www.ziyouz.com kutubxonasi
31
91/8. Abu Umomadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bilol (r.a.) iqomatda «qod qomatis solah»ga
yetganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Aqomahallohu va adamaha» (Alloh uni qoim qilib va doim qilsin), der edilar.
Iqomatning boshqa lafzlarida azonniki kabi qaytarar edilar». Abu Dovud rivoyatlari
Uni qanday aytishni yuqorida Hazrati Umardan (r.a.) rivoyat qilingan hadisdan bildik.
92/9. Abu Hurayra (r.a.) muazzin iqomat aytayotganini eshitsalar:
«Allohumma robba hazihid da’vatit tammah vassolatil qoimah, solli ‘ala Muhammadin va
atihi su’lahu yavmal qiyamah», deb aytar edilar. Ibn Sunniy rivoyatlari
Azon yoki iqomatni namozda turganida eshitgan kishi unga javob qaytarmaydi. Ammo
namozini tugatganidan so’ng qaytarib oladi. Hojatxonada eshitib qolsa ham, muazzinga
o’sha paytda javob qaytarmaydi, balki chiqqanidan keyin javob beradi. Lekin Qur’on yoki
hadis o’qiyotgan, tasbih aytayotgan va boshqa ishlar bilan shug’ullanayotgan bo’lsa,
darhol to’xtab, muazzinga javob beradi. So’ngra yana mashg’ulotida davom etadi.
Chunki muazzinga javob berish fursati tezda o’tib ketadi. Boshqa ishlarni keyin ham
davom ettirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |