VAQT TUTQICH BERMAYDI SHU BOIS UNI QO`LDAN BOY BERMANG VAQT — BU IMKONIYATLAR KALITIDIR - VAQT — BU IMKONIYATLAR KALITIDIR
- Hayotni sevsang, vaqtni boy berma, chunki vaqtdan hayot yaraladi, degan ekan faylasuflardan biri. Inson uchun eng qimmatli narsa vaqt va bu ayni haqiqatdir. Yo‘qotilgan har qanday narsani, masalan boylik, amal yoki uy-joyni topish mumkin, lekin o‘tgan vaqtni topish yoki orqaga qaytarishning iloji yo‘q. Shunday ekan, vaqtning har bir daqiqasidan unumli foydalanmog‘imiz lozim.
- “Vaqting ketdi, baxting ketdi” Inson o‘z kuchi, imkoniyatlariga ishonib, orzulariga yetish yo‘llarini izlab yashaydi. Buning uchun unga ma’lum vaqt kerak, vaqt esa har doim yetishmaydi. Yoshlarda orzularini ro‘yobga chiqarish, ularga tezroq erishish uchun imkoniyatlar bor. Lekin bu intilishlar samarali bo‘lmasa, vaqt o‘tgani sezilmay qoladi, kunlar ketidan kunlar, oylar ketidan oylar o‘tadi. Shu tariqa ba’zilar yoshi bir joyga borgach, umrim besamar, izsiz o‘tdi, degan afsus-nadomat chekadilar. O’z vaqtining loaqal bir soatini behudaga o‘tkazmoqchi bo‘lgan kishini hayotning butun qadr-qimmatini hali tushunib yetish darajasiga bormagan desa bo‘ladi.
Vaqtni tejash - Vaqtni tejash
- Qadimgi Rim faylasufi Seneka aytganidek, bu dunyoda vaqtdan tashqari boshqa hech narsa bizniki emas, faqat vaqt bizniki. Ushbu vaqtni hayotiy maqsadga sarflay olishdan murakkab, mashaqqatli, ammo olijanob mashg‘ulot yo‘q. Rivojlanish, olimlarning fikricha, inson vaqtini tejab oldinga intilishi demakdir. Buning uchun u g‘ildirakni o‘ylab topdi, so‘ng aravani, undan keyin avtomobil, poyezd va samolyotni yaratdi. Maktub o‘rniga telegramma va telefon, teatr o‘rniga televizorni kashf etdi. Kompyuterlar, zamonaviy savdo markazlari, turli elektr jihozlari – bularning hammasi inson vaqtini tejashga qaratilgan.
“Vaqt qilichdir, agar sen uni kesmasang u seni kesadi” Faylasuf va shoir Ralf Uoldo Emersonning “Hayot — boshidan oxirigacha tajriba. Tajriba qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha yaxshi”, degan ajoyib iborasi bor. Ko‘zlangan maqsadlarga erishish uchun vaqtni to‘g‘ri taqsimlash kerak. Agar uni kelgusida o‘zingizga foyda keltirishi mumkin bo‘lgan ishlarga sarflasangiz, muvaffaqiyatga erishish ehtimoli yuqori bo‘ladi, kutilgan hamma yutuqlar kafolatlanadi. Har bir narsaning o‘z vaqti bor, agar u vaqt boy berilsa, yo‘qotishlar ko‘payadi. Shuning uchun ham dono xalqimiz vaqtga e’tiborli bo‘lishni ta’kidlab, har bir ishning vaqti bor, vaqt bilganning baxti yor, deb bekorga aytmagan. Inson boshiga tushishi mumkin bo‘lgan eng og‘ir yo‘qotish vaqtni boy berishdir. - “Vaqt qilichdir, agar sen uni kesmasang u seni kesadi” Faylasuf va shoir Ralf Uoldo Emersonning “Hayot — boshidan oxirigacha tajriba. Tajriba qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha yaxshi”, degan ajoyib iborasi bor. Ko‘zlangan maqsadlarga erishish uchun vaqtni to‘g‘ri taqsimlash kerak. Agar uni kelgusida o‘zingizga foyda keltirishi mumkin bo‘lgan ishlarga sarflasangiz, muvaffaqiyatga erishish ehtimoli yuqori bo‘ladi, kutilgan hamma yutuqlar kafolatlanadi. Har bir narsaning o‘z vaqti bor, agar u vaqt boy berilsa, yo‘qotishlar ko‘payadi. Shuning uchun ham dono xalqimiz vaqtga e’tiborli bo‘lishni ta’kidlab, har bir ishning vaqti bor, vaqt bilganning baxti yor, deb bekorga aytmagan. Inson boshiga tushishi mumkin bo‘lgan eng og‘ir yo‘qotish vaqtni boy berishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |