Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
www.ziyouz.com kutubxonasi
275 qancha sahih hadislar kelgan. Masalan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki muazzindan eshitgan narsalarni ayni o‘zidek qaytarsa, unga shafoatim hosil bo‘ladi», deganlar. Bu haqda imom, faqih Abul Fazl Iyoz (r.a.) chiroyli so‘zlar keltirganlar. Salafi solihlarning shafoatga qilgan rag‘batlaridan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shafoatlarini so‘raganliklari asarlar orqali bilinadi. Shunga binoan uni karih qiluvchilarning karohiyatiga e’tibor qilinmaydi. Chunki Imom Muslim va boshqalardan sahih hadislar hisobsiz jannatga kiruvchi qavmlarni va jannatda darajalari ziyoda bo‘luvchi qavmlarni shafoat sababidan ekanini isbotlab kelgan. So‘ngra gunohkorligini tan oluvchi, avfga muhtoj har bir kishi ular aytganidek bo‘ladigan bo‘lsa, mag‘firat va rahmatni so‘rab duo qilmasligi lozim bo‘ladi. Chunki mag‘firat va rahmatni so‘rash gunohkor kishilar uchun xosdir. Shunday bo‘ladigan bo‘lsa, ular qilayotgan narsa salaf va xalaflar duolaridan o‘rganilgan narsaga xilofdir. Fasl: Ulamolarning bir jamoasidan hikoya qilinishicha, ular Baytullohni tavof qilishni «shavt» yoki «aylanish», deb ismlamoqni karih ko‘rdilar. Balki birinchisiga -birinchi tavof va ikkinchisiga - ikkinchi tavof va hokazo, deb aytiladi, deyishgan. Imom Navaviyning aytishlaricha, bu gaplarning ham asli yo‘q. Balki ular johiliyat lafzlaridan, deb karih ko‘rishgan bo‘lsa kerak. Nima bo‘lganda ham, bunday deb aytishning karohiyati yo‘q. Bunga quyidagi hadis dalildir: 991/2. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ka’bada uch shavtdan yugurmoqni buyurdilar. Ularga hamma shavtni yugurishni buyurmoqdan faqatgina ularga rahm qilganlarigina man qildi, xolos. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Fasl: Va yana ana shulardan «ramazonda ro‘za tutdik», «ramazon keldi» va shunga o‘xshash ana shu oy iroda qilingan so‘zlardir. Buning karohiyati haqida ixtilof qilingan. Oldingi jamoalar, oyga ko‘shmasdan ramazonning o‘zini aytish karih ko‘rilgan, deyishgan. Bu hakda Hasan Basriy va Mujohidlardan rivoyat qilingan. Bayhaqiy esa u ikkovlariga bo‘lgan yo‘l zaifdir, deganlar. Sohiblarimiz ramazon keldi, ramazon kirdi, ramazon hozir bo‘ldi, deb aytmoqni va shularga o‘xshab oyni iroda qilish uchun qariyna (yaqinlik) hosil qilmaydigan bo‘lsa, karih ko‘rishgan. Lekin unga bir narsa qariyna (yaqinlik) bo‘lib ramazon oyiga dalolat qilsa, karohiyati yo‘qdir. Masalan, ro‘za tutdim emas, balki ramazon ro‘zasini tutdim, ramazonda turdim, ramazon ro‘zasi vojib bo‘ladi, muborak ramazon oyi hozir bo‘ldi va shularga o‘xshashlar. Abul Hasan Morudiy va Abu Nasr Sibog‘lar mana shu fikrlarni aytib, quyidagi hadisni dalil qilishgan: 992/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ramazon, deb aytmanglar. Chunki Ramazon Allohning ismlaridan biridir. Lekin ramazon oyi, deb (oy so‘zini ko‘shib) aytinglar», dedilar. Bayhatsiy «Sunan»larida rivoyat qilib, zaif, deganlar. Bundagi zaiflik ochiq ko‘rinib turibdi. Chunki Allohning ismi haqida kitob tasnif qilganlarning birortasi Ramazon Allohning ismi ekanini zikr qilishmagan. To‘g‘risini Alloh |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling