Al-Azkor.
Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com kutubxonasi
287
Allohga hamd va sanodan keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salovot aytib,
yana shular bilan xotima yasaydi.
Uninchisi: bu ijobat etilishiga sabab bo‘luvchi ahamiyatlisidir. Ya’ni,
tavba qilish, zulmni
o‘z egasiga qaytarish va Alloh taologa yuzlanish.
Fasl: G’azzoliy: «Agar qazo-qadar bitib qo‘yilgan bo‘lsa-yu, duoning foydasi nima?» deb
aytilsa, bunga javob quyidagichadir: «Bilingki, duo
bilan qaytarish qazoning
jumlasidandir. Duo baloni qaytarish va rahmatning bor bo‘lishiga sababdir. Xuddi qalqon
qurolni qaytarishga sabab bo‘lgani yoki suv yerdan o‘simlik
chiqarish uchun sabab
bo‘lgani kabidir. Shu singari qalqon nayzani daf qiladi, duo esa baloni daf qiladi. Silohni
ko‘tarmasdan qazo-qadarni e’tirof etish shart emasdir. Alloh taolo Niso surasining 102-
oyatida
«Ular ham ehtiyoj choralarini ko‘rib, qurollanib olsinlar», deb aytgan»,
dedilar.
Alloh
taolo biror ishni taqdir qilsa, uning sababini ham barpo etgan. Duoda, zikr
qilganimizdek, foydalar bor. U ham bo‘lsa, unda qalbni jamlab ehtiyojmandligini
bildirish. Bu ikki xislat ibodat va ma’rifatning nihoyasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: