Rayimov qaxramon qurbonaliyevich
Download 66.3 Kb.
|
Raimov PhD avt
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muammoning o‘rganilganlik darajasi.
RAYIMOV QAXRAMON QURBONALIYEVICH OʻZBEK TILI REKLAMA MATNLARINING LINGVISTIK EKSPERTIZASI 10.00.01 – O‘zbek tili Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan AVTOREFERATI Qarshi – 2023 Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Reklama matnlari lingvistik ekspertizasining, aynan, qachon yuzaga kelganligi masalasini aniq dalil va dalillar bilan asoslash qiyin. Ilm-fanga kirib keluvchi har qanday istilohning o‘z tarixi, shakllanish bosqichi va taraqqiyot davri bo‘lgani kabi Reklama matnlari yoki uni mantiqiy jihatdan tekshirish ham aniq bir davrda vujudga kelgan va shakllanib ulgurgan deb ayta olmaymiz. Dastlabki yozma reklama matni Londondagi muzeyda saqlanadi. U Misr papirusiga yozilgan bo‘lib, qul savdosi to‘g‘risida bo‘lgan. “U yaxshi ko‘radi, eshitadi, sog‘lom, buyurgan ishlaringizni itoat bilan bajaradi...” degan so‘zlar yozilgan. Qadimiy Misrning Memfis shahrida toshga o‘yib yozilgan reklama matni topilgan. Unda shunday satrlar bor: “Men Mimos, Gipr orollaridan bo‘lib, shu yerda yashayman. Ollohning roziligi bilan tushlaringizni kelishilgan narxda izohlab beraman”. Qadimiy Rimda reklama uchun maxsus devorlar qurilgan bo‘lsada, boshqa devorlarda ham reklamalar to‘lib ketgan. Rim ma’muriyati qaror chiqarishga majbur bo‘lgan. Qarorda “Devorga yozish man etiladi, kimki yozsa, unga g‘am, alam, omadsizlik bo‘lsin” deyiladi. Antik alloma faylasuf Anney Seneka bundan 2000 yil ilgari o‘zining do‘stiga yozgan maktubida ko‘chadagi chaqiriq va baqiriqlardan bezor bo‘lganini yozadi. Chunki u shahar markazida istiqomat qilgan. XV-XVII asrlardagi Yevropa reklamalari ko‘proq import va eksport tovar mahsulotlari haqida bo‘lar edi. Masalan, kofe birinchi marotaba 1625-yilda gazetalar orqali reklama qilingan. Kakao 1657-yil, choy esa 1658-yildan reklama qilinib, qaysi bozorda xarid qilish mumkinligi ko‘rsatilgan. AQShda birinchi reklama 1704-yil 1-mayda “New Litlle” gazetasida berilgan. Keyinchalik fan-texnika taraqqiy etib borib, radio kashf etilgandan so‘ng u asosiy axborot vositasi bo‘lib qoldi. Dastlabki radio reklama AQShda 1922-yilning 28-yanvarida 10 minutcha davom etib, 100 dollarga rasmiylashtirilgan. Filodelfiyalik Volni Palmer birinchilardan bo‘lib Amerika reklamasiga asos solgan. U 1841-yildan boshlab gazetalarda reklamalarni joylashtirish evaziga gazetadan tushayotgan daromadning 2 % iga ega bo‘ladi. XIX asrda Jorj Rauel Amerikada eng kuchli reklama agentligini tashkil etadi. oʻzbek tili reklama matnlarining lingvistik ekspertizasi mohiyatini lingvistik ekspertizadan o‘tkazish masalasi kun tartibidagi masalalardan hisoblanadi1. Ammo bu muammo dunyo amaliy tilshunosligida G.G. Shepilova, L.G.Feshenko, I.M.Dzyaloshinskiy, Ch.Sendidj, V.Frayburger, K.Rotsoll, A.N.Nazaykin, O.A.Ksenzenko, T.G.Dobrosklonskaya, E.A.Kozhemyakin, L.N.Sinelnikova, M.M.Glavatskix, I.V.Reverchuk, Ch.Sendidj, V.Frayburger, K.G.Rotsoll, G.Shepilova, L.P.Amiri, L.R. Duskayeva, N.A.Volgin, Ye.S.Kara-Murza, M.S.Kagan, L.G.Granovskiy, V.P.Kozin, V.Yu.Lozovskaya M.V.Baranova, L.V.Balaxonskaya, I.A.Bikov, O.Ye.Nadejdina, G.A.Kopnina, M.A.Krivko, R.I.Mokshansev, M.V.Xaritonov, L.A.Shestak, L.N.Koshetarova, T.B.Kurbatskaya, O.T.Gasparyan, M.Yu.Lixobabin, L.N.Koshetarova, N.I.Klushina, O.Saveleva va K.V.Mosinlar tomonidan tadqiqot ishlari olib borilgan, monografiya, to‘plam holida nashr etilgan2. Download 66.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling