanish jarayonida oltin o‘rtaliq — me’yorni saqlash, «bolalar 20 daqiqadan ziyod telefon va kompyuterlar qarshisida o‘tirishi mumkin emas» degan qoidaga amal qilishga urinadi. Xullas, ularda texnik qurilmalardan foydalanish madaniyati, shaxs kamolotiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi axborotlar ta’siriga tushib qolishdan asrovchi immunitet shakllanadi. N.MAHKAMOVA. sinf o‘quvchisiga aqlli texnikalarning zarari haqida quruq gapiraver- gandan foyda yo‘q. Negaki, ana shu aqlli texnika ichidagi o‘yin va videotasvirlar olami bola uchun qiziq hisoblanadi. Bolalarning o‘sish davridagi texnika vositalaridan chiqayotgan nur va uning tana a’zolariga salbiy ta’sirini aks ettirgan ijtimoiy rolikni namoyish etganimda, o‘quvchilarimda shaxsiy xulosalar paydo bo‘ldi. Ushbu tajribaga ko‘ra, o‘nga yaqin sichqonlar qamalgan qafasga uchta uyali telefon(bittasi vibratsiya tizimiga o‘tkazilgan) solib qo‘yilgan. Navbati bilan ushbu apparatlarga qo‘ng‘iroq qilinavergach, to‘rtta sichqon komaga tushib, o‘lim holatigacha bordi. Bunday tasvirlarni ko‘rgan bolalar telefon va kompyuter o‘yinlari ta’sirida insonning xotirasi, immuniteti, suyaklar rivojlanishi zararlanishini bilib olishdi. Nurlanish va kuchli animatsiyali o‘yinlar oqibatida esa bolaning ruhiy to‘siqlarga uchrashi, jizzaki, odamovi bo‘lib qolishini ham shu kabi misollar vositasida pedagog tushuntirish uchun sinfni ikki guruhga bo‘lib, telefon o‘yinlarini «Oqlovchilar» va «Qoralovchilar»ga ajratib munozara tashkil etdim. Ikki guruhga alohida markerli doska berildi va o‘quvchilar foydali hamda zararli jihatlarini yozib chiqishdi. Taqdimot jarayonida asoslangan fikrlargina qoldirildi. Munozara so‘ngida barcha birdek telefon va kompyuter vositalaridan faqatgina yaxshi maqsadlar — xushxabarlarni almashish, tezkor axborotga ega bo‘lish, taraqqiyotga hissa qo‘sha- digan ixtirolar yaratish, vaqtdan samarali foydalanish kabi ezgu maqsadlarda ishlatish foydali degan to‘xtamga kelishdi. 1—4- sinflarda «O‘qish» va «Atrofimizdagi olam» darsliklarida kompyuter texnologiyalariga doir mavzular berilgan. Ushbu mavzularni o‘tishda ham kompyuter o‘yinlarining foydali va zararli jihatlarini darslikda berilgan ma’lumotlarga qo‘shimcha tarzda t u s h u n t i r i s h muhim.
Zamonaviy o‘qituvchining maqsadi o‘quvchilarni har tomonlama yetuk va barkamol etib tarbiyalashdan iborat. Yurtimiz ertasi — o‘g‘il-qizlarning og‘zaki nutqi ravon, tafakkuri boy va dunyoqarashi keng bo‘lishiga jiddiy ahamiyat qaratish dolzarb vazifadir. Har bir pedagog fanlarda turli metod va usullarni qo‘llashda bolalar nutqi rivojlanishini ham e’tiborga oladi. Men dars jarayonida xalq og‘zaki ijodi namunalaridan unumli foydalanaman. Maqol, topishmoq va tez aytishlar o‘quvchilarni fanga qiziqtirib, bilimini oshirishga xizmat qiladi. Maqollar — xalq og‘zaki ijodining kichik hajmli janridir. Ularni mavzu ko‘lamiga qarab deyarli barcha fanlarda qo‘llash mumkin. Masalan, matematika darslarida raqamlar ishtirok etgan maqollardan foydalanish, masalalar mazmuniga mos maqollar topish, dam olish daqiqalarida raqamlar ishtirok etgan maqollarni rebuslar asosida yechish o‘quvchilarning aqliy qobiliyatini oshirishga yordam beradi. Masalan, «Bir yigitga qirq hunar oz», «Yetti o‘lchab, bir kes», «Bilagi zo‘r birni yiqar, bilimi zo‘r — mingni», «Sanamay sakkiz dema». Tabiatshunoslik va odobnoma darslarida ham mavzularga mos maqollar kiritish, maqollardagi so‘zlardan foydalanib krossvord yechish, fasllar haqidagi maqollardan foydalanaman: Yer haydasang kuz hayda, kuz haydamasang yuz hayda, Daryo suvini bahor toshirar, inson qadrini mehnat oshirar. Ona tili darslarida esa husnixat daqiqalarida o‘quvchilarga maqollar berish mumkin. Shuningdek, topishmoqlardan foydalanish darsning yanada qiziqarli va mazmunli bo‘lishini ta’minlaydi. Topishmoq — xalq og‘zaki ijodining o‘yin turlaridan biri. Topishmoqda topilishi kerak bo‘lgan narsa, hodisalar o‘xshatmalar orqali beriladi. Shu o‘xshatmalardan foydalanib topishmoq javobini topish mumkin. Topishmoqlarning yana bir muhim tomoni shundaki, ular bolalar xotirasini mustahkamlab, topqirlikka o‘rgatadi hamda zehnini oshiradi. 1- sinfda matematika fanidan sakkiz sonini o‘tishda quyidagi topishmoqdan foydalanish mumkin: To‘qqizdir mening akam, Yetti soni mendan kam. Qani, ayting, topqirlar, Men qanday sirli sonman? (Sakkiz). Geometrik shakllar mavzusi bilan tanishtirishda esa so‘zlarida shakllar nomi ifodalangan topishmoqlardan foydalanilsa, o‘quvchilar o‘rganila- yotgan mavzuni tez o‘zlashtiradi. Bunga quyidagi topishmoqni misol sifatida keltirish mumkin. Yumaloq, uyi dala, Har yog‘i tikan, nina. Ninalar mato tikmay — Xavfdan qilar himoya. (Tipratikan). Shuningdek, geometrik figuralar nomini ham berkitish mumkin: — Bolalar, g‘ildirak, Tinimsiz aylanar. U qanday shaklda? — Men topdim: ... ! (Aylana). O‘qish darslarida yangi mavzu nomi biror topishmoq javobiga mos kelishi mumkin. Masalan, 1- sinfda berilgan «Kapalak» mavzusini o‘tmoqchimiz. Javobi kapalak bo‘lgan topishmoq aytamiz, o‘quvchilar esa yangi mavzuni topadi. — Guldan gulga uchadi, Qanotlari kamalak. Dala-bog‘ni quchadi, — Nomin topdim — .... (Kapalak). Tez aytishlar o‘quvchilarning ravon so‘zlashiga yordam beradi. Bu usulni barcha fanlarda qo‘llash mumkin. Masalan, tasviriy san’at darsida o‘quvchilarning ranglarni ajratishdagi ko‘nikma va malakalarini, ranglarga oid bilimlarini mustahkam- lashda quyidagi tez aytishdan foydalanish mumkin: Yalang yaylovdagi yam-yashil yalpizlarning yashilligi yaltirar. Oq choynakka ko‘k qopqoq, ko‘k choynakka oq qopqoq. O‘quvchilarning bilimini oshirishda xalq og‘zaki ijodining boshqa turlaridan ham foydalanish mumkin. Nilufar MAHAMMEDOVA, Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi 12- umumta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi. 24
Yoshlar tarbiyasida kitoblarning o‘rni beqiyos. Ko‘p kitob o‘qigan bola tafakkur dunyosi keng, fikrlari teran, milliy qadriyatlar va an’analarni hurmat qiladigan, jamiyat rivojlanishi bilan hamfikr bo‘ladigan komil inson bo‘ladi. Bolada kitobxonlik madaniyati axborot-resurs markaziga kelguniga qadar shakllangan bo‘lishi kerak. Bu ishda asosiy mas’uliyat ota- onaning zimmasidadir. Aynan ularning bola yoshligidan (3—4 yoshidan) unga kitob o‘qib berishlari, birgalikda suratlarni tomosha qilib, ertak va hikoyalarni muhokama qilishlari kitobxonlik xarakterini shakllantirishda mustahkam poydevor bo‘la oladi. Ota-onalar «farzandlarimiz kitob o‘qimayapti, faqat televizor yoki kompyuter bilan ovvora», — degan gapni aytishganida, ularga yuzlanib, «O‘zingiz oxirgi marta qachon kitob matolaa qildingiz?» yoki «Qachon bolangiz bilan kutubxonaga bordingiz?», — deb murojaat qilish o‘rinlidir, ehtimol. Kattalar ish, oila tashvishlari, uy yumushlari bilan band bo‘lib mutolaaga, bola bilan muloqot qilishga vaqt ajrata olmasliklari mumkin. Ko‘pincha, aksariyat onalar bo‘sh qoldim deguncha, kitob mutolaa qilish yoki farzandiga ertak o‘qib berish o‘rniga teleserial ko‘rishadi. Shu bois biz — kutubxonachilar bolalarda kitobxonlikni tarbiyalashga qaratilgan chora-tadbirlar, targ‘ibot ishlarini ota-onalar bilan hamkorlikda olib borishimiz kerak. Uylarda shaxsiy kutubxonalarni tashkil etish, she’rxonlik kechalari o‘tkazishga chorlashimiz zarur. O‘quvchilarda kitobga mehr uyg‘otishda o‘qituvchilarning alohida o‘rni bor. Farzandlarimiz ilk bor maktabga qadam qo‘yar ekan, u mustaqil o‘qishni, yozishni o‘rgana boshlaydi. Aynan shu pallada murg‘ak qalblarda mutolaaga bo‘lgan qiziqishni so‘ndirmasdan, uni bora-bora to‘g‘ri shakllantira olish muallimning zimmasidadir. Bu davrda bolada kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqish aniq maqsadlarga yo‘nalgan bo‘ladi, «o‘qituvchi mamnun bo‘lishi uchun», «baho yoki bilim uchun», «ota- ona roziligi uchun». Lekin shularni «o‘zim uchun», «ko‘ngil uchun» kabilarga aylantirish, bolaning ichki kechinmalarini, orzularini, o‘zligini aks ettiradigan kitoblar tavsiya qilishdek mas’ul vazifa kutubxonachining zimmasida bo‘ladi. Kutubxonachi kitobxon tashrif buyurganda, uning bu yerga kelgunga qadar kitobga bo‘lgan mehrni shakllantirishda ota-onasining, ustozlarining tinimsiz mehnatlari borligini unutmasligi kerak. Yosh kitobxonni kitoblarga, kutubxonaga ipsiz bog‘lash biz kutubxonachilarning mahorati, izlanishlari, eng asosiysi, kitobxonga yaqin inson bo‘lish istagi tufaylidir. Bunday kitobxon kelajakda o‘z farzandlarini ham kitobga mehr ruhida tarbiyalaydi. Sayyora ZOYIROVA, Navoiy viloyati Zarafshon shahar XTMFMTTEBga qarashli 6- maktab kutubxonachisi. 25
26 Ma’lumki, 1-, 2-, 3- sinflar uchun ingliz, nemis va fransuz tili fanlaridan darslik-majmualar (darslik, o‘qituvchi metodik qo‘llanmasi, mashq daftari va multimedia ilovasi) yaratilib, ushbu darslik majmualar hozirgi kunda bolalarning zamonaviy va sifatli ta’lim olishi uchun samarali xizmat qilmoqda. O‘quvchilar tomonidan ushbu darslik majmualarning katta qiziqish bilan kutib olinishi, hamda chet tillarni o‘zgacha ishtiyoq bilan o‘rganishlari respublikaning barcha hududlarida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘rtasida olib borilayotgan suhbatlar va monitoring natijalarida, shuningdek, bolajonlarning kundalik muloqotda chet tilida so‘zlashishga intilayotganlarida o‘zining yorqin ifodasini topmoqda. Xalq ta’limi vazirligi tomonidan umumta’lim muassasalarining boshlang‘ich sinflarida chet tillarni o‘rganishni takomillashtirish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar bilan jamoatchilikni yaqindan tanishtirish maqsadida mediatur tashkil etildi. Poytaxtimizning Chilonzor tumanidagi 90- umumta’lim maktabida ommaviy axborot vositalari xodimlari 4- sinf o‘quvchilari uchun yaratilgan «Kids’ English» darslik- majmuasi tajriba-sinov jarayoni, xususan, chet tili kabinetlarida yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi. Shuningdek, ular o‘qituvchilarning dars mashg‘ulotlarida zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib o‘tgan namunali ochiq darslarini kuzatdi. Kunning ikkinchi qismida mediatur ishtirokchilari Milliy matbuot markazida «Xalq ta’limi tizimida chet tillarni o‘rganishni takomillashtirish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar» mavzusida o‘tkazilgan matbuot anjumani hamda 4- sinf chet tili darslik-majmualarining taqdimotida ishtirok etdilar.
Anjumanda Xalq ta’limi vaziri U.Inoyatov Prezidentimizning 2012- yil 10- dekabrdagi «Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq tizimda amalga oshirilgan ishlar xususida batafsil ma’lumot berdi. Bolalarning videolavhalarni ko‘rib, audio materiallarni eshitib, o‘yinlarda birga ishtirok etish orqali chet tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirishda pedagogning mahorati ham muhim o‘rin tutadi. Tadbirda ta’kidlanganidek, 2015- yil mart oyidan boshlab chet tili o‘qituvchilari uchun amaldagi malaka oshirish jarayoniga qo‘shimcha ravishda (haftada bir marta 6 soatlik) kasbiy mahoratni oshirishga mo‘ljallangan malaka oshirish kurslari tashkil etildi. Mazkur kurslarda yurtimizdagi barcha chet tili o‘qituvchilari o‘z hududlaridagi 600 nafardan ortiq tayanch maktablar bazasida mingga yaqin malakali trener- o‘qituvchilar yordamida malaka oshirmoqda. Anjumanda vazirlik mutasaddilari va mutaxassislar jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berishdi. Dilshod SHUHRAT o‘g‘li. 1-, 2-, 3- sinf chet tillari darslik-majmualarining mantiqiy davomi sifatida 4- sinflar uchun ham darslik va multimedia majmualari yaratildi. Ular Davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturlari asosida 1-, 2-, 3- sinflar uchun darslik- majmualar bilan uzviyligi ta’minlangani, kiritilgan mavzular va topshiriqlarning o‘quvchilar yosh xususiyatlariga mosligi, metod va usullarning darsning maqsad va vazifalari bilan mutanosibligi hamda rang-barangligi bilan ajralib turadi. Xalq ta’limi vazirligining 2016- yil 8- yanvardagi 4- sonli «Umumta’lim maktablarining 4- sinfi uchun chet tillaridan tayyorlangan o‘quv dasturi va darslik-majmualarni tajriba-sinovdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida»gi buyrug‘i asosida joriy yilning 11- yanvaridan 19- martiga qadar avvalgi tajriba-sinov jarayonlari o‘tkazilgan respublikaning barcha hududlaridagi jami 131ta umumta’lim maktablari hamda Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi 5ta ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktablarida darslik- majmualari tajriba-sinovdan o‘tkazildi. Jumladan, «Kids’ English 4» darslik-majmuasining darsligi va mashq daftari 2500 nusxada, metodik qo‘llanmasi 200 nusxada kitob shaklida chop etildi. Nemis va fransuz tili darslik-majmualarining darsligi, mashq daftari va o‘qituvchi metodik qo‘llanmasi elektron holda CD disk shaklida 2 nusxada, majmualarning multimedia ilovalari 2 nusxada tayyorlanib tajriba-sinov maydonlariga yetkazildi. Jarayonda 254 nafar tajriba-sinov o‘qituvchilari va 4120 nafar 4- sinf o‘quvchilari qatnashdilar. Shuningdek, 27 o‘qituvchilarga metodik yordam ko‘rsatish va tajriba-sinov ishlarini muvofiqlashtirish uchun 131 nafar chet tili fan metodistlari hamda 160 nafar ilmiy rahbarlar biriktirildi. Darslar o‘quvchilarini ikki guruhga bo‘lgan holda haftada 2 soatdan tashkil etilib, darslikning 4 bo‘limi tajriba-sinov jarayonida o‘rganildi. O‘qituvchilar darslik, metodik qo‘llanma va mashq daftarlarning bir-biriga mosligi, mavzularga berilgan mashq va topshiriqlarning o‘quvchilar tomonidan qabul qilinishi, darsning maqsad va vazifalariga dars vaqti, metod va uslublarning to‘g‘ri taqsimlanganligi, rasmlar va ijodiy topshiriqlarning bolalar yoshiga mos tanlanganligi kabi muhim jihatlarni tahlil qilib bordilar. Keling, endi ushbu darslik-majmualarning tajriba-sinov jarayonida qanday toblanganligi haqida o‘rtoqlashsak. tengdoshlari hayoti va qiziqishlari haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. O‘ylaymizki, ushbu darslik-majmualar nafaqat boshlang‘ich sinf o‘quvchilari, balki ularning ota- onalari va boshqa oila a’zolari uchun ham chet tilini o‘rganishda yaqin do‘stga aylanishi mumkin. Bolajonlar maktabda olgan bilimlarini uyda mustahkamlashlari, berilgan topshiriqlarni bajarishlari uchun ko‘makka muhtoj bo‘ladilar. Shuni hisobga olgan holda, ushbu darsliklarda ota-onalar burchagi tashkil etilgan. Har bir bo‘limda o‘tilgan mavzu va topshiriqlar, leksik birliklar misollar bilan berilgani ota-onalar va o‘quvchilar mustaqil ravishda ushbu bilimlarni o‘zlashtirishlariga keng imkoniyat yaratadi. Ingliz tilida harflarning o‘qilish qoidalari alohida transkripsiya asosida o‘rgatilishini inobatga olingan holda ingliz tilidagi har bir tovush o‘zbek va rus tilidagi tovushlar bilan solishtirilib, izohlar bilan berilgan so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilish va nutq ravonligiga erishishga xizmat qiladi. «Kids’ English 4» darslik-majmualar mualliflar guruhi rahbari Svetlana Xan. — 4- sinf darslik-majmualari tajriba-sinovdan o‘tib, joylardan olingan barcha xulosalar umumlashtirildi. Bildirilgan fikrlar salmog‘i avvalgi yildagilarga ko‘ra yuqoriroq va asosliroq ekanligi, takliflar ijodiy yondashgan holda berilganligi bizni juda quvontirdi. Ushbu xulosalarning har birini katta e’tibor bilan o‘rgandik. Viloyatlardagi maktablarda bo‘lib, ushbu jarayonda ishtirok etganimizda, berilgan qo‘shiqlar, she’rlar o‘quvchilar tomonidan o‘zbek va rus tillariga tarjima qilingani, loyiha qismidagi ijodiy topshiriqlar namunalarini o‘z sinf xonalariga bezatib qo‘yganlarini guvohi bo‘ldik. Hattoki, o‘quvchilar avvalgi sinf darsliklarida berilgan ayrim topshiriqlar nima uchun bu sinf darsligida o‘tilmayotganini ham so‘radilar. Tajriba-sinov o‘qituvchilari darslik-majmualarni dars jarayonida qo‘llash, tahlil qilish davomida uning yutuqlari bilan birga takomillashtirilishi lozim bo‘lgan jihatlari yuzasidan taklif va mulohazalar bildirishdi. — To‘rt yildan buyon amaliyotchi o‘qituvchi sifatida ushbu jarayonda ishtirok etib kelmoqdaman, — deydi Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi 14- maktab tajriba-sinov o‘qituvchisi Ma’rifat Normatova. — Ushbu darslik-majmualarning avvalgilaridan farqli tomonlari juda ko‘p. Masalan, o‘quvchilarning ulg‘aygani hisobga olingan holda matnlar, dialoglar, ijodiy topshiriqlar ko‘p berilgan. Bu esa ular o‘rganayotgan chet tillarni amaliyotda erkin qo‘llashlariga katta yordam bermoqda. Darslik- majmualar darslik, mashq daftari, multimedia ilovasi va o‘qituvchi metodik qo‘llanmasidan iborat bo‘lib, Download 417.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling