Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
www.ziyouz.com kutubxonasi
281 Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Batahqiq, u Ismi a’zam bilan Allohga duo qildi. Agar u bilan duo qilinsa, ijobat qilinadi. Va agar u bilan so‘ralsa, beriladi», dedilar. (Ma’nosi: Allohim, men Sendan so‘rayman. Albatta maqtov Sen uchundir. Sendan boshqa iloh yo‘q. Sen saxiy va yeru osmonni yaratgan zotsan. Ey ulug‘lik va hurmat egasi, ey tirik va barhayot sifatli zot.) Abu Dovud va Nasaiylar rivoyati. 1015/22. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mana bu kalimalar bilan duo qilardilar: «Allohumma inniy a’uzu bika min fitnatin nari va ‘azobinnar va min sharril g‘ina val faqri». (Ma’nosi: Allohim, do‘zax fitnasidan, do‘zax azobidan, boylik va kambag‘allik yomonliklaridan Sening noming ila panoh tilayman.) Abu Dovud, Termiziy, Nasaiy va Ibn Mojalar sahih isnod bilan rivoyat qilishgan. 1016/23. Ziyod ibn Iloqa amakilari Qutba ibn Molikdan (r.a.) qilgan rivoyatlarida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohumma inniy a’uzu bika min munkarotil axloqi val a’moli val'ahva», deb aytardilar. (Ma’nosi: Allohim, xulqlarning, amallarning, xohish-istaklarning bema’nisidan Sening noming ila panoh tilayman.) Imom Termiziy rivoyatlari. 1017/24. Shakal ibn Humayddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Ey Rasululloh, menga duo o‘rgating», deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohumma inniy a’uzu bika min sharri sam’iy vamin sharri basariy vamin sharri lisoniy vamin sharri qolbiy vamin sharri maniyyi», deb aytgin, dedilar. (Ma’nosi: Allohim, eshitganimning yomonidan, ko‘rganimning yomonidan, tilimning yomonidan, qalbimning yomonidan va maniyimning yomonidan Sening noming ila panoh tilayman.) Abu Dovud, Termiziy va Nasaiylar rivoyati. 1018/25. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohumma inniy a’uzu bika minal barasi val jununi val juzomi va sayyi'il asqomi», deb aytardilar. (Ma’nosi: Allohim, Sening noming ila peslikdan, jinnilikdan, moxovdan va yomon kasalliklardan panoh tilayman.) Abu Dovud va Nasaiylar sahih isnod bilan rivoyat qilishgan. 1019/26. Abul Yasradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohumma inniy a’uzu bika minal hadmi va a’uzu bika minattaraddiy va a’uzu bika minal g‘oraqi val haraqi val harami va a’uzu bika an yataxabbatanish-shaytonu ‘indal mavti va a’uzu bika an amuvtu fiy sabiylika mudbiron va a’uzu bika an amuvta ladiyg‘on», deb duo qilardilar. (Ma’nosi: Allohim, (uy) buzilib ketishidan, qulashdan, g‘arq bo‘lishdan, yong‘indan, o‘ta qarilikdan va o‘lim paytida shayton yo‘ldan urishidan Sening noming ila panoh tilayman. Va yana Sening yo‘lingda orqa o‘girib o‘lmoqlikdan (urushda orqaga chekinmoqdan) va (biror narsa tomonidan) chaqilgan holda o‘lmoqdan panoh tilayman.) Abu Dovud va Nasaiylar rivoyati. Boshqa bir rivoyatda «...g‘amdan panoh tilayman» bo‘lib kelgan. 1020/27. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohumma inniy a’uzu bika minal juv’i fainnahu bi'sa az-zaji’. Va a’uzu bika minal |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling