Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Parvardigorlaringizga tazarru bilan ichingizda (maxfiy) iltijo qilingiz»
- «Parvardigoro, agar unutgan yoki xato qilgan bo‘lsak
338-bob Duo odoblari haqida
Bilingki, fuqaholar, muhaddislar, jumhur ulamolar, salafu xalaf olimlarning barchasi duo mustahabdir, deyishgan. Alloh taolo: «Parvardigorlaringiz: «Menga duo, iltijo qilinglar, Men sizlarga (qilgan duolaringizni) mustajob qilurman», dedi» (G‘ofir surasi, 60-oyat), «Parvardigorlaringizga tazarru bilan ichingizda (maxfiy) iltijo qilingiz», deb aytgan (A’rof surasi, 55-oyat). Ammo bu haqdagi sahih hadislarning o‘zi mashhurdir. Zikr qilinmasa ham, o‘zi zohirdir. Biz kifoya qiladigan miqdoricha zikr etdik. Imom Abulqosim Qushayriyning risolalarida quyidagilar keltirilgan: «Kishilar duo afzalmi yoki sukut qilib, rozi bo‘lishlikmi, degan fikrda ixtilof qilishgan. Kimdir yuqoridagi hadisga muvofiq duo ibodatdir, chunki bunda Allohga ehtiyojmandlik izhor qilinadi, dedi. Boshqa bir toifa hukm jarayoni ostida sukut qilib jim turish mukammalrokdir va qadar bo‘lgan narsaga rizo bo‘lish a’loroqdir, deyishgan. Bir qavm esa duo sohibi tili bilan aytib, qalbi bilan rozi bo‘lishi hammasini jamlashlikdir, degan». Qushayriy: «Turli vaqtlarda aytmoq a’loroqdir. Ba’zi holatlarda sukutdan duo afzal. Va yana qaysidir paytlarda duodan ko‘ra sukut afzaldir. Albatta u vaqt bilan bilinadi. Agar qalbida duoga ishora bo‘lsa, afzalroqdir. Agar sukutga ishora topsa, sukut mukammalroqdir. Agar unga musulmonlar nasibasi yoki Allohning unda hakqi bo‘ladigan bo‘lsa, duo ibodat bo‘lgani uchun a’loroqdir. Agar nafsi uchun unda nasiba bo‘lsa, sukut mukammalroqdir. Duoning shartlaridan biri luqma halol bo‘lishligidir. Yahyo ibn Muoz ar- Roziy: «Men osiy bo‘la turib, Senga qanday duo qilay, Sen saxiy bo‘la turib, nechuk duo qilmay?» deb aytganlar. Va yana duoning odoblaridan biri qalbni hozir qilishlikdir. Inshaalloh, buning dalili kelgusi boblarda keladi. Ba’zilar duodan maqsad Alloh Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 286 xohlaganini qilsa ham hokisorlikni izhor qilib turishdir, deganlar. Imom Abu Homid G’azzoliy «Ihyou ulumid-din» kitobida duo odoblari o‘ntadir, dedilar. Birinchisi: arafa kuni, ramazon oyi, juma kuni, kecha oxirining uchdan biri, sahar vaqti kabi sharafli paytlarni (duo qilish uchun) kutmoq. Ikkinchisi: sajda holati, ikki tomon askarlari yo‘liqqanda, yomg‘ir yog‘ayotganda, namoz qoim qilinganda va namozdan keyin kabi sharafli holatlarni duo qilish g‘animat bilish. Imom Navaviy: «qalb yumshaganda ham», dedilar. Uchinchisi: qiblaga yuzlanish, ikki ko‘lni ko‘tarish va ikkisini duoning oxirida yuziga surish. To‘rtinchisi: maxfiy va jahriy orasida ovozni pastlatish. Beshinchisi: duoni qofiya bilan qilmaslik. Uni duodagi haddan oshish, deb tafsir qilishgan. Eng yaxshisi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan ma’sur bo‘lgan duolar bilan kifoyalanishlikdir. Kimki duoni yaxshi qilsa, bas, uning haddan oshish xavfi bor. Ba’zilar xo‘rlik va ehtiyojmandlik tili bilan duo qil, fasohat va erkinlik bilan duo qilma, deyishgan. Albatta ulamo va abdollar (chiltanlar) duoni yetti kalimadan oshirishmaydi. Bu haqda Alloh taoloning Uzi Baqara surasining 286-oyati oxirigacha o‘sha (ettitasi bilan) guvohlik beradi: «Parvardigoro, agar unutgan yoki xato qilgan bo‘lsak, Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling