www.ziyouz.com kutubxonasi
268
Fasl: Ota-onani va ularga o‘xshashlarni jerkib berish qattiq haromlardan. Bu haqda
Alloh taolo Al-Isro surasining 23-24-oyatlarida: «Parvardigoringiz yolg‘iz Uning
Uziga ibodat qilishlaringizni hamda ota-onaga yaxshilik qilishlaringizni amr
etdi. Agar ularning (ota-onangizning) birovi yoki har ikkisi sening qo‘l ostingda
keksalik yoshiga yetsalar, ularga qarab (uf) tortma va ularning (so‘zlarini)
qaytarma! Ularga (doimo) yaxshi so‘z ayt! Ular uchun mehribonlik bilan xorlik
qanotini past tut - xokisor bo‘l va: «Parvardigorim, meni (ular) go‘daklik
chog‘imdan tarbiyalab-o‘stirganlaridek, Sen ham ularga rahm-shafqat qilgin»,
deb (haqlariga duo qil)!» deb aytgan.
980/47. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Ota-onasini so‘kish katta gunohdir», deganlarida, sahobalar: «Ey Rasululloh,
kishi o‘z ota-onasini ham so‘kadimi?» deyishdi. Shunda u zot: «Ha, boshqaning otasini
so‘kadi. Bu bilan o‘zining otasini so‘kadi. Va birovning onasini so‘kadi, bu bilan o‘z
onasini so‘kadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
981/48. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot aytdilar: «Mening (qo‘l) ostimda bir
xotinim bor edi. Men uni yaxshi ko‘rar edim. Otam Umar uni karih ko‘rar edi. Otam u
xotiningni taloq qil, deb aytdi. Men bunga ko‘nmadim. Bas, otam Umar Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam huzurlariga borib, ana shuni zikr qilganida, Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam: «Uni taloq qil», deb aytdilar». Abu Dovud va Termiziylar
rivoyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |