Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
-bob. To’shakda bezovta bo’lib, uxlay olmaganda aytiladigan zikrlar
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
63-bob. To’shakda bezovta bo’lib, uxlay olmaganda aytiladigan zikrlar 256/1. Zayd ibn Sobit (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga uyqusizlikdan shikoyat qildim, u zot: «Allohumma g’orotin nujumu va hada`atil ‘uyunu va anta hayyun qoyyum, la ta`xuzuka sinatun va la navm, ya hayyu, ya qoyyumu, ahdiy layliy va anim ‘ayniy, deb ayt», dedilar. Shu duoni aytgan edim, Alloh mendan uyqusizlikni ketkazdi». (Ma’nosi: Allohim, yulduzlar botdi, ko’zlar tindi. Sen tirik, qoimdirsan. Seni mudroq ham, uyqu ham olmaydi. Ey tirik va qoyim bo’lgan Zot, kechamni tinch qilib, ko’zimga uyqu ber.) Ibn Sunniy rivoyatlari 257/2. Muhammad ibn Yahyo ibn Habbondan rivoyat qilinadi. Xolid ibn Valid (r.a.) uyqusizlikka chalinganlarida, Rasulullohga shikoyat qildilar. Shunda Rasululloh sollallohu Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 69 alayhi vasallam: «Uxlayotgan paytingda Allohning mukammal kalimalari bilan Uning g’azabidan, bandalarning yomonidan, shayton hozir bo’lib vasvasa qilishidan panoh tila», dedilar. Ibn Sunniy rivoyatlari 258/3. Buraydadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Xolid ibn Valid (r.a.) Rasulullohga uyqusizlikdan shikoyat etganlarida, Rasulullohi alayhissalom: «Agar to’shagingga yotsang: «Allohumma robbas samavatis sab’i va ma azallat, va robbal arziyna va ma aqollat va robbash shayatiyna va ma azallat, kun liy jaron min xolqika kullihim jamiy’an an yafruta ‘alayya ahadun minhum va an yabg’iya ‘alayya, ‘azza jaruka va jalla sanauka va la ilaha g’oyruka va la ilaha illa anta», deb ayt», dedilar. (Ma’nosi: Allohim, Sen yetti osmon va uni soyalantiradigan narsalarning parvardigorisan, yer va u ko’tarib turgan narsalarning parvardigorisan, shayton va u adashtirgan narsalarning parvardigorisan. Menga biror kishi zo’ravonlik qilib, haddan oshmasligi uchun hammasining ustidan o’zing menga himoyachi bo’l. Sening himoyang aziz, sanoing oliy bo’ldi. Sendan boshqa iloh yo’q. Faqat Sengina ilohdirsan.) Termiziy bu hadisni zaif deganlar. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling