-
Mixail Treysterning fikricha, bu joy hayvonlar bizni hayotlarini xavfga qo‘ymay kuzatishi mumkin bo‘lgan yagona joy ekan. Poytaxtimizdagi bunday joylardan biri 1924-yilda tashkil etilgan.
Savol: Bu joyni yozib bering.
Javob: Hayvonot bog‘i / Zoopark.
Qabul emas: qo‘riqxona.
Izoh: Poytaxtimizdagi hayvonot bog‘i 1924-yilda tashkil etilgan.
-
Yozuvchi Xaruki Murakami 40 yildan oshiqroq vaqt davomida eskicha uslubda ijod qilib keladi. Yozuvchining aytishicha, ular kaltalashgani sari u ko‘proq rohatlanar ekan.
Savol: Ular nima?
Javob: Qalam.
Izoh: Bilamizki, eski yozuvchilar qalamdan ijod qilishgan, Murakami hali ham qalamda ijod qiladi. Qalam kaltalashgani, ya’ni u ko‘proq yozgani sari ko‘proq rohatlanar ekan
-
“Logitech” kompaniyasining taklifi bilan o‘tqazilgan so‘rovga ko‘ra U 72% yevropaliklarning oilasida nizo keltirib chiqarayotgan ekan. Versiyalarga ko‘ra UNING ilk ko‘rinishini 1898-yili Nikola Tesla tomonidan ishlab chiqilgan.
Savol: Uni yozib bering.
Javob: Masofadan boshqariladigan pult.
Izoh: Oilada pult talashish bir necha oilada nizo keltirib chiqarayotgani so‘rovdan so‘ng ma’lum bo‘ladi.
-
Bu “mashina” umuman harakatlanish uchun mo’ljallanmagan. Ammo butun dunyodagi ularning yurgan “yo’lini” hisoblasak ular avtomobil va samolyot bosib o’tgan masofadan ortib ketadi. Hammamiz ko’rgan va ba’zilarimizda bor bo’lgan bu “mashinaning” nomi nima?
Javob: soat
-
Bu siz bilan bizga juda yaxshi tanish bo’lgan so’z arab tilidan olingan bo’lib, nozik fahm, yaxshi fikrlash degan ma’nolarni bildiradi.
Savol: Bu qanday so’z?
Javob: Zakovat
-
Tijoratda raqobatga qarshi uchta qurol bor: 1.Sifat 2. Narh
Savol: Uchinchi qurol nima?
Javob: Reklama
-
Аmerikada utgan asrning birinchi yarimida xalqda : "vertikal temir yul" degan gap paydo bulgan. Аmerikaliklar nimani ushbu nom bilan atashgan?
Javob: Lift
-
Biz hozirgi kunda kundalik hayotimizda deyarli har kuni ishlatadigan qog’oz pullarimiz ilk marta qayerda muomalaga chiqarilgan?
Javob: Xitoyda
Do'stlaringiz bilan baham: |