Zamonaviy tarbiya jarayonining o‘ziga xosliklari va pedagogik asoslari


Download 13.33 Kb.
Sana22.04.2023
Hajmi13.33 Kb.
#1377830
Bog'liq
Замира


ZAMONAVIY TARBIYA JARAYONINING O‘ZIGA XOSLIKLARI VA PEDAGOGIK ASOSLARI
Z. Turımbetova
NDPI, Boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi o’qituvchisi
Tarbiya asosan maktabda amalga oshiriladigan pedagogik jarayondir. Bu jarayonda o‘qituvchilar ham o‘quvchilarning o‘zlari ham ishtirok etadilar. Maktabda o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatini yahlit qiladigan asosiy jarayon ta’limdir. O‘qitish jarayonida bolalarga faqat bilim berilibgina qolmasdan, har bir fan mazmuniga muvofiq tarbiya ham amalga oshiriladi. Buni biz ta’limning tarbiyalovchi xarakteri haqida gapirganda batafsil ko‘rib chiqqan edik. Shuni esda tutish kerakki, ta’lim va tarbiya yagona jarayondir. Ammo ularni aynan bir jarayon deb o‘ylash mumkin emas. Chunki, har birining o‘ziga xos xususiyatlari, o‘ziga xos belgilari bor. Tarbiya mantiqi, tarbiya mantiqini tarbiyalamaydi. Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish bilan bog‘liq faoliyatda o‘qituvchi ta’limdagidan farqli o‘laroq boshqa vazifani amalga oshiradi. Bu faoliyatning mazmuni ham, formasi ham, metodlari xam ta’limdagidan farq qiladi. Tarbiyaning o‘ziga xos xususiyati, ta’limdan farqi nimada .?
O‘sib kelayotgan yosh avlodni ongli inson qilib tarbiyalashda maktab olib borayotgan ish xildagi ta’sirlar bilan qo‘shilib ketadi. Shuning uchun tarbiya ko‘p qirrali jarayondir deyishimiz mumkin. Ta’limda esa o‘qituvchi asosiy siymo bo‘lib xizmat qiladi. Uning bilim berishga, o‘qtish metodlariga, bayonining va vazifalarning mazmuniga hech kim qarshilik qilmaydi.
Tarbiyaviy ishlarda esa muallimning bolalarga ko‘rsatadigan tarbiyaviy ta’sirlariga qarshilik ko‘rsatadigan turli omillar bo‘lib, ularga duch kelgan bola o‘qituvchi ko‘rsatmasiga zid bo‘lgan omillarin o‘tganib olishi mumkin.
Maktabdagi tarbiyaga zid bo‘lgan ishlrani bola oilada ham ko‘radi, ba’zi xollarda ota-onalar bola tarbiyasida pedagogik xolatlarga yo‘l qo‘yadilar. Masalan, mehribon ona bolasga ortiqcha bino qo‘yib, uni taltaytrib yuboradi va erka tanti, o‘jar, xudbin qilib o‘stiradi. Lekin bizning jamiyatdagi sog‘lom tarbiya muxiti bolalarga kuchli ta’sir etadi. Shuningdek, maktabdagi tarbiyaviy ishlar ham yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, bularning barchasi qo‘shlib, tarbiya borasida ayrim oilalarda ota-onalar tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchilik va xatolarni sog‘lom oila mikromuhitidagi salbiy ta’sirni bosib ketishi mumkin. Ammo bu kamchilik va illatlarga qarshi albatta kurash olib borish kerak.
Demak, tarbiyaning birinchi xususiyati uning ko‘p qirrali jarayon ekanligi bo‘lib, unda maktab oila, jamoatchilik kasaba uyushmalari, kino-teatr, radio, televidenie, adabiyot va san’at ishtirok etadi. Bu bir tomondan tarbiyani yaxshi yo‘lga qo‘yish imkoniyatini beradi, ikkinchi tomondan, uni murakkablashtiradi, ba’zan salbiy hollar yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi.
Tarbiya jarayonining xususiyatlaridan yana biri uning uzoq muddat davom etishidir. Buning uchun oylab, yillab ishlash talab etiladi. Ma’lumki, tarbiya bolaning maktabga kirishidan ancha ilgari boshlanadi. Maktabdagi yillarida va uni tamomlagandan keyin ham butun umir bo‘yi davom etadi.
Maktab yoshidagi bolani tarbiyalashda maktab yetakchi o‘rinni egallasa ham, bolalarga uzluksiz tarbiya ta’sirini o‘tkaza olmaydi, chunki bolalar ma’lum vaqitgina maktabda, o‘qituvchining tarbiyaviy ta’sirida bo‘lib, qolgan vaqtlarining ko‘p qismini oiladi, ko‘chada, jamoat orasida o‘tkazadilar. Ba’zan bolalar kuzgi, qishki, bahori ayniqsa yozgi tatillari davrida maktab o‘qituvchisi ta’siridan chetda qoladilar. Demak, maktabda bolalarni tarbiyalash vaqt jihatdan chegaralangan bo‘lib, sinfdan maktabdan tashqarida amalga oshiriladigan tarbiyaviy ishlardan holi vaqtda ular o‘qituvchi va tarbiyachining tarbiyaviy ta’siridan uzoqlashadi. Bolalarga maktabning tarbiyaviy ta’sirini susaytirmaslik maqsadida sinfdan, maktabdan tashqarida va ta’til vaqitlarida tarbiyaviy ishlar olib boriladi. Mamlakatimizda ishlab chiqarish korxonalari, otaliq tashkilotlari, maxalla ham bola tarbiyasida maktab va oilaga ko‘maklashmoqda.
Tarbiyani ta’limda farqlantiruvchi yana bir xususiyati shundaki, yaxlit holda va konsentrik asosda amalga oshiriladi. Tarbiyaning turli tomonlari bir-biri bilan uzviy bog‘langandir. Ta’limda, masalan,. fizika yoki ona tilining mazmunini yaxlit holda emas, balki bo‘lib, programmaga muvofiq ajratilgan vaqt ichida o‘rgatiladi.
Ta’limda ko‘proq muntazamlik ketma-ketlik ustun turadi. Tarbiya jarayonida esa tarbiyaviy ishlar mazmunida doimiy takrorlanishga duch kelamiz. Maktabdagi tarbiyaviy ishlarning taxminiy programmasida ham bu e’tiborga olinadi. Boshlang‘ich sinflarda ham, o‘rta va yuqori sinfda ham, ayni bir narsa , masalan, jamoatchilik, do‘stik, o‘rtoqlik, mehnatga va ijtimoiy mulkka ob’ektiv munosabatva boshqalarni tarbiyalash ko‘zda tutilgan. Lekin ularning mazmuni bolalarning yoshi va hayotiy tajribasiga muvofiq kengayib va chuqurlashib boradi. Tarbiyaviy ishning ma’lum bir davrida tarbiyachi shaxsning biror fazilatini tarbiyalashga alohida e’tibor berishi mumkin. Buni sinfdagi bolalarning xulqi jamoaning rivojlanish bosqichlari taqazo qiladi.
Tarbiya jarayonida bolalarning o‘zlari aktiv iishtirok etadilar, ya’ni ularning o‘zlari xulq qoida, normalarini o‘zlashtiradilar, o‘z o‘rtoqlari, jamoa bilan munosabatlarni belgilab oladilar. Agar tarbiyalanuvi sust, bo‘shang, faoliyatsiz bo‘lsa, har qanday tarbiya ta’siri kuchsiz bo‘ladi. Tarbiyachilarning urunishlari yetarli darajada samara bermaydi. Ayniqsa o‘quvchi tarbiyachining ta’siriga qarshilik ko‘rsatkudek bo‘lsa, tarbiya ta’sir kuchi bo‘shashib ketadi. Bunday hollarda tarbiyaning vazifasiga bu qarshiliklarni bartaraf etish hamda bolalarda hulq atvorni kerakli qoida va normalarin o‘zlashtirish istagini xosiil qilishga yordam beruvchi motivlarni vujudga keltirish motivlari vujudga keltirish zarurati tug‘iladi.
O‘qituvchilar, murabbiylar va ota-onalar tomonidan oliib borilgan tarbiyaviy ishlarinning hech biri oqibatsiz qolmaydi. Shu bilan birga beriladigan tarbiya natijasi ham tezda namoyon bo‘lavermaydi.Oilada, maktabda, maktabdan tashqari muassasalarida, berilgan tarbiyalar bolalar qalbida ozmi-ko‘pmi o‘rin olib asta-sekin to‘planib boradi. Ana shu tarbiyaviy tadbirlar natijasida bolalrda ayrim fazilatlar tadrijiy va yashirin ravishda shakillaniib boradi.
Tarbiyaviy ishlar muvaffaqiyatini ko‘pgina omillar belagilaydi, bularga ta’limning tarbyaviy imkoniyatlarini kengaytirish, maktabdagi o‘quvilar bajaradigan ijtimoiy - foydali mehnatni aniqlanlashtirsh , maktab, oila va jamoatchiilikning ta’ribiyaviy imkoniyatlarin kengaytirish maktabdagi o‘quvilar bajaradigan ijtimoiy foydali mehnatni aniq planlashtirish, maktab , olia va jamoatchilikning tarbiyaviy ta’sirin markazlashtirish va birlashtirish, maktabda turli xildagi ish formalarini, chunonchi, klub ilarni kengaytirish tarbiyani o‘z-o‘zini tarbiyalash bilan birga qo‘shish kabi omillardan keng foydalanish muvaffaqiyatning garovidir.
Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Ishmuhamedov R. J. Innovatsion texnologiyalar yordamida ta’lim samaradorligini oshirish yo‘llari..-T.: TDPU, 2004.

  2. Yo‘ldosheva D. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida ta’lim maqsadini belgilashning didaktik asoslari. –T.: Fan, 2006.

  3. Mavlonova R., To‘raeva O., Holiqberdiev K. Pedagogika. –T.: O‘qituvchi, 2001.

Download 13.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling