Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
www.ziyouz.com kutubxonasi
11 Boshqa rivoyatda aytiladi: «Rasulullohdan: «Qaysi kalom afzal?» deb so’rashdi. U zot: «Alloh farishtalari yoki bandalari aytishini ixtiyor qilgan «Subhanallohi va bihamdihi», kalimasidir», dedilar», deyilgan. Imom Muslim rivoyatlari 3/3. Samura ibn Jundubdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh taologa kalomlarning eng yaxshisi to’rttadir: «Subhanallohi, valhamdu lillahi, va la ilaha illallohu, vallohu akbar». Ularning qaysi biridan boshlasang, zarari yo’q», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyatlari 4/4. Abu Molik Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Poklik iymonning yarmidir. «Alhamdu lillah» kalimasi tarozini to’ldiradi. «Subhanallohi valhamdu lillahi» yer bilan osmonni to’ldiradi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari 5/5. Ummul mo’miniyn Juvayriyadan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ertalab subh namozi paytida uning huzuridan chiqib ketdilar. U namoz o’qiydigan xonasida edi. So’ngra zuho namozini o’qib bo’lib qaytib kelsalar, Juvayriya onamiz hali ham o’tirgan edilar. Shunda Rasululloh: «Chiqib ketganimdan beri shu holatda o’tiribsanmi?» deb so’radilar. Onamiz (r.a.): «Ha», deya javob berdilar. «Men sendan keyin to’rtta kalimani uch martadan aytdim, agar ular tarozida o’lchansa, sen bugun aytgan narsalardan og’ir keladi, – dedilar Rasululloh. – Ular: «Subhanallohi va bihamdihi ‘adada xolqihi va rizo nafsihi va zinata ‘arshihi va midada kalimatihi». (Ma’nosi: Yaratganlarining adadicha, nafsi rozi bo’lgunicha, arshning vaznicha, kalimalarning uzunligicha Allohga hamd aytaman va Uni poklayman.) Imom Muslim rivoyatlari Boshqa bir rivoyatda: «Subhanallohi ‘adada xolqihi, subhanallohi rizo nafsihi, subhanallohi zinata ‘arshihi, subhanallohi midada kalimatihi», deyilgan. (Ma’nosi: Xalqining adadicha Allohni poklayman, nafsi rozi bo’lguncha Allohni poklayman, arshning og’irligicha Allohni poklayman, kalimalarining uzunligicha Allohni poklayman.) 6/6. Imom Termiziy rivoyat qilgan hadislarning lafzi quyidagicha: «Subhanallohi ‘adada xolqihi, subhanallohi ‘adada xolqihi, subhanallohi ‘adada xolqihi, subhanallohi rizo nafsihi, subhanallohi rizo nafsihi, subhanallohi rizo nafsihi, subhanallohi zinata ‘arshihi, subhanallohi zinata ‘arshihi, subhanallohi zinata ‘arshihi, subhanallohi midada kalimatihi, subhanallohi midada kalimatihi, subhanallohi midada kalimatihi». 7/7. Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Subhanallohi valhamdu lillahi va la ilaha illallohu vallohu akbar», deyishim men uchun quyosh chiqib, nur sochganidan yaxshiroqdir», dedilar». Imom Muslim rivoyatlari |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling