www.ziyouz.com kutubxonasi
285
qozonishni va yordaming bilan do‘zaxdan najot topishni so‘rayman). Imom Hokim
«Mustadrak»larida rivoyat qilganlar. Muslimning shartlariga binoan sahihdir.
1035/42. Jobir ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam huzurlariga kelib, «Voy gunohlarim, voy gunohlarim», deb ikki yoki uch
marta aytdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga:
«Allohumma mag‘firatuka avsa’u min zunubiy va rohmatuka arja ‘indiy min ‘amaliy»,
deb ayt», dedilar. U bu duoni o‘qidi. So‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
takrorla, dedilar. Bas, u takrorladi. So‘ngra yana takrorla, dedilar. Bas u yana takrorladi.
Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Tur, batahqiq mag‘firat qilinding»,
dedilar. (Ma’nosi: Allohim, mag‘firating gunohimdan kengroqdir. Rahmating huzurimdagi
amalimdan umidliroqdir.) Imom Hokim rivoyatlari.
1036/43. Abu Umomadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Albatta
«Ya arhamar rohimiyn» («Ey rahm qiluvchilarning rahmlisi»), deb aytadigan kishilarga
Alloh taoloning vakil qilingan farishtalari bordir. Kimki buni uch marta aytsa, farishtalar
u uchun «Rahm qiluvchilarning rahmlisi (Alloh), Senga yuzlandi, bas, Sen undan
so‘ragin, deyishadi». Imom Hokim rivoyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |