Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
www.ziyouz.com kutubxonasi
280 «La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lahu, Allohu Akbar kabiyron valhamdu lillahi kasiyron subhanallohi robbil olamiyna, la havla vala quvvata illa billahil azizil hakim» (ma’nosi: Yakka Allohdan boshqa iloh yo‘q. Uning sherigi ham yo‘q. Alloh ulug‘larning ulug‘idir. Allohga ko‘p hamd bo‘lsin. Olamlar Rabbi Allohni poklab yod eturman. Hakim, Aziz sifatli Allohdan boshqa biror o‘zgartiruvchi ham quvvat ham yo‘q), deb ayt, dedilar. A’robiy: «Bular Rabbim uchundir. Men uchun esa nima?» deganda, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Allohumma ig‘fir liy varhamniy vahdiniy varzuqniy va ‘ofiniy», deb ayt, dedilar. (Ma’nosi: Allohim, meni mag‘firat qil, menga rahm qil, meni hidoyat et, meni rizqlantir va ofiyatda qil.) Imom Muslim rivoyatlari. 1011/18. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohumma aslih liy dinillaziy huva ‘ismatu amriy, va aslih liy dunyayallatiy fiyha ma’oshiy va aslih liy oxiratillatiy fiyha ma’odiy, vaj’alil hayota ziyodatan liy fiy kulli xayrin vaj’alil mavta rohatan liy min kulli sharrin», deb aytardilar (Ma’nosi: Allohim, ishlarimni saqlovchi dinimni isloh qil. Yashaydiganim dunyoimni isloh et. Qaytishim unga bo‘lgan oxiratimni isloh qil. Har bir yaxshilikda hayotimni ziyoda qil. Va har bir yomonlikda o‘limni rohat qil.) Imom Muslim rivoyatlari. 1012/19 Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohumma laka aslamtu va bika omantu va’alayka tavakkaltu va ilayka anabtu va bika xosamtu. Allohumma inniy a’uzu bi’izzatika la ilaha illa anta an tuzillaniy antal hayyullaziy la yamutu val jinnu val insu yamutun», deb aytardilar. (Ma’nosi: Allohim, Senga bo‘ysundim, Senga imon keltirdim, Senga tavakkal qildim, Senga tavba qildim va Sening noming ila xusumatlashdim (ya’ni, Sening noming ila hujjat talab qildim, difo’ qildim va urishdim). Allohim, meni adashtirmog‘ingdan izzating ila panoh tilayman. Sendan boshqa iloh yo‘qdir. Sen tirikdirsan, o‘lmaysan. Ins va jin o‘lishadi.) Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari 1013/20. Buraydadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir kishining «Allohumma inniy as'aluka bianniy ashhadu annaka antallohu la ilaha illa antal ahadus somadullaziy lam yalid valam yuvlad valam yakun lahu kufuvan ahad», deb aytganini eshitib unga, «Sen Alloh taolodan Uning ismi ila shunday narsa so‘radingki, agar o‘sha ism bilan so‘ralsa, o‘sha so‘ralgan narsani beradi. Agar u bilan duo qilinsa, ijobat etiladi», dedilar. (Ma’nosi: Allohim, Sendan so‘rayman. Guvohlik beramanki, albatta Sen Allohdirsan. Sendan boshqa iloh yo‘q. Sen yakka va hojat tushadigan zotdirsan. U tug‘magan va tug‘ilmagandir. Va hech kim U zotga teng emasdir.) Abu Dovud, Termiziy, Nasaiy va Ibn Mojalar rivoyati. Boshqa rivoyatda «Sen Ismi a’zam bilan Allohdan so‘rading», deyilgan. 1014/21. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga o‘tirganlarida, bir kishi namoz o‘qidi-da, so‘ngra «Allohumma inniy as'aluka bianna lakal hamdu la ilaha illa antal mannonu badiy’us samavati val'arzi ya zal jaloli val ikrom ya hayyu ya qayyumu», deb duo qildi. Shunda |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling