Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
www.ziyouz.com kutubxonasi
276 biluvchidir. Imom Abu Abdulloh al-Buxoriy «Sahih»larida va yana bir qancha muhaqqih ulamolar ramazonni qanday aytsa ham, karohiyati yo‘qdir, deyishgan. Chunki karohiyat shariat bilan sobit bo‘ladi. Buning karohiyati haqida shariatda biror narsa sobit bo‘lmagan. Balki hadislarda buning joizligi haqida sobit bo‘lgan. Ikki «Sahih» hadislarda va bulardan boshqasida ularning fikriga qarshi dalillar to‘lib-toshib yotibdi. Agar buning joiz ekani haqidagi hadislarni jamlasam, ikki yuztaga yetib qolishini umid qilaman. Lekin maqsad bitta hadis bilan ham hosil bo‘laveradi. Mana shu quyidagi bittasi hammasiga ham kifoya qiladi: 993/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar ramazon kelsa, jannat eshiklari ochilib, do‘zax eshiklari yopiladi va shaytonlar kishanlanadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Ba’zi rivoyatlarda «ramazon kirsa» yoki «ramazon bo‘lsa» yo «ramazonni muqaddam qilmanglar» va yana boshqa sahih rivoyatda esa: «Islom besh narsa ustiga bino qilingan, undan biri ramazon ro‘zasidir», deb aytilgan. Bunga o‘xshash hadislar ko‘p. Fasl: Va yana ana shulardan biri oldingilarning ba’zilaridan naql qilingan quyidagi so‘zlardir: «Baqara surasi, Duxon, Ankabut, Rum, Ahzob va shularga o‘xshash suralar, deb aytmoq makruhdir. Balki sigir zikr qilingan sura, xotinlar zikr qilingan sura, deb aytiladi». Imom Navaviyning aytishlaricha, bu xato va sunnatga xilofdir. Buni bayon qilgan son- sanoqsiz hadislar sobit bo‘lgan. Masalan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Baqara surasining oxirida ikki oyat borki, uni kechasida o‘qisa, o‘sha kechaga kifoya qiladi», dedilar. Bu ikki «Sahih» kitobida keltirilgan. Bunga o‘xshashlari nihoyatda ko‘p. Fasl: Va yana ana shulardan biri Mutrifdan (r.a.) rivoyat qilingan quyidagi so‘zlaridir: «Alloh taolo kitobida aytadi, deb kelajak lafzida iste’mol qilish karih ko‘rilgan. Balki «Alloh taolo aytdi», deb o‘tgan zamon lafzi bilan aytiladi. Chunki Allohning so‘zi kalomdir. Kalom esa qadimdir». Imom Navaviyning aytishlaricha, bu maqbul emas. Sahih hadislarda buning ko‘p jihatdan ishlatilgani sobit bo‘lgan. Men bu hakda «Sahihi Muslim»ga yozgan sharhimda va «Qorilar odobi» nomli kitobimda bayon qilganman. Bu haqda Alloh taolo «Alloh haqiqatni aytadi», deb keltirgan (Ahzob surasi, 4-oyat). «Sahihi Muslim»da Abu Zarrdan (r.a.) qilingan rivoyatda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh taolo: «Kim biron chiroyli amal qilsa, unga o‘n barobar qilib (qaytarilur) deb aytadi», dedilar. (An’om surasi, 160-oyat). «Sahih Buxoriy»da «Suygan narsalaringizdan infoq-ehson qilib bermaguningizcha...» oyatining tafsirida Abu Talha: «Ey Rasululloh, Alloh taolo «Suygan narsalaringizdan infoq-ehson qilib bermaguningizcha...», deb aytyapti», dedilar, deyiladi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling