www.ziyouz.com kutubxonasi
163
207-bob Suv yoki sut bilan siylaganni duo qilish haqida
591/1. Miqdoddan (r.a.) mashhur uzun hadisda rivoyat qilinishicha, Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam (suv yoki sut bilan siylanganlarida) qo‘llarini osmonga ko‘tarib:
«Allohumma at’im man at’amaniy vasqi man saqoniy», deb aytardilar. (Ma’nosi:
«Allohim, meni ovqatlantirgan kishini taomlantirib, siylagan kishini ham siylagin».)
Imom Muslim rivoyatlari.
592/2. Amr ibn Hamiqdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot Rasululloh sollallohu alayhi
vasallamni sut ila sug‘organlarida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Allohumma amti’hu bishabobihi» («Allohim, uni yoshlik ila ne’matlantir»), deb aytdilar.
Amr ibn Hamiq sakson yoshga ham kirdilarki, sochlarida biror oq ko‘rinmadi. Ibn Sunniy
rivoyatlari.
593/3. Amr ibn Axtobdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
suv talab qilganlarida, men yog‘ochdan bo‘lgan bir qadahda suv keltirdim. Unda
sochning tuki bor ekan, olib tashladim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Allohumma jammilhu» (ya’ni, «Allohim, uni go‘zal ayla»), deb duo qildilar». Roviyning
aytishlaricha, u to‘qson uchga kirganida ham soch-soqoli qora edi. Ibn Sunniy
rivoyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |