Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
«Axir Alloh hukm qilguvchilarning eng adolatlisi emasmi?!»
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Eng oliy zot bo’lmish Parvardigoringizning nomini (har qanday aybu nuqsondan) poklang!»
«Axir Alloh hukm qilguvchilarning eng adolatlisi emasmi?!» oyati o’qilganini
eshitsa, «Ha, Alloh taolo qiyomat kunida eng odil hukm qilguvchi ekaniga iqrorman», deb aytish, Qiyomat surasining 40-oyatidagi «Ana shu (Alloh) o’liklarni tiriltirishga qodir emasmi?!» oyatini eshitganida, «Albatta, Alloh bunga qodirdir!» deb javob qilish yoki A’lo surasidagi «Eng oliy zot bo’lmish Parvardigoringizning nomini (har qanday aybu nuqsondan) poklang!» oyati o’qilganida, «Oliy rabbim Alloh ayb-nuqsonlardan pokdir», deyish mustahabdir. 38-bob. Ruku’dagi zikrlar Namoz o’qiyotgan kishi ruku’ga to’la egilsa; «Subhana robbiyal ‘aziym», deb ruku’ zikrlarini aytadi. (Ma’nosi: Ulug’ Rabbim nuqsonlardan pokdir.) Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 36 105/1. Huzayfa (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ruku’larini Baqara, Niso va Oli Imron suralarini o’qish darajasida uzun qilar edilar. Unda «Subhana robbiyal ‘aziym»ni takrorlardilar». Imom Muslim rivoyatlari «Sunani Abu Dovud»da esa, quyidagicha kelgan: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar sizlardan biringiz «Subhana robbiyal ‘aziym», deb uch marta aytsa, ruku’si komil bo’ladi», dedilar». 106/2. Oisha onamiz (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ruku’lari va sajdalarida: «Subhanakallohumma robbana va bihamdik, Allohummag’firliy», deb aytar edilar». Buni Qur’ondan ta’vil qilardilar. (Ma’nosi: Ey Rabbim, Senga hamd aytib, Seni poklayman. Ey Rabbim, gunohlarimni mag’firat qil.) Buxoriy va Muslim rivoyatlari 107/3. Ali (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ruku’ qilsalar: «Allohumma laka raka’tu va bika amantu va laka aslamtu xosha’a laka sam’iy va basoriy va muxxiy va ‘azmiy va ‘asabiy» (Allohim, Senga ruku’ qildim va Senga iymon keltirdim. Senga bo’yin egdim va Senga qulog’im, ko’zim, miyam, suyagim, paylarim bo’ysindi), der edilar». Imom Muslim rivoyatlari «Sunan» kitoblarida esa, «Xosha’a sam’iy va basoriy va muxxiy va ‘azmiy va mastaqollat bihi qodamiy lillahi robbil ‘alamiyn» lafzi bilan kelgan. (Ma’nosi: Qulog’im, ko’zim, miyam, suyagim, yuruvchi oyog’im olamlarning rabbi Alloh uchun bo’ysindi.) 108/4. Oisha onamiz (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ruku’ va sajdalarida: «Subbuhun quddusur robbul malaikati varruh» (Farishtalar va Jabroilning rabbi subbuh va quddus sifatli Allohdir), deb aytar edilar». Imom Muslim rivoyatlari 109/5. Avf ibn Molik (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga namoz o’qiganimda, u zot Baqara surasini o’qidilar. Rahmat oyati kelsa, rahmat so’radilar, azob oyati o’tsa, to’xtab panoh tiladilar. So’ng qiyomda turganlaricha ruku’ qildilar. Ruku’larida: «Subhana zil jabaruti val malakuti val kibriyai val ‘azomat» (Jabarut, malakut, kibriyo sifatli Allohni poklab yod eturman), deb o’qidilar. So’ng sajdalarida ham xuddi shundoq qildilar». Abu Dovud va Nasoiy rivoyatlari 110/6. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ruku’ga borganingizda Rabbingizni ulug’langlar», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari Bu hadisdan Alloh taoloni qaysi lafz bilan bo’lsa ham, ruku’da ulug’lash tushuniladi. (Bizning Imomi A’zam mazhablarida «Subhana robbiyal ‘aziym»ni aytish yuqoridagi hadisda aytilganidek, Allohni ulug’lash hisoblanadi. – Tarjimon.) Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 37 111/7. Ali (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ruku’da yoki sajdada qiroat qilishdan qaytardilar». Imom Muslim rivoyatlari 112/8. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh alayhissalom: «Ogoh bo’linglarki, men ruku’da yoki sajdada Qur’on o’qishdan qaytarildim», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling