Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
www.ziyouz.com kutubxonasi
6 marta bo’lsa ham, amal qilib qo’ying. Aslo tark etmang. Rasulullohdan vorid bo’lgan sahih hadisda: «Agar sizlarga biror narsani buyursam, qodir bo’lganingizcha unga amal qilinglar», deb aytilgan. Fasl: Muhaddislar, faqihlar va boshqa ulamolar mavzu’-to’qima bo’lganidan tashqari barcha rag’batlantiruvchi va ogoh etuvchi hadislarga fazilatli ibodatlarda amal qilish joiz, deb aytishadi. Ammo halol-harom, oldi-sotdi, nikoh, taloq kabi hukmlarda faqat sahih va hasan isnodli hadislarga amal qilinadi. Mabodo, zaif hadislar olinadigan bo’lsa, juda ehtiyotkorlik bilan yo’l tutiladi. Shunga ko’ra, savdo-sotiq yoki nikoh masalalarida karih ko’rilgan narsalar zaif hadislarda vorid bo’lsa, undan chetlanish mustahabdir. Vojib emasdir. Fasl: Zikr qilish mustahab bo’lganidek, zikr halqalarida o’tirish ham mustahabdir. Bunga ochiq-oydin dalillar kelgan. Ularga, inshaalloh, o’rnida batafsil to’xtalamiz. Hozircha ikki- uchta hadisni zikr qilish bilan kifoyalanamiz. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar jannat bog’laridan o’tsangiz, sayl qilib (aylanib) ketinglar», dedilar. Shunda sahobalar: «Jannat bog’lari nima, ey Rasululloh?» deb so’rashdi. Rasululloh: «Zikr halqalari», deb aytdilar». Chunki Alloh taoloning farishtalari zikr halqalarini istab, dunyoni kezib yurishadi. Zikr qilayotganlarni uchratib qolishsa, ularni o’rab olishadi. Muoviya (r.a.) rivoyat qiladilar: «Sahobalar halqa bo’lib o’tirishganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ularning oldiga chiqib: «Sizlarni bunday o’tirishga nima narsa undadi?» deb so’radilar. «Allohni zikr qilish va bizni Islomga hidoyat qilganiga hamd aytish uchun o’tiribmiz», de-yishdi sahobalar. Shunda Rasululloh: «Mana shuning uchun o’tirdinglarmi? Sizlarga tuhmat qilgan holda, ont ichinglar, demayman-u, lekin menga Jabroil (alayhissalom) kelib, Alloh taolo sizlar bilan farishtalariga faxrlanayotgani xabarini berdi», dedilar». Abu Said Xudriy va Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bir qavm o’tirib, Allohni zikr qilsa, ularni maloikalar o’rab oladi va rahmat qoplaydi. Ustlariga xotirjamlik tushiradi. Alloh ularni o’zining huzuridagilar (ya’ni, farishtalar) bilan eslaydi», dedilar. Muslim rivoyatlari Fasl: Zikr qalb yoki til bilan bo’ladi. Afzali qalb va til bilan birga bo’lganidir. Agar bittasi ila kifoyalanishni xohlasangiz, qalb bilan bo’lgani afzal. Riyodan qo’rqib, qalb va til bilan qilinadigan zikrlarni tark etish kerak emas. Balki Allohning roziligini tilab, doim zikr qilib yurish lozim. Fuzayl (r.a.) yuqorida aytganlaridek, insonlar gapidan qo’rqib, bir amalni tark qilish riyodir. Agar odamlarning mulohazasiga qarab ish tutilsa, ko’p yaxshilik eshiklari yopiladi, dinning muhim ashyolari zoe’ bo’ladi. Bu yo’l oriflarning yo’li emas. Oisha (r.a.): Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling