Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
«Jin va insni faqat o’zimga ibodat qilishlari uchungina yaratdim»
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
«Jin va insni faqat o’zimga ibodat qilishlari uchungina yaratdim», deydi.
Bu oyatlardan banda uchun eng afzal ish olamlar Rabbini yod etish va payg’ambarlarning sayyidi Rasulullohdan vorid bo’lgan zikrlar bilan mashg’ul bo’lish ekani bilinadi. Ulamolar kechayu kunduzdagi amallar, ularda o’qiladigan duo va zikrlar to’g’risida ko’plab kitoblar tasnif etishgan. Lekin ularda zikrlarning sanadi uzun va takror-takror kelgan. Tabiiyki, bu hol o’quvchining qiziqishini bir oz susaytiradi. Shuning uchun bu borada yengil, ravon o’qiladigan risola tasnif etishni qasd qildim va ko’p sanadlarni tushirib yubordim. Chunki maqsad sanadlarni bilish emas, balki zikrlarni o’rganish va unga amal qilishdir. Ammo bu sanadlar o’rnini muhimroq narsalar bilan to’ldirdim. Ya’ni, hadislarning holatini – sahih, hasan, zaif... ekanini bayon etdim. Chunki oz sonli muhaddislarni hisobga olmaganda, ko’pchilik bu narsani bilishga muhtojdir. Bu kitobga hadis ilmidan nafis jumlalarni, fiqhning nozik tomonlarini, qoidalarning ahamiyatli o’rinlarini, nafs tarbiyasiga taalluqli matnlarni, soliklar bilishi ta’kidlangan odoblarni qo’shib qo’ydim. Xullasi kalom, avomu olimlar yengil fahmlashlari uchun nima lozim bo’lsa, shuni zikr qildim. Abu Hurayradan (roziyallohu anhu) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim (biror kishini) hidoyatga chaqirsa, hidoyatga ergashgan kishining ajridan biror narsa kamaytirilmasdan, uning ajricha ajr oladi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari Men ham oson yo’llarni bayon qilish bilan yaxshilik ahllariga yordam berishni xohladim. Kitobning avvalida hammamiz muhtoj bo’lgan muhim bir Faslni zikr qildim. Agar uncha Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 4 mashhur bo’lmagan sahobiyning nomi kelsa, bilmaganlarni ogoh etish uchun falon sahobiydan, deb aytdim. Bu kitobni yozishda Islom asosi bo’lmish beshta mashhur asar – «Sahihul Buxoriy», «Sahihul Muslim, «Sunani Abu Dovud», «Sunani Termiziy», «Sunani Nasoiy» kitoblariga suyandim. Juda oz o’rinlarda boshqa taniqli asarlardan foydalandim. Asosan sahih hadislarni keltirdim. Zaiflarini zikr qilishdan saqlandim. Ba’zi o’rinlarda zikr qilgan bo’lsam ham, zaifligini bayon etdim. Shuning uchun bu kitobning ishonchli manbalardan bo’lishiga umid qilaman. Allohdan bu ishlarning muvaffaqiyatli bo’lishini, inobatga olishini, yordam berishini, hidoyatga boshlashini, o’zi saqlashini so’rayman. Yana har turli mukarram ishlarda bardavom bo’lishni va men bilan do’stlarimni karamli hovlida jam qilishini so’rab qolaman. Menga Alloh kifoyadir. Va U juda ham yaxshi vakil. O’zgartirish va quvvat faqat hakim va aziz bo’lgan Allohnikidir. Alloh nimani xohlasa, o’sha bo’ladi. Allohdan boshqada quvvat yo’q. Allohga tavakkal qildim. Uni mahkam tutdim. Undangina yordam so’radim. Ishimni Unga topshirdim. Allohdan nafsimning, ota-onamning, birodarlarimning va jamiki musulmonlarning dunyoyu oxirat ishlarida bergan ne’matlarini saqlashini so’rab qolaman. Agar Allohdan biror narsaning saqlanishini so’rasangiz, albatta, U saqlaydi. U eng yaxshi saqlovchidir. Fasl: Xoh maxfiy, xoh zohiriy bo’lsin, barcha amallarda niyatni chiroyli qilish hamda ixlosli bo’lish Alloh taolo Bayyina surasining 5-oyatida aytadi: Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling