bizni azobingga giriftor aylama......Alloh taolo biror o‘rinda bandalari bundan ko‘p
duo qilganlarining
xabarini bermagan.
Ammo Imom Navaviyning fikrlaricha, yetti kalimadan ziyoda qilishning karohiyati yo‘q.
Balki mutlaq holda duoni ko‘paytirish mustahabdir. Masalan, Ibrohim surasining 35-
oyatida «Ibrohim aytgan edi: «Parvardigorim, bu shaharni (ya’ni, Makkani)
tinch shahar qilgin», deb aytgan (ya’ni, yetti kalimadan ziyoda qilgan.)
Oltinchisi: xuzu’, tazarru’ va qo‘rqish. Alloh taolo bu haqda: «Darhaqiqat, ular (ya’ni,
mazkur payg‘ambarlar) yaxshi ishlarni qilishga shoshar va Bizga rag‘bat va
qo‘rquv bilan duo iltijo qilar edilar» (Anbiyo surasi, 90-oyat), «Parvardigoringizga
tazarru’ bilan ichingizda (maxfiy) iltijo qilingiz!» (A’rof surasi, 55-oyat) degan edi.
Yettinchisi: talab qilayotganda jazm qilib, ijobat bo‘lishiga ishonib, unga bo‘lgan umidini
tasdiqlaydi. Bunga mashhur dalillar juda ko‘p. Sufyon ibn Uyayna (r.a.) deydi:
«Sizlardan biringizni nafsidan bilgan narsasi duo qilishdan man qilmasin (ya’ni, noumid
bo‘lmasin). Chunki Alloh taolo maxluqotlar yomoni bo‘lgan Iblisning ham (duosini) ijobat
qildi. A’rof surasining 14-15-oyatlarida: «Menga ular tiriladigan Kungacha
Do'stlaringiz bilan baham: |