61-bob. Allohni zikr qilmasdan uxlashning karohiyati
249/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Kim bir o’ringa o’tirib, Allohni zikr qilmasa, u kishiga Alloh tomonidan noqislik bordir.
Kim bir suyanchiqqa yonboshlab, Allohni zikr qilmasa, Alloh tomonidan u kishi uchun
ham noqislik bordir», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari
62-bob. Kechasi uyg’onib, yana uxlashni xohlagan kishi aytadigan zikrlar
Kechasi uyg’onadigan kishi ikki holatdan birida bo’ladi: yo uyg’onganidan keyin
uxlamaydi (uning zikrlari kitob avvalida aytib o’tildi) yoki yana uxlashni xohlaydi. Bunda
uyqu g’olib kelgunicha Alloh taoloni zikr qilish mustahab amaldir. Bu to’g’rida zikrlar juda
ko’p.
250/1. Uboda ibn Somitdan (r.a.) rivoyat qilingan hadisda aytilishicha, Nabiy sollallohu
alayhi vasallam: «Kim kechasi uyg’onib,
«La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lah, lahul mulku va lahul hamdu va huva ‘ala kulli
shay`in qodiyr, valhamdu lillahi va subhanallohi va la ilaha illallohu vallohu akbar, va la
havla va la quvvata illa billah», yoki
«Allohumma ig’fir liy», (ey Allohim, gunohlarimni kechir), desa yoki duo qilsa, ijobat
bo’ladi. Agar tahorat olsa, o’qigan namozlari ham qabul qilinadi», dedilar. Imom Buxoriy
va Termiziy rivoyatlari
251/2. Oisha onamiz (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kechasi
uyg’onsalar:
«La ilaha illa anta subhanakallohumma astag’firuka lizambiy va as`aluka rohmatak.
Allohumma zidniy ‘ilman va la tuzig’ qolbiy ba’da iz hadaytaniy va hab liy mil ladunka
rohmatan innaka antal vahhab», deb aytar edilar». (Ma’nosi: Sendan boshqa iloh yo’q.
Ey Rabbim, Seni poklab yod eturman. Gunohlarimga istig’for aytaman. Sendan
Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |