www.ziyouz.com kutubxonasi
3
MUALLIF MUQADDIMASI
«Bas, Meni eslanglar, Men ham sizlarni eslayman va Menga shukr qilinglar va
Meni inkor etmanglar!» (Baqara, 152-oyat).
Qahhor va aziz, gunohlarni mag’firat etuvchi, qadarlarni o’lchovchi, ishlarni tasarruf
qiluvchi, qalbi uyg’oq, ko’zi ochiq kishilar tafakkur qilishlari uchun kechani kunduzga
alishtiruvchi yagona Allohga hamd bo’lsin. U ba’zi bandalarini uyg’oq qilib, yaxshilar
jumlasiga kiritdi, ba’zilarini tanlab oldi va o’ziga muqarrab-yaqin bandalaridan qildi. Bu
bandalar Uning roziligi uchun bor kuchlarini sarflaydilar va oxiratga tayyorgarlik
ko’radilar, Uning g’azabini keltiradigan narsalardan chetlanib, do’zax azobiga tushib
qolishdan ehtiyot bo’ladilar, hamisha Uning toati va zikrida yuradilar. Bandalarining
qalblariga nur bergan Allohga hamd aytaman. Fazlu karamining bundan-da ziyoda
bo’lishini so’rab qolaman. Aziym, vohid, samad, aziz, hakim sifatli Allohdan boshqa iloh
yo’qligiga, Muhammad sollallohu alayhi vasallam Uning bandasi va rasuli, tanlab olgan
do’sti va habibi, yaratganlarining eng afzali, o’tgandagi va kelgusidagi kishilarning eng
hurmatlisi ekaniga iymon keltiraman. Bu zotga va boshqa payg’ambarlarga,
barchalarining oilalariga hamda boshqa solih kishilarga Allohdan salovot va salomlar
bo’lsin.
Alloh taolo Baqara surasining 152-oyatida: «Bas, Meni eslanglar, Men ham sizlarni
eslayman», Zariyat surasining 56-oyatida:
Do'stlaringiz bilan baham: |