Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
www.ziyouz.com kutubxonasi
149 Allohumma antas sohibu fissafari valxaliyfatu fil ahli. Allohumma inniy a’uzu bika min va’sois safari va kaobatil manzari va su'‘il munqolabi fil mali val ahli», deb aytardilar. (Ma’nosi: «Bizlarga bu (kema yoki ot-ulov)ni bo‘ysundirib qo‘ygan Zot (ya’ni, Alloh barcha aybu nuqsondan) pokdir. Biz o‘zimiz bunga qodir emas edik. Shak-shubhasiz, bizlar (barchamiz) Rabbimizga qaytguvchidirmiz. Allohim, Sendan bu safarimizda yaxshilik va taqvoni hamda Sen rozi bo‘ladigan amalni so‘raymiz. Allohim, bu safarimizni bizga yengil qilib, uzoqligini yaqin qilgin. Allohim, safardagi yo‘ldosh ham, xonadonda qoluvchi o‘rinbosar ham Uzingdirsan. Allohim, men Sendan safar mashaqqatlaridan, mahzunlik manzarasi va molu-mulk, oilaga yetadigan ziyon-zahmatdan panoh berishingni so‘rayman».) Agar safardan qaytsalar, yuqoridagi duoni aytib, quyidagilarni qo‘shimcha qilardilar: «Oyibuna, toibuna, obiduna, lirobbina hamiduna». (Ma’nosi: «(Biz) qaytuvchi, tavba qiluvchi, ibodat qiluvchi va Rabbimizga hamd aytuvchilarmiz».) Muslim rivoyatlari. Abu Dovud rivoyatlarida esa: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va askarlari agar balandlikka ko‘tarilishsa, takbir, agar pastlikka tushishsa, tasbeh aytishar edi» ko‘shimchasi keltirilgan. 533/3. Abdulloh ibn Sarjisdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar safar qilsalar, safar mashaqqati, xafalik yetishi, istiqomat yoki ziyodalikdan noqislikka qaytish, mazlumning duosi va molu mulk, oilaga yetadigan yomon manzaralardan panoh tilardilar. Muslim rivoyatlari. 534/4. Abdulloh ibn Sarjisdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar safar qilsalar, «Allohumma antas sohibu fissafari val xaliyfatu fil ahli. Allohumma inniy a’uzu bika min va’sois safari va kaobatil munqolabi va minal havri ba’dal kavni va min da’vatil mazlumi va min su'il manzari fil ahli val mali», deb aytardilar. (Ma’nosi: «Allohim, Sen safardagi yo‘ldosh va xonadonda qoluvchi o‘rinbosardirsan. Allohim, men Sendan safar mashaqqatini, xafalik yetishi, istiqomat yoki ziyodalikdan noqislikka qaytish, mazlum duosi va molu-mulk, oiladagi yomon manzaradan panoh tilayman».) Termiziy, Nasaiy, Ibn Mojalar rivoyatlari. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling