Al-Azkor.
Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com kutubxonasi
289
(qiyomat) kuni meni, ota-onamni va barcha mo‘minlarni mag‘firat qilgin»
(Ibrohim surasi, 41-oyat), Nuh alayhissalom haqlarida xabar berib:
«Parvardigorim,
Uzing meni, ota-onamni, mening uyimga mo‘min holda kirgan kishilarni, barcha
mo‘minu mo‘minalarni mag‘firat qilgin» (Nuh surasi, 28-oyat), deb aytgan.
1042/1. Abu Dardodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Biron bir musulmon banda g‘oyibdan birodariga duo qiladigan bo‘lsa, farishta:
senga
ham o‘sha (duoning) mislidek bo‘lsin, deydi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Muslimning boshqa rivoyatlarida aytilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Musulmon kishining g‘oyibdan birodariga qilgan duosi mustajobdir. (Duo qiluvchining)
bosh tarafida vakil qilingan farishta turadi. Har gal birodariga
yaxshilik bilan duo
qilganda, farishta «Omin, senga ham uning mislidek bo‘lsin», deydi», deganlar.
1043/2. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Ijobati tez bo‘luvchi duo g‘oyib kishining g‘oyibdagi kishiga qilgan duosidir», dedilar.
Abu Dovud va Termiziylar rivoyati. Termiziy buni zaif, deganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: