273-bob Oyoq uvishganda aytiladigan zikrlar
787/1. Haysam ibn Hinshdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Biz Abdulloh ibn Umarning (r.a.)
huzurlarida edik. U zotning oyoqlari uvishib qoldi. Shunda bir kishi: «Sizga mahbub
bo‘lgan kishini eslang», dedi. U zot: «Ey Muhammad sollallohu alayhi vasallam», deb
eslaganlarida, go‘yoki oyokdarini tirishishdan xalos bo‘lgandek his qildilar». Ibn Sunniy
rivoyatlari.
788/2. Mujohiddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishining oyog‘i Ibn Abbos (r.a.)
huzurlarida uvishib qoldi. Ibn Abbos u kishiga qarata, «Uzingga mahbub bo‘lgan kishini
esla», deganlarida, u kishi: «Muhammad sollallohu alayhi vasallam», dedi. Shunda
undagi uvishish ketdi. Ibn Sunniy rivoyatlari.
Imom Buxoriy «Sahih» kitoblarida rivoyat qilgan shayxlardan biri Ibrohim ibn Munzir al-
Huzomiyning aytishlaricha, Madina ahli Abulatohiyaning quyidagi baytidan ajablanishadi:
Ba’zi paytlarda oyoqlar uvishsa, bas, Ey Utba, deyilmasa, uvishish ketmas.
Do'stlaringiz bilan baham: |