Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
www.ziyouz.com kutubxonasi
283 amalni Sendan so‘rayman. Allohim, muhabbatingni nafsimdan, ahlimdan va sovuq suvdan ham menga mahbubroq qilgin.) Termiziy rivoyati. 1027/34. Sa’d ibn Abu Vakqosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Katta baliqning qornida Rabbilariga iltijo qilgan Zinnunning (Yunus alayhissalom) duolari «La ilaha illa anta subhanaka inniy kuntu minaz zolimiyn», edi. Biror musulmon kishi mana shu kalimalar ila duo qilsa, ijobat etiladi», dedilar. (Ma’nosi: Sendan boshqa iloh yo‘q. Seni poklab yod eturman. Albatta men zolimlardan bo‘ldim.) Termiziy rivoyati. 1028/35. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib, «Ey Allohning rasuli, qaysi duo afzal?» deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Rabbingdan dunyo va oxiratda ofiyat va sog‘likni so‘ramog‘ing», dedilar. U kishi ikkinchi kuni ham kelib, «Ey Allohning rasuli, qaysi duo afzal?» deganida, Rasululloh yana shuni aytdilar. So‘ngra uchinchi kuni ham kelganda, yana shu duoni aytib, «Agar dunyo va oxiratda ofiyat berilsang, batahqiq najot topding», dedilar (ya’ni, Allohumma inniy as’alukal ‘ofiyata val mu’ofota fid-dunya val oxira). Ibn Moja rivoyatlari. 1029/36. Abbos ibn Abulmuttalibdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Ey Rasululloh, menga bir narsa o‘rgatingki, men u bilan Allohdan so‘rayin», deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohdan ofiyatni so‘ranglar», deb aytdilar. Bir necha kun turib, so‘ngra borib, «Ey Allohning rasuli, menga bir narsa o‘rgatingki, men u bilan Allohdan so‘rayin», desam, u zot, «Ey Abbos, ey Alloh rasulining amakisi, Allohdan dunyo va oxiratda ofiyatni so‘ranglar», deb aytdilar. Termiziy rivoyatlari. 1030/37. Abu Umomadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam juda ko‘p duolar bilan iltijo qilardilar-u, biz undan birortasini yodlab qola olmas edik. Shunda men: «Ey Rasululloh, ko‘p duolar bilan iltijo qilasiz-u biz undan birortasini yodlamaymiz», desam, u zot: «Ana shu duolarning barchasini o‘zida jamlaganiga dalolat qilaymi? U «Allohumma inniy as’aluka min xoyri ma sa'alaka minhu nabiyyuka Muhammadun sollallohu alayhi vasallam va na’uzu bika min sharri masta’ozaka minhu nabiyyuka Muhammadun sollallohu alayhi vasallam va antal musta’onu va ‘alaykal balag‘u vala havla vala quvvata illa billah»dir, dedilar. (Ma’nosi: Allohim, nabiyying Muhammad alayhissalom so‘ragan narsalarning yaxshisini Sendan so‘rayman. Va nabiyying Muhammad alayhissalom panoh so‘ragan narsalarning yomonidan panoh so‘rayman. Va Sen yordam so‘raluvchi zotsan. Yetuklik Sengadir. Allohdan boshqa o‘zgartiruvchi va quvvat yo‘qdir.) Imom Termiziy rivoyatlari. 1031/38. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ya zal jaloli val ikrom» kalimasini lozim tutinglar va ko‘paytiringlar», deb aytdilar (Ma’nosi: Ey ulug‘lik va hurmat egasi.) Termiziy rivoyati. Xuddi shu ma’nodagi hadis Nasaiy kitoblarida, Rabiy’a ibn Omirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Hokim esa bu hadisning isnodi sahih, dedilar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling