Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
www.ziyouz.com kutubxonasi
185 684/10. Solim ibn Ubayd al-Ashja’iydan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Biz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlarida edik. Shu payt qavm orasidan bir kishi aksa urib, «Assalomu alaykum», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Uzingga hamda onangga salom bo‘lsin», dedilar, so‘ngra «Sizlardan biringiz aksa uradigan bo‘lsa, Allohga hamd aytsin. Uning huzuridagilar «Yarhamakumulloh», desin. Yana aksa urgan kishi «Yag‘firullohu lana valakum», ya’ni «Alloh sizni va bizlarni mag‘firat qilsin», deb aytsin», dedilar». Abu Dovud va Termiziylar rivoyati. Fasl: Aksa kelgan paytda ko‘lini yoki kiyimini yo shunga o‘xshash narsalarini og‘ziga ko‘yib, ovozini pastlatmog‘i sunnat amallardandir. 685/11. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar aksa uradigan bo‘lsalar, ko‘llari yoki kiyimlarini og‘zilariga qo‘yib, ovozlarini pastlatardilar. Abu Dovud va Termiziylar rivoyati. 686/12. Abdulloh ibn Zubayrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta Alloh azza va jalla esnaganda va aksa urganda ovozni balandlatganlarni yomon ko‘radi», dedilar. Ibn Sunniy rivoyatlari. 687/13. Ummu Salamadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Baland (ovoz ila) esnash va qattiq aksa shaytondandir», dedilar. Ibn Sunniy rivoyatlari. Fasl: Agar bir insonda aksa orqama-orqa takrorlanadigan bo‘lsa, toinki uch martagacha har gal javob bermoqligi sunnatdir. 688/14. Salama ibn Akva’dan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlarida bir kishi aksa urganida «Yarhamukalloh», dedilar. Ikkinchi bor aksa urganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bu kishi shamollab tumov bo‘lib qolibdi», dedilar». Imom Muslim rivoyatlari. Ammo Abu Dovud va Termiziylar rivoyatida keltirilishicha, Salama ibn Akva’ aytadilar: «Mening guvohligimda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlarida bir kishi aksa urdi. U zot: «Yarhamukalloh», dedilar. Ikkinchi va uchinchi gal ham aksa urganda, «Yarhamukalloh»ni aytib, «Bu kishi shamollab qolibdi», dedilar. Imom Termiziy bu hadisni hasan sahih, dedilar. 689/15. Ubaydulloh ibn Rifo’adan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Aksa urganga uch bor javob beriladi. Agar uchtadan ziyoda bo‘ladigan bo‘lsa, xohlasangiz, javob qiling, xohlamasangiz, javob qilmang», dedilar. Abu Dovud va Termiziylar rivoyati. Bu hadis zaifdir. Imom Termiziy so‘zlariga ko‘ra, bu hadis g‘arib bo‘lib, isnodi majhuldir. 690/16. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlardan biringiz aksa ursa, yonidagi o‘tirgan kishi javob qaytarsin. Agar uchtadan ziyoda bo‘lsa, u shamollagandir. Uchtadan keyin javob qaytarilmaydi», dedilar. Bu haqda ulamolar ixtilof qilishgan. Ba’zilar ikkinchisida, deyishgan, uch va to‘rtinchisida, deganlar ham bor. Eng to‘g‘risi uchinchisidir. Buning ma’nosi - u kishi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling